109
- guruhli, ya‘ni kun davomida sotish va sotib olish uchun talablar jamlanib, bir
kunda bir yoki ikki marotaba birja savdosiga qo‗yiladi;
- uzluksiz, ya‘ni sotish va sotib olishga bo‗lgan talablar
uzluksiz solishtirib
boriladi, agar ular mos kelsa, unda savdo sessiyaning istalgan vaqtida sodir etilishi
mumkin.
Birja zalida savdo odatda auksion shaklida amalga oshiriladi.
Talab va
taklifning kichik miqdorida oddiy auksion sotuvchi (sotuvchi auksioni) yoki sotib
oluvchi (haridor auksioni) tomonidan tashkillashtiriladi. Oddiy auksion ingliz turi
bo‗yicha
tashkillashtirilishi mumkin, agar sotuvchilarsavdo boshlanishiga qadar
qimmatli qog‗ozlarini boshlang‗ich narxda sotuvga qo‗ysa. Auksion jarayonida
raqobat asosida berilgan eng yuqori narxda sotuv amalga oshiriladi.
Gollancha auksionda boshlang‗ich narx yetarlicha yuqori miqdorda qo‗yilib,
auksion savdosi jarayonida ketma-ket
pasaytirilib boriladi toki, haridorlardan biri
taklif qilingan ohirgi narxga rozilik bildirmagunicha.
Oddiy auksion turlaridan biri, bu sirtqi auksion
yoki yashirish auksion
hisoblanadi. Bunda haridorlar bir vaqtning o‗zida o‗z talablarini taklif qiladilar.
Natijada qimmatli qog‗ozni auksionda kim eng yuqori narxini taklif qilsa, o‗sha sotib
oladi. Bunday auksionda Moliya vazirligi qisqa muddatli obligatsiyalarini
joylashtiradi. Oddiy auksionda sotuvchi yoki haridor raqobati nazarda tutiladi.
Qo‗sh auksionda sotuvchi va haridor o‗rtasidagi bir vaqtdagi raqobat nazarda
tutiladi. Auksionning bu shakli fond birjasi savdosi tabiatiga to‗liq mos keladi. Qo‗sh
auksionning ikki turi ma‘lum:
-
onkol auksion, bu turi birja bozori yetarlicha likvid bo‗lmaganida sodir
bo‗ladi. Bunda sotuvchi va haridor talablari dastlabki tarzda ma‘lum hajmgacha
jamlanib boriladi, keyin esa baravariga ijro etish uchun birjaning savdo zaliga
qo‗yiladi;
- uzluksiz auksion likvid birja bozori sharoitlarida qo‗llaniladi.
Dostları ilə paylaş: