74
tartibga talab qilinadigan informatsiyalar soni va sifati miqdori ko‗paytmasi) –
A
R
(emitent tomonidan real ta‘minlab berilgan informatsiyaning soni va sifati miqdori
ko‗paytmasi).
Bunda informatsiyaning sifat miqdori emitentning
moliya bozoridagi imidjini
tashkil etuvchi va holati sifatini belgilovchi iqtisodiy (moliyaviy), korporativ
boshqaruvi, moliyaviy instrumentlari va boshqa ko‗rsatkich-lari asosida baholanishi
mumkin bo‗lgan rentingi va/yoki reytingi yordamida ifodalanadi. Informatsiyalar
soni esa emitent tomonidan berilishi lozim bo‗lgan hisobotlar va ma‘lumotlar
miqdoridan kelib chiqadi.
Dunyoning barcha mamlakatlari
moliya bozorlarida eng asosiy, salmoqli va
sifatli emitent sifatida vakolatli davlat organlari (Moliya vazirligi, Markaziy bank)
hisoblanadi. Keyinggi o‗rinda esa mahalliy hokimiyatlar (meriyalar, munitsipalitetlar,
hokimiyatlar) turadi.
Davlat organlarining professional emitent sifatidagi faoliyatlari davlat
moliyaviy instrumentlarini (milliy valyutasi va qimmatli qog‗ozlarini)
davlatning
iqtisodiy siyosatini yuritish maqsadida chiqarish orqali amalga oshiriladi. Huddi shu
maqsadda davlat organlari professional investitsion faoliyatni va professional moliya
instituti operatsiyalarini ham amalga oshiradi. Bu faoliyatlar bilan birga vakolatli
davlat organlari moliya bozorini tartiblashtirishni (muvofiqlashtirish va nazorat
qilishni) amalga oshiradi.
Emitentlar moliya bozorida moliyaviy instrumentlarini chiqaruvchi va ularni
real bazisiga bo‗lgan ekvivalentlilik darajasini ta‘minlovchi institutlar rolini bajaradi.
Boshqacha
qilib aytganda, emitentlar o‗zlarining moliyaviy instrumentlari sifat
ko‗rsatkichlarini aks ettiruvchi biznes kapitali rolini bajaradi.
Qimmatli qog‗ozlar emissiyasidagi majburiyatlar bo‗yicha javobgarlik
emitentlarning zimmasidadir.
75
Emitentlar qonunchilikka muvofiq investorlar oldida ularga yetkazilgan zarar
uchun quyidagi holatlar bo‗yicha mulkiy javbogar:
- investorlar talabiga asosan qimmatli qog‗ozlar
bozorida investorlar
huquqlarini himoya qilish to‗g‗risidagi qonunchilikda belgilangan ma‘lumotlarni
taqdim qilmaslik yoki noto‗g‗ri ma‘lumotlar taqdim qilish;
- qimmatli qog‗ozlar emissiyasining belgilangan tartibini buzish;
- qimmatli qog‗ozlarning insofsiz reklamasini amalga oshirganlik, qimmatli
qog‗ozlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‗yxatdan o‗tkazilmagan
chiqarilishining
reklamasi, shuningdek muomalada bo‗lishi qonun bilan taqiqlangan
qimmatli qog‗ozlarning reklamasi uchun;
- investorlar bilan ularning qimmatli qog‗ozlar bozorida investorlar huquqlarini
himoya qilish to‗g‗risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlarini
cheklaydigan, emitentlarning javobgarligini cheklaydigan shartnomalarni tuzish;
- aniqlangan hiyla-nayrang ishlatish faktlari va qimmatli qog‗ozlar bozoridagi
boshqa qoidabuzarliklar, shuningdek qimmatli qog‗ozlar, qimmatli qog‗ozlarning
emitentlari, qimmatli qog‗ozlarga doir narxlar to‗g‗risida,
shu jumladan reklamada
qasddan buzib ko‗rsatilgan axborotni taqdim etish yo‗li bilan investorlarni qimmatli
qog‗ozlarni sotib olish va sotishga da‘vat qilganlik uchun;
- investorlar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini bajarmagan-lik yoki lozim
darajada bajarmaganlik, shuningdek investor bilan tuzilgan shartnomada qayd
etilganidan farq qiladigan shartlarda bitim tuzganlik uchun.
Dostları ilə paylaş: