Al-adab al-mufrad. Imom
Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
154
437-bob. Dunyo ishlariga bog'liq yaxshi bir o'git
990. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasu-lulloh (s.al.) Oliyaning bir qismidagi bozor
ichi-dan o'tib borar edilar, odamlar atroflarini o'rab olishdi. Shunda o'lib yotgan,
quloqlari kesik bir uloqchaning oldidan o'tib qoldilar. Uni qo'llariga olib: "Qaysi
biringiz
mana shunga bir dirham berasiz?" - dedilar. Odamlar: "Biz uni nima qilamiz?" -
deyishdi. "Buni sizniki bo'lishini xohlaysizmi?" - dedilar. Odamlar: "Yo'q", deb javob
berishdi. Yana uch bor shunday deb so'radilar. Odamlar: "Xudo haqi, xohlamaymiz! Bu
uloqcha tirik bo'lganda ham qulog'i yo'qligidan aybi bor, deb sotib olmasdigu, holbuki, u
o'limtik bo'lsa!" - deyishdi. Ul zot: "Allohga qasamki, Alloh
taolo uchun dunyo mana shu
uloqcha sizga hech qanday qadri bo'lmagandek, qadrsizdir", dedilar".
Oliya - Najdaning yuqori qismidan Taxomagacha va Makkagacha bo'lgan hudud nomi.
991. Utayya ibn Zamra aytdilar: "Men otamning Huzurlarida johiliyat odatlarini tark
qilmagan bir kishini ko'rdim. Otam uni i'dod qildilar va kunyasi bilan chaqirmadilar.
Do'stlari otamga qarab turgan edilar, otam ularga: "Sizlar bu ishga qarshimisiz-lar? Men
bu ishda hech qachon qo'rqmayman. Chunki Rasu-lulloh (s.a.v.)ning: "Kim johiliyat
bilan o'zini bog'-lasa uni i'dod qilinglar vaunga kinoya gapirmang-lar",
deganlarini
eshitganman" - dedilar.
Hadisdagi arabcha "a'adda"("zod" harfi bilan) fe'lining ma'nosi "bir narsani tishi bilan
tutish", "tishlash" dir. Bu hadisdan ko'zlangan ma'no shuki, kimki o'zini johiliyat davriga
mansub deb bilsa va johiliyat davrining so'kish va shu kabi yomon odatlarini qayta
tiklamoqchi bo'lsa, unga otasining butlarga ibodat qilgani, zino va boshqa qabih ishlarni
qilganini esla-tib, uni gap bilan "uzib" olish kerak. U kunyasi bilan chaqiril-maydi, toki
odamlarning undan yuz o'girishlaridan qo'rqib, bu yomon ishlarini tashlasin.
Dostları ilə paylaş: