3.
Yongin
alangalanadigan, miqdori 0,5 litrdan ortiq bo`lgan suyuqliklarni qizdirishda
pribor tagiga, avariya sodir bo`lsa, suyuqlik oqib tushishi uchun extiyotdan bo`sh kyuvetalar qo`yilish
kerak. Tajriba tugagach barcha idishlar tozalab yuvilib, yig`ishtirish lozim.
4.
Deyarli barcha yonuvchan moddalar uchuvchan bo`ladi
va ular inson organizmiga
havo bilan kirib zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bunday moddalar bilan olib
boriladigan ishlar yopiq, so`ruvchi shkaflarda olib boriladi.
5.
Yonuvchan moddalarni kanalizatsiyaga ag`darish mumkin emas.
Ishlatilgan bunday
modda qoldiqlari yaxshi yopiladigan biror idishga to`planib maxsus quduqlarga to`kiladi.
Simob bilan ishlashdagi havfsizlik qoidalari
1.
Metall holdagi simob laboratoriya amaliyotida ochiq va yopiq holda keng qo`llaniladi
(reometrlar, termometrlar va hokazo). Simob va uning ba`zi tuzlarining bug`lari kumilyativ ta`sirli
kuchli zaharlardir. Simob bug`uning havodagi kontsentratsiyasi 0,01 mg/m
3
dan oshmasligi kerak.
2.
Simob bug`lari suvoq, yog`och, latta, zang kabilarga yaxshi
yutiladi va keyinchalik
desorbtsiyalanib bug`lanadi. Metall holdagi simob polga to`kilib ketsa, uning juda mayda zarrachalari
devor, pol, mebel tirqishlariga kirib ketib, so`ngra asta bug`lanib yotishi mumkin. Simob solingan
priborlar (masalan, monometrlar, reometrlar) xonalarga o`rnatilganda
ular ostiga maxsus idishlar
o`rnatilishi kerak.
3.
Beixtiyor to`kilib ketgan simob, tezda maxsus so`rg`ich yoki nasos yordamida yig`ib
olinishi kerak. Mayda zarrachalar esa amal`gamalangan (Zn) plastina yordamida yig`ib olinadi.
So`ngra pol 3% li kaliy permanganat eritmasi 1 litr 20% li temir (IV) xlor eritmasiga 5 ml
kontsentrlangan sul`fat kisotasi qo`shib tayyorlangan eritmasi aralashtiriladi va xona pollari
demerkurizatsiyalanadi. So`ngra esa xona xavosi simob miqdoriga analiz qilinadi.
Dostları ilə paylaş: