Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги бухоро дaвлaт университети



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix29.10.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#66771
1   2   3   4   5   6   7   8   9
admin, 1541-Текст статьи-4089-1-2-20210616

Tushunarlilik prinsipi. Tushunarlilik prinsipi о‘quvchilarni yosh 
xususiyatlari qonuniyatlariga va 
о‘kuvchilarni rivojlanish 
darajalarini ta’limiy jarayonni tashkil etish va amalga oshirishga 
mos kelishiga asoslanadi. 
Bolani fikirlash darajasiga, tо‘plagan bilimlari hajmiga
о‘zlashtirgan malaka va kо‘nikmalariga mos bо‘lgan bilimlargina 
ularga tushunarli bо‘ladi. 
О‘quvchilar olgan bilim, shakllangan kо‘nikma va malakalar 
ularning rivojlanish darajasini belgilasa, shaxsiy tajribasi bilan 
isbot qilinib, amaliyotda qо‘llansa u bilim tushunarli bо‘ladi. 
Yangi bilimni maktab о‘quvchisining о‘zida mavjud bо‘lgan 
bilimlar va uning shaxsiy tajribasi bilan bog‘lash kerak. 
О‘quvchini fikrlash qobiliyatini shakllantirish kerak. 
Bilimni tushunarli bо‘lishga imkon beradigan shart sifatida 
bilishga qiziqish uyg‘otish lozim. 
О‘rganilayotgan bilimlarning maktab о‘quvchisi shaxsini har 
tomonlama rivojlantirishdagi ahamiyati va zarurligini tushinib 
yetish kerak. 
Tushunarlilik prinsipida yengildan-og‘irga, aniqdan-noaniqqa, 
oddiydan-murakkablikka kabi qoidalarga rioya qilinadi. 
Ta’limning kо‘rgazmalilik prinsipi. Kо‘rgazmalilik prinsipi – 
ta’lim jarayonida juda keng qо‘llaniladi. 
О‘qitishning kо‘rgazmalilik prinsipiga amal qilish, demak bu – 
kо‘rgazmali qurollarga tayanish, о‘quvchilar hissiy bilishining 
barcha jihatlariga rahbarlik qilish va boshqarishdir. 
Maktab o‘quvchilari uchun ko‘rgazmali qurollardan foydalanish 
rivojlantiruvchi ahamiyatga egadir. Chunki ular umumlashtirish, 
tahlil va tahlildan xulosa chiqarish jarayonining shakllanishiga 
yordam beradi. 
Ta’limning ongliligi va faolligi prinsipi. Bu ta’lim jarayonida 
asos qilib olingan qoida sifatida quyidagi uchta muhim jihatini о‘z 
ichiga oladi: 

о‘quvchilar tomonidan о‘quv materiallarining ongli 
ravishda tushunilishi; 

о‘quv mashg‘ulotlariga ongli munosabatda bо‘lish; 

bilish faoliyatining shakllanishi. 


161 
О‘rganiladigan bilimlar va muammoli vaziyatlarning о‘rtaga 
qо‘yilishidan boshlab, о‘quvchilarning materialni ongli ravishda 
tushinishi boshlaadi. 
Ayrim paytda о‘quvchilar ta’lim mazmunini ongli ravishda 
о‘zlashtira olmaydilar. Sababi ular о‘kuv vazifasini hal etish 
lozim bо‘lgan muammoli vaziyat deb qabul qilmaydilar, ya’ni, 
ular vazifani atroflicha о‘ylab kо‘rmadilar, faqat о‘qituvchining 
aytgani bо‘yicha nima qilish kerakligini yodlab olishadi. 
Vazifani tо‘liq tushunib yetgachgina yechimini qidirib topish 
imkonini beradigan asosiy ma’lumotlarni aniqlab olish kerak. 
О‘quvchilar yangi mazmunga tegishli bо‘lgan bilimlarni, maxorat 
va kо‘nikmalarni esga olishadi, sо‘ngra yangi materialni 
о‘zlashtirishga kirishadi. Ayrim hollarda о‘quvchilar yangi 
bilimga tegishli о‘tilgan temani qaytarmay, ongsiz ravishda yangi 
materiallarning yengil – yelpi о‘zlashtirishga harakat qiladi. Bu 
о‘zlashtirilgan yengil – yelpi bilimlar tez kunda о‘quvchilarning 
xotirasidan chiqib ketadi. 
О‘rganilgan qoidalarni bilish, ularni tushuntira olish, yangi 
bilimlar asosida masalalarni yecha bilish, mashqlarni bajara 
bilish, о‘rganilgan materiallarni mustaqil ravishda takrorlay olish; 
yangi temani о‘zlashtirish uchun boshqa о‘kuv fanlardagi 
bilimlardan foydalana bilish, о‘zlashtirilgan bilimlarni kundalik 
hayotda qо‘llay bilish va о‘z bilimlarini davriy ravishda 
chuqurlashtirish juda muhimdir. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin