Kimyoviy laboratoriyada ishlayotganda texnika xavfsizligi qoidalari


  Kimyo laboratoriyalarida yolg`iz tajriba o`tkazish mumkin emas. Xonada eng kamida  ikki kishi va ulardan biri esa boshliq bo`lishi kerak



Yüklə 274,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix02.11.2022
ölçüsü274,37 Kb.
#67124
1   2   3   4   5
1. kimyo laboratariyasida ishlash qoidalari

15. 
Kimyo laboratoriyalarida yolg`iz tajriba o`tkazish mumkin emas. Xonada eng kamida 
ikki kishi va ulardan biri esa boshliq bo`lishi kerak. 
O`YUVCHI MODDALAR BILAN ISHLASH QOIDALARI 
1. 
O`yuvchi moddalarga quyidagilar kiradi: xlorid, nitrat, sul`fat, ftorid kislotalar, xrom 
(VI) oksidi, qattiq ishqorlar-o`yuvchi natriy, o`yuvchi kaliy, ularning kontsentrlangan eritmalari, 
ammiak eritmasi, brom va uning eritmalari. O`yuvchi moddalar teriga tushsa, go`yo qizdirilgan jism 
tekkandek kuydiradi, ularning ko`zga tushishi nihoyatda xavfli. 
2. 
Ustoz bo`lmagan vaqtda o`yuvchi moddalar bilan ishlash kerak emas. Ishqor va 
kislotalarni katta idishdan kichiklariga qo`ygan vaqtda nasosli yoki «nok»li (grusha) sifonlardan 
foydalanish kerak. Uchuvchan moddalar, ammiak, brom eritmalarni so`ruvchi shkaf ichida quyish 
kerak va albatta ko`zoynak, qo`lqop, fartuk kiyib «V» markali protivogazni ehtiyotdan tayyor tutish 
kerak. 
3. 
Sul`fat kislotasining (umuman kislotalarning) eritmasini tayyorlaganda, uni suvga 
qo`shish va tuxtovsiz aralashtirib turish kerak. Aks xolda eritma qizib atrofga sachrab ketishi 
mumkin. Suvni kislotaga quyish aslo mumkin emas. 
4. 
Ishqorlardan eritma tayyorlaganda, ularning kichik bo`laklarini asta-sekin suvga 
qo`shib to`xtovsiz aralashtirib turiladi. 
5. 
Ftorid kislotasi teriga tushsa sekin bitadigan yara hosil qiladi, o`pkani esa yallig`laydi. 
Agar ftorid kislotasi teriga tushsa, uni sovuq suv oqimi bilan yaxshilab yuvib 5% li soda eritmasi 
bilan kompress qilish kerak. 
6. 
Idishlarni xrom aralashmasi bilan yuvganda uning tomchilarnini teriga, kiyimga, oyoq 
kiyimiga tushishidan ehtiyot bo`lish kerak. 
Ishlaganda portlab ketishi va o`z-o`zidan yonib ketishi mumkin bo`lgan moddalar bilan 
ishlashdagi xavfsizlik qoidalari 
1. 
Reaktsiya jarayonida portlash hosil bo`lishi mumkin bo`lgan barcha tajribalar 
o`tkazilayotganda albatta himoya niqobi taqilishi lozim, reaktsiyalar esa maxsus kabinalarda yoki 
himoya ekranlari, qalqonlari bilan jihozlangan erlarda o`tkaziladi. 
2. 
Kuchli oksidlovchilarni qizdirish yoki engil yonuvchi moddalar bilan shunchaki 
aralashtirish mumkin emas, chunki bu o`z-o`zidan yonib ketish va portlashga olib kelishi mumkin. 
3. 
Yog`li va parafinli hammomlardan foydalanayotganda ularga suv tushib ketishidan 
saqlanish lozim, chunki yog` ostida qolgan suv qattiq qizish natijasida qaynab ketib, qizigan yog`ni 
atrofga sachratib yuboradi. Yog` bilan ifloslangan latta, sochiq, ish kiyimlari, oksidlovchi muhitda, 
o`z-o`zidan yonib ketishiga moyil bo`ladi. 
4. 
Sul`fat kislotasi eritmasi tayyorlanayotganda, kislota suvga quyiladi, mabodo to`kilib 
ketsa, u soda eritmasi bilan neytrallanadi, latta bilan artish mumkin emas. 

Yüklə 274,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin