104
Moliya bozorining savdo tizimlarini moliyaviy instrumentlar turi bo‗yicha
quyidagicha ajratish mumkin:
- qimmatli qog‗ozlar
savdosi tizimlari;
- pul vositalari (masalan, plastik kartochkalarning turli hillari) va valyuta
(xorijiy EKV) savdosi tizimlari;
- kreditlar savdosi tizimlari;
- sug‗urta instrumentlari (polislari) savdosi tizimlari;
- moliyaviy (valyuta) qiymatga ega bo‗lgan antikvariat va yuvelir buyumlari,
qimmatbaho metall va toshlar hamda noyob (kamyob) elementlar (radiaktiv) savdosi
tizimlari.
Pul vositlari savdosi banklar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda banklarning
mahsulotlari savdo markazlari (uylari) ham bo‗lishi mumkin.
Valyutalar savdosi tizimi misolida
FOREX xalqaro elektron tizimini va valyuta
almashtirish shahobchalari majmuasini keltirish mumkin.
Kredit resurslari banklararo kredit bozorlarida savdo qilinadi, banklar va kredit
tashkilotlarida (ittifoqlarida) oldi-berdisi amalga oshiriladi.
Sug‗urta polislari sug‗urta kompaniyalari tomonidan anderrayterlar va agentlar
yordamida sotiladi.
Valyuta qiymatiga ega bo‗lgan antikvariat va yuvelir buyumlari maxsus
auksionlarda savdo qilinadi. Bunda lombardlar ham ishtirok etadi.
Qimmatbaho metall va toshlar hamda noyob elementlar
maxsus auksionlarda
savdo qilinadi.
Moliya bozorining eng katta savdo tizmlaridan qimmatli qog‗ozlar (fond)
birjalari va birjadan tashqari elektron savdo tizimlari hisoblanadi. Bulardan tashqari
qimmatli qog‗ozlar bozorida maxsus fond do‗konlari, Internet-broker (Internet-
treyder) tarmoqlari, ―chakana ko‗cha‖ va/yoki anderrayterlik (chakana savdo)
tarmoqlari mavjud.
105
Qimmatli qog‗ozlar bozorida va uning savdo tizimlarida turli bitimlar tuziladi.
Bunday bitimlar doirasida turli operatsiyalar bajariladi.
Investorlar tomonidan sotib olingan qimmatli qog‗ozlar birja bozorlari va
birjadan tashqari bozorlarda qayta sotilishi mumkin. Investorlar qimmatli qog‗ozlarga
doir bitimlarni qimmatli qog‗ozlar bozori professional
ishtirokchilari orqali ham,
mustaqil holda ham amalga oshirishlari mumkin.
Xususiylashtirish jarayonida aksiyalarga oid bitimlar birjadan tashqari bozorda
mustaqil sur‘atda, investitsiya vositachilari ishtirokisiz hukumat belgilaydigan
tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Qimmatli qog‗ozlarga doir boshqa bitimlar qonunchilikda belgilangan tartibda
amalga oshiriladi.
Qimmatli qog‗ozlar bozori professional ishtirokchilarining qimmatli qog‗ozlar
bozorida operatsiyalarni amalga oshirishlariga ular tegishli litsenziyaga ega bo‗lsalar
ruxsat etiladi.
Qimmatli qog‗ozlar bozorida amalga oshiriladigan va ularning narxi, egasi,
daromad keltirish darajasi o‗zgarishi, shuningdek qimmatli qog‗ozlar yuzasidan
qilinadigan o‗zaro hisob-kitoblar bilan bog‗liq har bir
bitim qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda ro‗yxatdan o‗tkazilishi lozim.
Fond birjalari, fond bo‗limini tashkil qilgan boshqa birjalar va qimmatli
qog‗ozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi savdolarida tuzilgan
qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha bitimlar ular tomonidan
tasdiqlangan va qimmatli
qog‗ozlar bozorini tartibga solish bo‗yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan
qoidalarga asosan ro‗yxatga olinadi.
Tashkiliy yo‗sinda yo‗lga qo‗yilgan bozorda oldi-sotdi bitimlari tuzish
chog‗ida bitim tuzish va unga oid hisob-kitoblar sanasi o‗rtasidagi vaqt qimmatli
qog‗ozlar bo‗yicha savdolar
tashkilotchisi qoidalari, boshqa hollarda esa oldi-sotdi
shartnomalari asosida belgilanadi. Belgilangan muddatlar buzilgan taqdirda bitim
106
haqiqiy emas deb hisoblanadi va etkazilgan zarar uchun bitimning aybdor tomoni,
agarda uning aybdor ekanligi aniqlansa, javobgarligiga sabab bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: