Abu Tammom (805–846) Damashq yaqinida nasroniy yunon oilasida
tug‘ilgan. Biroq islomni qabul qilgach, bo‘lg‘usi shoir ashaddiy musulmonga
aylandi va, hatto o‘ziga sof arabiy shajara o‘ylab topdi. Abu Tammom yoshlik
yillarida ko‘plab kasblarda o‘zini sinab ko‘rdi: u hunarmand, suv tashuvchi bo‘lib
89
ishladi. Pul topish maqsadida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yurgan hamda
Suriya, Misr va Iroqning eng yirik shaharlarida bo‘lgan. Uning dastlabki shoirlik
tajribalari muvaffaqiyat qozonmagan, Ammo keyinchalik Abu Tammom nazarga
tushib, xalifa al-Mu’tasim saroyiga taklif etildi, tez orada saroy shoiri bo‘lib qoldi.
Abu Tammom she’riyatining umumiy yo‘nalishi hukumat tepasidagi yuqori
martabali amaldorlarga ma’qul keldi va ulardan birining yordamida shoir
Mosuladagi pochta boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu unga bo‘lgan katta
ishonchdan dalolat bergan, chunki shoirning yangi lavozimi maxfiy ma’lumotlarni
to‘plash bilan bog‘liq edi.
Manbalarda shoir uncha yaxshi tasvirlanmagan: mag‘rur, qo‘pol va hatto
vulgar, yuqori martabaga da’vogarlik qiluvchi hamda o‘zining arab an’analari va
islom diniga sodiqligini doimiy ravishda ta’kidlovchi qilib ko‘rsatilgan. Shu bilan
birga, manbalarda uning hayotdan zavq olishi va epikurcha uslubdagi sahiy
tabiati, quvnoq ulfatlari doirasida o‘zi e’lon qilgan haqiqiy musulmonning axloq
prinsiplarini osonlik bilan buzishi haqida xabar qilinadi. Shu jihatdan u
zamonning haqiqiy farzandi bo‘lgan.
Abu Tammom turli-tuman an’anaviy janrlarda ko‘plab she’rlar qoldirgan.
Biroq unga mashhurlikni nafaqat she’rlari, balki arab she’rlari antologiyasini
yaratish borasidagi faoliyati ham keltirgan. Buning ustiga, o‘zgalar asarlarini
to‘plovchi sifatida Abu Tammom shoirga qaraganda ko‘proq didini namoyon
etgan. Keyinchalik o‘rta asr arab tilshunoslari u singari she’riy antologiyalar tuza
boshladilar. Buning ustiga, Abu Tammom to‘plamlari muqarrar ravishda ular
uchun namuna bo‘lib xizmat qilgan.
Abu Tammomning arab she’riy merosini to‘plashga bo‘lgan qiziqishi
tasodifiy emas. U shoirning arab adabiy an’analariga sodiqligidan kelib chiqqan
va muayyan feodal doiralarining arablarning qahramonona o‘tmishida va qadimiy
madaniyatidan arablarning ojizlashib borayotgan siyosiy va axloqiy obro‘sini
saqlab qolish uchun kurashda g‘oyaviy qurol sifatida foydalanishga intilishini
ifodalagan.
90
Tarixiy-adabiy nuqtai nazardan, Abu Tammomning bizgacha yetib kelgan
antologiyalari orasida mashhur «Jasorat» kitobi («Kitab al-xamasa») eng
qimmatlisidir. Uning o‘nta bobida bir necha yuz arab shoirlarining eng yaxshi
she’rlari to‘plangan. Kitobning nomi arablarning qahramonliklari haqidagi
she’rlari to‘plangan birinchi bobining nomidan olingan.
Abu Tammom o‘z she’rlarida qadimgi arab adabiyoti an’analarining
davomchisi sifatida namoyon bo‘lgan. She’rlarining aksariyatini xalifalikning
taniqli va obro‘li shaxslariga bag‘ishlangan an’anaviy madhiyalar tashkil qiladi.
Ular tantanavor va og‘ir tavil uslubida yozilgan bo‘lib, an’anaviy tuzilishga
egadir. Shoir haqiqatga mos kelmasa ham maqtalayotgan shaxsga badaviy
arabning barcha fazilatlarini – oliyjanoblik, mardlik, sahiylik kabilarni tirkagan.
Uni haddan tashqari maqtagan.
Abu Tammom, an’analarga sodiqligiga qaramay, taqlidchi shoirlarning
madhiyalarida qolipga aylangan badaviy obrazlar tizimini ancha yangilagan. U
o‘zidan oldin o‘tgan shoirlar odatda uslubiy iboralar yordamida bog‘lagan eng
qadimgi qasidalardagi qismlar tarqoqligiga batamom barham bergan hamda
madhiyalarda to‘liq mantiqiy birlikka erishgan. Abu Tammom, shuningdek,
marsiyalar va hajviyalar ham, qisqa falsafiy mazmundagi hamda vasf janridagi
she’rlar ham yozgan. Bu asarlar an’anaviy xususiyatga ega bo‘lgan, Abu
Tammom o‘z hajviyalarida odatda raqobatchilari (muvaffaqiyatliroq shoirlar)
yoki maqtovlar yog‘dirgan shoirga nisbatan uncha sahiylik ko‘rsatmagan
amaldorlar ustidan kulgan. Abu Tammomning mukofot uchun buyurtma bo‘yicha
yozgan marsiyalarida (ularda shoir vafot etganlarni maqtagan) odatdagi
obrazlardan foydalanilgan bo‘lib, ba’zan eskicha va soxta yangragan, ammo
o‘ziga yaqin odamlar (masalan, o‘g‘lining vafoti munosabati bilan yozgan
marsiyasi ifodali bo‘lib, chuqur iztirobga to‘la).
Zamondoshlari Abu Tammomning vasf janridagi she’rlarini qadrlaganlar.
Bu ayniqsa qahramonlik namunalari ko‘rsatilgan, arablarning harbiy jasorati
sharaflangan, urush harakatlari, qurol-yarog‘, jangu jadal, qal’ani o‘rab olish
kabilar tasvirlangan she’rlariga taalluqlidir.
91
Biroq
Abu
Tammomning
qahramonona
she’rlariga
muayyan
balandparvozlik va dabdaba xos. Uning xalifa al-Mu’tasimga atalgan madhi:
U xuddi dengizga o’xshaydi, qay tomondan kelsang ham,
Uning tubi – xayrixohlik, sohillari esa – oliyjanoblikdir.
Shubhasiz, Abu Tammomning eng yaxshi asarlari tabiatni ta’riflashga
bag‘ishlangan she’rlaridir. Ularda shoirning iste’dodi, boy hayoloti va
kuzatuvchanligi to‘liq namoyon bo‘lgan. Abu Tammom tabiat go‘zalligini butun
nozik jihatlari bilan birga his qilibgina qolmay, balki tabiatning sirini aniqlashga,
uning yashirin ma’nosini tushunishga urinadi:
Bu dunyo – hayot manbaidir, bahor kelsa
Undan go’zalroq ko’rinish yo’qdir.
Falsafiy tafakkurga moyillik Abu Tammomni zamondosh shoirlardan ajratib
turgan. Falsafiy she’riyat yo‘nalishi bo‘yicha Abu Tammomni al-Mutanabbiy va
al-Ma’ariyning ajdodlari deb hisoblash mumkin. Uning she’rlarida yunon
falsafasining ta’siri seziladi. Ta’kidlash lozimki, Abu Tammom ham, uning
an’analarini tiklashga intilgan keyingi hamfikrlari ham yunon va fors
madaniyatining qudratli ta’siridan xoli bo‘lmaganlar.
Abu Tammomning she’rlari ba’zan qadimgi arab folkloriga borib
taqaladigan qisqa ifodali hikmatlarga boy, aksariyat qismida esa shoirning o‘zi
yaratgan bo‘lib, keyinchalik ular maqollarga aylangan.
Abu Tammom qadimgi she’riyatga, birinchi navbatda o‘zining sevimli
shoiri Zuhayrga taqlid qilib, notiqlik san’atiga qiziqqan, arxaizmlar, eng
murakkab til shakllaridan foydalangan. O‘z she’rlarini son-sanoqsiz istioralar
bilan bezagan. U odatdan tashqari obrazlar, she’rlari hatto zamondoshlari uchun
ham ko‘pincha tushunarsiz bo‘lishiga olib kelgan o‘xshatishlarni yaxshi ko‘rgan.
U badihona to‘qigan falsafiy mazmundagi qisqa she’rlari yoki hikmatlari
92
tushunish qiyin bo‘lgan og‘ir madhiyalaridan ko‘ra ko‘proq she’riy qimmatga
ega.
Dostları ilə paylaş: |