73
Bashshar ibn Burdning hajviy she’rlarida odatda o‘zini maqtash mavjud. Bu
esa ayrim tadqiqotchilar shoir yangi janr yaratgani haqida so‘z yuritishlari uchun
asos bo‘lgan. Bashshar ibn Burd qadimgi arab she’riyatidan olingan hamda
zamondoshlari va hatto arablarga ham uncha tushunarli bo‘lmagan o‘lik shakllar
va uslubiy qoliplardan voz kechib, obrazlarni atrof olamdan bemalol olavergan,
yangi va kutilmagan qiyoslar hamda tashbihlardan qo‘rqmay xalq iboralarini
kiritgan.
Bashshar ibn Burdning muhabbat she’riyatii qadimgi arab shoirlarining
qo‘polroq va ehtirosliroq nasiblaridan farqli ravishda o‘zining nazokati va
musiqiyligi bilan farq qiladi. Unda nozik fors she’riyatining ta’siri ayniqsa
sezilarli. Bashshar ibn Burdning g‘azallari hissiyotga boy va ba’zan unchalik ham
odobli emas, bu, ehtimol, saroy muhitining yengiltak didlariga mos kelgan. Shu
jihatdan ular Ibn Abu Rabi’aning g‘azallarini eslatadi. Ibn Abu Rabi’a she’rlarida
temperament ko‘proq bo‘lsa, Bashshar ibn Burd esa kayfiyatni aks ettirish
ko‘proq .
Bashshar ibn Burd she’rlarining mavzulari xilma-xil: uning devonida hazil
she’rni ham, maishiy manzarani ko‘rsatuvchi baytlarni ham, quvnoq ziyofat,
saroylar, istirohat bog‘lari tavsifini ham, daryo bo‘ylab sayohat haqidagi hikoyani
ham, yo urf bo‘lgan qo‘shiqchi ayolga qoyil qolish so‘zlarini ham uchratish
mumkin. So‘qirlik shoirga atrof olamni yorqin ifodalashida xalal bermagan.
Bashshar ibn Burdning shoirona xayoloti aniqligi va realligi bilan ajralib turgan.
Dostları ilə paylaş: