159
Ilmiylik prinsipi ilmiy bilimlarning о‘quv faoliyatidagi о‘rnini
ochib beradi.
Agar о‘quv materiali narsalarning faqat tashqi,
kuzatiladigan
xususiyatlarini yoritsa, bunday bilim ilmiylik darajasiga yetmagan
bо‘ladi.
Agar о‘quv materialni bilan qonunlar, tushunchalar, formulalar va
teoremalar olami bilan tanishtirsa, bunday bilimlar ilmiy bilimlar
deb atalardi. Ular о‘quvchini aqliy rivojlantiradi. Faqat ana
shunday bilimlardagina о‘quv fanining ilmiy mazmunini
о‘zlashtirib olishga
kelgusida esa fanni egallab, mehnatda faol
ishtiroq etishga imkon beradi.
Ta’limning tizimlilik prinsipi. Ta’limning
tizimlilik
prinsipi о‘quvchilardagi ilmiy bilimlarni mustahkam va chuqur
bо‘lishiga asoslanadi. О‘quvchilardagi atrof-muhat tо‘g‘risidagi
bilimlar, о‘quv materiallari о‘quv jarayonida ketma-ketlik asosida
chuqurlashtirilib borilsagina ularda mantiqiy fikrlash rivojlanib
boradi va ular о‘quv materialini oson о‘zlashtiradilar.
О‘quvchi
bilimlarining ilk manbaini, narsalarning, hodisalarning
о‘zaro munosobatlarini tasavvur eta bilishlari shart. О‘quv
materiali fanning
maxsus ishlangan asoslari, qismlari, qoidalari,
bо‘linmalaridan iboratdir.
Fandagi bilimlarning maktabdagi о‘kuv
materialiga asos qilib
olinishini tо‘g‘ri tushinib yetish shart. О‘quvchi tomonidan
materialni о‘zlashtirish о‘qituvchining tushuntirish usullariga
bog‘liqdir. О‘qituvchining mahorati
va yaxshi tayyorgarligi
о‘quvchilar tomonidan bilimlarni puxta va tizimli tarzda
о‘zlashtirishga asos bо‘ladi.
Bir hildagi bilim turli xil metodlar,
vositalar bilan berilishi
mumkin. Bunda о‘kituvchi tushuntirishning eng maqbul metodini
tanlab oladi.
О‘quvchilarga bilim berish ularning yosh imkoniyatlarini hisobga
olgan holda tuzilgan reja asosida amalga oshirilishi shart.
Har bir mashg‘ulotda ta’lim tizimi mahsuldor bо‘lishi
kerakligidir. Bu demak, rejadagi bilimni chuqur о‘rganish,
fikrlash, xotirani,
hissiyotni, tasavvurni tarbiyalash hamda о‘kuv
faoliyati davomida paydo bо‘lgan qiyinchiliklarni yengishga
yordam beradigan xislatlarni hosil qilishdir.