shartini va ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida texnik vositalarni
qo‘llashning ratsionalligini ta’minlashga xizmat qiladi.
O‘qitish vositalariga qo‘yiladigan pedagogik talablar esa o‘z navbatida unga
qo‘yiladigan didaktik talablar bilan o‘xshash, deyarli bir xil ma’noni,
mazmunni
o‘zida aks ettiradi. Shuning uchun undan foydalanishda didaktik talablar deb qabul
qildik. Chunki, didaktika pedagogikaning ajralmas qismini, negizini tashkil etadi.
O‘quv tarbiya jarayonida foydalaniladigan o‘qitish vositalarini maqbulini
tanlash va ularning pedagogik talablariga javob berish kerak. Bu esa o‘z navbatida
o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyati sharoitida pedagogik samaradorlikni belgilashda
muhim ahamiyatga ega.
Umumiy holda o‘qitish vositalari majmuasi quyidagi pedagogik talablarga
javob berishi kerak:
1. Har bitta o‘quv mavzusi, o‘quv elementlari uchun o‘qitish
vositalari
ishlab chiqilishi va aniqlanishi kerak. Bunda asosiy e’tiborni fanlar dasturlaridagi
mazmunning qanchalik yakunlangan qismlariga e’tibor berishi kerak.
2. O‘qitish vositalari majmuasida didaktik vositalar o‘qitish maqsadi,
mazmunining umumiyligidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda zaruriy bo‘lgan
bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qilishi zarur. Har bitta
mavzu bo‘yicha o‘qitish vositalari o‘quv-tarbiyaviy jarayonga xizmat qilish va
yuqori darajadagi pedagogik samaradorlikni ta’minlashi zurur.
3. O‘qitish vositalari majmuasiga kiradigan hamma o‘qitish vositalari o‘quv
dasturi, darslik mazmuni va didaktik o‘qitish tamoyiliga mos kelishi zarur. O‘qitish
vositalari o‘quvchilarda o‘qishga va o‘zlashtirishga, mehnat qilish, kuzatuvchanlik
ham qiziquvchanlikni o‘stirishga xizmat qilishi.
4. O‘qitish vositalari o‘quv-tarbiya jarayonining asosiy tarkibiy qismlari:
darsning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakli va metodlari bilan moslashtirilgan
bo‘lishi zarur. Bu esa modulli yondoshish muhim ahamiyatga ega.
5. O‘qitish vositalari o‘qituvchilarning o‘qitish faoliyati elementlari va
o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini modellashtirish va o‘quv-tarbiyaviy
jarayoniga
qo‘llanilishini ta’minlash zarur.
6. O‘qitish vositalari bir-birini almashtira olishi o‘zaro mavzuni o‘tish
metodikasi bilan ham muvofiqlashtirilgan bo‘lishi hamda bitta o‘zining didaktik
yo‘nalishiga ega bo‘lishi zarur.
7. Har bitta o‘qitish vositasi turi ya’ni majmuaga kiruvchilar yuqori
darajadagi ko‘rgazmalikka va estetik ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak.
8. O‘qitish vositalari majmuasi o‘quvchilarda
yuqori darajada fanni
o‘zlashtirishga, diqqatini va faolligini oshirishga hamda mustaqil ishlashga
qiziqtirishi zarur.
9. O‘qitish vositalar majmuasiga kiruvchi o‘qitish vositalari psixofiziologik,
texnikaviy, ergonomik va nafosat-estetik talablarga javob berishi kerak.
10. O‘qitish vositalari majmuasi o‘qituvchi va o‘quvchilar mehnatini ilmiy
asosda tashkil qilishga hamda darslardagi o‘quv vaqtini
unumli foydalanishga
xizmat qilishi zarur.
O‘qitish vositalari majmuasini ishlab chiqishda esa eng tajribali pedagog jalb
qilinishi maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: