81
Institutlarning barchasini (ya‘ni olti unsurini) o‗zaro bog‗liqlikdagi faoliyati moliya
bozorining samarali funksiyasini ta‘minlaydi va industriyasini ifodalaydi.
shundan
kelib chiqib, emitentlar va investorlarni alohida o‗zaro bog‗liklikda ko‗rib chiqish
maqsadga muvofiq. Chunki moliya bozorida emitentlar moliyaviy instrumentlarini
investitsiyalarni jalb qilish maqsadiga alohida ―tovar‖ (moliyaviy
yoki fond
boyliklar) sifatida taklif qiladi, investorlar esa bu ―tovarlarga‖ (kapitalga) talabgor
bo‗ladilar. Ushbu jarayonda emitent va investorlarning
samarali faoliyati boshqa
institutlar faoliyatiga ham ko‗pdan bog‗liq. O‗z navbatida va shu bilan birga boshqa
institutlarning samarali faoliyati ham emitent va investorlarning faoliyatiga bog‗liq.
Shundan kelib chiqib, emitentlar va investorlar moliya bozorida mos ravishda bir-
birlari o‗rtasida moliyaviy instrumentlar va moliyaviy resurslar bo‗yicha o‗zaro
almashinish jarayonini amalga oshirishda faol qatnashuvchi institutlar rolini bajaradi.
Bunda moliyaviy resurslar moliyaviy instrumentlar
tomon harakat qiladi, agarda
moliyaviy instrumentlar moliyaviy resurslarni jalb qilish hossasiga ega bo‗lsa.
Moliya bozori konyunkturasiga bog‗liq holda moliyaviy resurslar va
moliyaviy
instrumentlar bir-biriga qarama-qarShi yo‗nalishda
harakat qiladi, bunda moliyaviy
instrumentlar investorlar qo‗lida bozor kapitaliga (tovariga) aylanadi, moliyaviy
resurslar esa emitentlar qaramog‗ida ularning real kapitali bo‗lib xizmat qiladi. shu
yo‗sinda
emitentlar
o‗zlari chiqargan moliyaviy instrumentlarini o‗zlari
qaramog‗idagi real kapitalga (bazisga) va moliya bozori konyunkturasiga bog‗liq
holda ekvivalentlilik darajasini ta‘minlaydilar. Bir vaqtning o‗zida investorlar esa o‗z
qo‗llaridagi bozor kapitaliga aylangan moliyaviy instrumentlarini ularning bazisiga
va moliya bozor konyunkturasiga bog‗liq ravishda ekvivalentlilik darajasini
ta‘minlaydilar. Bunda emitent va investorlar moliya bozorining
boshqa institutlari
(vositachilari, savdo tizimlari, regulyatorlari, informatsion agentliklar)
yordamiga
tayanadilar.
Aytish joizki, kompaniyalarda emission siyosat investitsion siyosatga asoslananib
yuritiladi. Investitsion siyosat esa emission siyosatga tayangan holda amalga
oshiriladi. Ya‘ni emission siyosat o‗zida investitsion
siyosatni mujassamlashtiradi,
investitsion siyosat esa o‗zida emission siyosatni mujassamlashtiradi.