YONG`INGA QARSHI CHORALAR
1.
Agar engil alangalanadigan suyuqlik xonada to`kilib ketsa, darhol xonadagi gaz
gorelkalarini, elektr isitgichlarini o`chirish
va eshikni yopish, deraza va darchalarni ochib xonani
shamollatish kerak. Suyuqlikni yig`ib olish mumkin bo`lsa, darhol
latta yoki sochiq yordamida
shimdirib uni devori baland idishga siqib yig`ish, keyin qopqog`i yopiladigan idishga ag`darish kerak.
Xonani shamollatishni to`kilgan suyuqlik hidi tugagandan so`ngina to`xtatish kerak. Ko`ylak, xalat,
shim kabi kiyim-bosh yonib ketsa:
2. Yugirmay-chopmay alangani odeyal, kigiz-namat, pal`to kabilar bilan o`rab o`chirish
kerak;
3.
Yonayotgan odam yugursa, qochsa uni ushlab yuqorida qayd qilingan choralarni qilish
kerak.
4.
Barcha laboratoriyalarda qumli yashchik, kigiz, odeyalo ishga yaroqli o`t o`chirgichlar
va boshqa o`t o`chirish vositalari ko`rinadigan erlarda turish kerak.
5.
Agar binoga o`t ketsa darhol o`t o`chirish komandasini
chaqirish va ular kelgunga
qadar, bor kuch va vositalarni ishga solib o`tni o`chirishga kirishish kerak.
Birinchi yordam ko`rsatish
1.
Kimyoviy kuyish sodir bo`lsa kuygan erni sovuq suv oqimi bilan yaxshilab yuvish,
spirt
bilan tozalab artish, issiqlikdan kuysa, spirt bilan yaxshilab artib-yuvish
va vrachga murojat
qilish kerak.
2.
Ko`z kimyoviy jarohatlansa, sovuq suv bilan yaxshilab yuvib vrachga murojat qilish
kerak.
3.
Ko`zga qattiq jism tushib jarohatlansa, darhol vrachga murojat qilish kerak.
4.
Kimyoviy moddalar bilan zaharlanish sodir bo`lsa vrach kelgunga qadar bemorni toza
havoga
5.
olib chiqish, qustirish, zaharga qarshi dori-darmon ichirish lozim bo`lsa sun`iy nafas
oldirish kerak.