Gipotezalarning uchinchi guruhi bo’yicha akseleratsiyaning sababi siklik
ravishda sodir bo’ladigan biologik o’zgarishlar – geterozisda. O’tgan asr
davomida
transportning rivojlanishi, urushlar natijasida xalqlarning bir joydan
boshqa yerga ko’chishi, aholining yirik shaharlarda to’planishi, milliy, diniy urf-
odatlarning yo’qolishi, turli millat va elatlarning qo’shilib ketishiga olib keldi.
Natijada ilgari bir-biridan ajralgan holda yashagan aholi qatlamlarida
geterozigotlik ko’payib,
ularning genetik fondi boyidi, bolalarning o’sishi
tezlashdi.
Keltirilgan gipotezalarning birortasi ham akseleratsiya sabablarini to’liq
tushuntira olmaydi, chunki u ko’p omillarga bog’liq.
Akseleratsiya amaliy sog’liqni saqlash, umuman jamiyat uchun befarq emas.
Masalan, o’smirlar tanasining jadal o’sishi yurak-tomirlar tizimiga va nafasga
tushadigan faollik yukini orttiradi. Ammo, yurak, o’pka va boshqa ichki a’zolar
o’sish jadalligi tana o’sishiga nisbatan kamroq bo’lgani uchun, ular zo’riqib
ishlaydi. Bunday vaziyatda yurak-tomir va nafas tizimlarida patologik holatlar
rivojlanishi mumkin.
Akseleratsiya
bir
qator
ijtimoiy,
psixologik,
padagogik,
yuridik
muammolarni ham keltirib chiqaradi. Agar akseleratsiyaga uchragan 6
yashar
bolaning jismoniy o’sishi va ma’naviy rivojlanishi avvalgi 7 yashar bolaniki
bilan teng bo’lsa, uni maktabga 6 yoshdan berish kerak. Agar yoshlarning
balog’atga yetishi 2 yil oldinga surilgan bo’lsa, nikohdan o’tish mumkin bo’lgan
yoshni oldinga surish lozim, - degan fikrlar paydo bo’ldi.
Keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, akseleratsiya - juda murakkab
ijtimoiy-biologik muammo. U qo’ygan savollarni
yechish uchun bolaning
jismoniy va ma’naviy rivojlanishi turli mutaxassislar tomonidan atroflicha
o’rganilishi zarur.
Dostları ilə paylaş: