107
- bitishuv talablarini ohirigacha ijro qilish (to‗lovni
amalga oshirish va
qimmatli qog‗ozlarni yangi egasiga berish). Ushbu bosqich hisob-kitob tizimi
tomonidan amalga oshiriladi.
Fond bozori savdo tizimlarida qimmatli qog‗ozlarning turlariga qarab ular
bo‗yicha
savdo shakllari, usullari, metodlari va mexanizmlari ma‘lum darajada
farqlanishi mumkin. shu munosabat bilan savdo tizimlarini
quyidagicha tasniflash
mumkin:
- emissiyalanuvchi qimmatli qog‗ozlar savdosi tizimi;
- emissiyalanmaydigan qimmatli qog‗ozlar savdosi tizimi;
-bazaviy qimmatli qog‗ozlar savdosi tizimi;
- bazisli qimmatli qog‗ozlar (derivativlar, ya‘ni hosilaviy qimmatli qog‗ozlar)
savdosi tizimi;
Savdo tizimlarini qimmatli qog‗ozlar bozori segmentlari bo‗yicha ham
tasniflash mumkin:
- birlamchi bor joylashtiriladigan qimmatli qog‗ozlar savdosi tizimi (birlamchi
bozor savdo tizimi);
- ikkilamchi bozor (spekulyativ) savdo tizimi.
Ushbu
savdo
tizimlari
birjaviy
va
birjadan
tashqari
bozorlarda
mujassamlashgan.
Yuqorida aytilganlardan ko‗rinib turibdiki, savdo
tizimlari moliya bozorida
muhim rol o‗ynaydi. Ularning bu roli o‗zlarida moliya bozorining barcha
qatnashchilari uchun moliyaviy instrumentlar bo‗yicha samarali savdo jarayonini
tashkillashtirish, unda yetarli va qulay shart-sharoitlar
yaratish hamda bu jaryonda
obyektiv bozor narxlarni belgilash bilan ifodalanadi.
Savdo tizimlari quyidagi vazifalarni bajaradi:
- har bir savdo qatnashchisiga bozordan alohida joy ajratib berish;
-narx-navoning muvozanat va obyektiv darajasini arbitraj asosida aniqlash;
108
-savdo jarayonida taraflar tomonidan savdo ijrosini aniq, to‗liq, o‗z vaqtida va
kafolatli bajarilishini ta‘minlash;
- savdolarni ochiqlik va oshkoralik asosida tashkillashtirish;
-savdo qatnashchilari tomonidan etik normalarga va kodeksiga rioya qilinishini
ta‘minlash.
Savdo tizimlarining funksiyasi – bu o‗zi orqali moliyaviy resurslarni samarali
va obyektiv narxlarda iqtisodiyot subyektlari o‗rtasida
taqsimlanishini va qayta
taqsimlanishini ta‘minlash.
Birja tovari – birja savdosi obyekti bo‗lib, uning sifatida turli standartlangan va
sertifikatlangan tovarlar bo‗lishi mumkin, masalan, qimmatli qog‗ozlar, hom
-
ashyolar, mulk, kredit, valyuta va h.k.
Savdo tizimlari tomonidan tovarlarga ma‘lum talablar qo‗yiladi: standartlilik,
bir
hil
sifat
(sertifikatlangan),
bir
tovarni
boshqa
Dostları ilə paylaş: