62
o‘tishdan avval tinglovchilarda kayfiyat hosil qilishi kerak bo‘lgan bo‘lsa, hijoz
shoirlarida lirik boshlama mustaqil muhabbat she’ri shakliga kirdi.
Islomgacha bo‘lgan shoirlarning muhabbatga bag‘ishlangan she’rlarida
ta’riflash elementi ustunlik qilgan. Shoirlar sevikli yorni tasvirlaganda katta
ixtirochilikni namoyon qilganlar, yorqin qiyoslash va istioralar izlab topganlar.
Biroq lirik qahramonning his-tuyg‘ulari islomgacha bo‘lgan shoirlarning
qasidalarida juda kam joy egallagan. VII–VIII asr arab shoirlarida esa
qahramonning ruhiy holatiga qiziqish sezilarli. Ular qahramonning umidsizligi,
g‘am-g’ussasi, shubhalari, javobsiz muhabbatdan azoblanishi, mahbubasidan
ayriliq alamini tasvirlaydilar. Ushbu kechinmalar tavsifi endilikda mustaqil janr
bo‘lgan
g‘azalga aylangan muhabbat she’riyatiining mazmunini tashkil etadi.
Islomgacha bo‘lgan barcha asarlar singari, hijoz she’rlari ham kuylangan, va
shu bois ularning tili oddiy va tushunarli bo‘lgan. She’rlarni kuyga moslashtirgan
hijoz shoirlari o‘z asarlari uchun yengilroq she’riy o‘lchamlar (vafir, xafif, ramal,
mutakarib)ni tanlaganlar, ba’zan esa kuyga moslashtirib, an’anaviy vazn
qoidalarini buzganlar.
VII–VIII asr hijoz muhabbat she’riyatiida ikki yo‘nalishni – shahar va
badaviy yo‘nalishlarini kuzatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: