79
Jahon moliya bozorining eng faol investorlaridan portfelli investorlar
hisoblanib, ularning asosiy faoliyati investitsiyalar portfelini samarali shakllantirish
va boshqarishdir.
Investitsiyalar portfeli – ma‘lum bir maqsadli investitsion siyosat talabiga
javob berish asosida shakllantirilgan moliyaviy instrumentlar to‗plami.
Umuman
olganda, investitsiyalar portfeli na faqat moliyaviy instrumentlardan, balki
aktivlarning boshqa turlaridan ham iborat bo‗lishi mumkin, masalan, ko‗chmas
mulklardan, kreditlardan, polislardan, zakazlardan va h.k. Portfellar jamg‗arma va
kapitalni jamlash vositasi sifatida namoyon bo‗ladi. Investitsiyalar
portfelining
asosiy maqsadi – investorlar mablag‗ini investitsion obyektlarga (jumladan
moliyaviy instrumentlarga) yo‗naltirish asosida rejalashtirilgan daromadni past
(yuqori) risklarda olish.
Portfelli investorlar – investitsiyalar portfelini shakllantirib boshqaruvchi
investorlar.
Yuqorida keltirilgan tasnifda ko‗rsatilganidek, portfelli investorlar strategik-
portfelli i spekulyativ-portfelli bo‗lishi mumkin.
Strategik-portfelli investorlar o‗z mablag‗larini uzoq strategik istiqbolga qarab
ko‗proq bazaviy qimmatli qog‗ozlarning yirik paketlariga yo‗naltirsalar, strategik-
portfelli investorlar strategiyasi esa bozorda vujudga keluvchi
arbitraj imkoniyatlari
asosida shakllantiriladi (ya‘ni, bozor konyunkturasi bo‗yicha kurslar tafovutida
spekulyativ operatsiyalar bajarish evaziga). Strategik-portfelli investorlar asosan
ma‘lum bir tarmoqdagi kompaniyalar aksiyalarining nazorat paketiga ega bo‗lib, bu
tarmoq doirasida o‗zlarining strategik investitsion manfaatlari asosida strategiyalarini
yuritadilar. Bundaylarga, masalan, aralash xoldinglar, moliya-sanoat guruhlari, TNK
va h.k. kiradi.
Har ikkala turdagi portfelli investor ham investitsion mablag‗lar, kapital
akkumulyatori bo‗lib, iqtisodiyotning real sektorini investitsiyalar uchun samarali
80
raqobat asosida rivojlantirish masalasi yechimini ta‘minlaydi.
Bunda har
ikkalasining strategiyalari bozor indikatorlariga bog‗liq holda amalga oshiriladi.
Spekulyativ-portfelli investorlarga investitsiya, pensiya, sug‗urta fondlari,
moliyaviy kompaniyalar, investitsion banklar kiradi. Ularning maqsad va
manfaatlari moliya bozorini rivojlantirish bo‗yicha
jamiyat manfaatlari bilan
obyektiv mos keladi, bozor risklari va bunda jamiyat istaklarini adekvat aks
etadi. Bunda ular asosan portfellari bo‗yicha yuqori daromadlilik va likvidlilikni
ta‘minlaydilar, mos ravishda quyidagilar bilannamoyon bo‗luvchi rolni bajaradi:
- emitentlar holatining obyektiv ―barometri‖, demak, iqtisodiyotning real
sektorini ham;
- moliya bozori orqali real sektor investitsion loyihalarini moliyalashtirishning
arzon va samarali manbai;
- moliya bozori orqali iqtisodiyotning tarmoqlari bo‗ylab
investitsion
resurslarni samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi jarayoni regulyatori.
Umuman olganda, portfelli investorlar o‗z kapitalini moliya bozor-lari (fond
bozorlari) orqali yo‗naltirib, milliy iqtisodiyotni obyektiv baholaydi va raqobatli
kreditlaydi. shu bilan ular mablag‗larini bir loyihaga to‗g‗ridan to‗g‗ri investitsiya
qiluvchi investorlardan (qisqacha – to‗g‗ri investorlar) farqlanadi. To‗g‗ri investor
uchun investitsion loyiha tarixi va kredit oluvchi kompaniya bilan sheriklik
hissiyoti katta ahamiyatga ega bo‗lib, portfelli investor (strategik-portfelli
investorlardan
tashqari,
chunki
ular
tarmoq
kompaniyalariga
bozor
konyunkturasiga
qarab
ko‗pincha
o‗zlarining
rivojlanish
tartiblarini
majburlaydilar) uchun esa bu masalalar unchalik ahamiyat kasb etmaydi.
Dostları ilə paylaş: