88
butunligi, axloqiy pokligi «yangilanish» she’riyatining ikkiyuzlamchiligiga qarshi
qo‘yildi. Aynan «qadimgi davrga qaytish» yozuvchi va shoirlari dastlabki qadimgi
arab she’riyati antologiyalarini yaratdilar va arab mumtoz uslubiyatining
qonunlarini ifodalashga uringan arab she’riyatining nazariyotchilari sifatida
namoyon bo‘ldilar.
IX asr she’riyatidagi «klassisizm» adabiyotning taqdiriga ko‘proq salbiy
ta’sir etdi. Islomgacha bo‘lgan shoirlarga taqlid etishga intilgan saroy shoirlari
an’anaviy mavzularni ishlash va odatdagi qolipga aylangan obrazlarga murojaat
etishda davom etdilar. Biroq, reaksiya kuchayganiga qaramay, IX asr yetarlicha
yorqin ifodalangan o’ziga xoslik uslubga ega bir qator yirik shoir va nasrlarni
ilgari surdi. Bular quyidagilar: Abu Tammom, al-Buxturiy, Ibn ar-Rumiy, Ibn al-
Mu’tazz, al-Jahiz. Ularning ijodi fikrining teranligi va temperamenti bilan
o‘quvchini lol qoldiradi. IX asr adiblari (she’riyatda ham, nasrda ham) o‘ziga xos
bo‘lgan jihat hayotning o‘zi ilgari surayotgan falsafiy va axloqiy muammolarga
qiziqish edi. Yunon mantig‘i bilan intizomlashgan badiiy ong falsafiy g‘oyalarni
ifodalash uchun aniq-ravshan iboralarni oson topdi. IX asr arab shoirlari
islomgacha bo‘lgan an’analarni davom ettirib, Iroq, Suriya hamda xalifalikning
boshqa viloyatlari tabiatining manzaralarini qiziqish bilan chizardilar. Ularning
tavsiflari o‘zining balandparvozligi va rang-barangligi bilan islomgacha bo‘lgan
shoirlarning qasidalaridagi tavsiflardan ancha ustun edi. IX asr shoirlarining
she’rlarida «yangilanish» davri epikurchilarining she’riyatida orqaga surilgan
qahramonlik motivlari yana yangradi. Hatto, eng konservativ va barqaror
an’analarga ega bo‘lgan janr bo‘lmish madhiyalar ham «qadimgi davrga» qaytish
iste’dodli shoirlarining ijodida yangicha, jonli va ifodali yangradi.
Qadimgi davrga qaytish harakatining birinchi taniqli arbobi Abu Tammom
edi.
Dostları ilə paylaş: