1-mavzu: Tarix fanidagi yangiliklar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev asarlari, ma’ruza va nutqlarida tarix fanini o‘qitishning
konseptual masalalari tahlili. Tarix fanining ilmiy-nazariy asoslari bo‘yicha
dolzarb muammolar va yangiliklar
Glossariy:
Innovatsiya- yangilanishni, o‘zgarishni amalga joriy etish jarayoni va faoliyati
(inglizcha “innovatsiya”- kiritilgan yangilik,ixtiro). Ilmiy texnika yutuqlari va
ilg‘or tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqaruv va mehnatni tashkil
etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek,ularning turli sohalari va doiralarda
qo‘llanishini aks ettiradi.
Innovatsion ta’lim- o‘quvchida yangi g‘oya, me’yor, qoidalarini yaratish, o‘zga
shaxslar tomonidan yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul
qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim.
Interfaol ta’lim- o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan axloqiy
sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lidagi o‘zaro hamkorlikdagi harakatini tashkil etishga
asoslanuvchi ta’lim.
Metodologiya- metod va logiya iboralarining birligida bilim faoliyati usuli,
tuzilishi vositalari va mantiqiy tartibi haqidagi ta’limot ma’nosini anglatadi.
Muammoli ta’lim- muammoni hal etish g‘oyasi yotuvchi, yaxlit tizim. Muammoli
o‘qitish ham amaliy, ham nazariy-bilish xususiyatidagi muammoli vaziyatlarni hal
etish orqali yangi bilimlarni egallashga asoslangan ta’lim.
Tahlil- o‘rganilgan material tarkibini bo‘laklarga bo‘lib, uning tuzilmasini yaqqol
ko‘rsatish ko‘nikmalarini anglatadi.
Ta’lim- bilim berish, malaka va ko‘nikma hosil qilish jarayoni, kishini hayotga
tayyorlashning asosiy vositasidir.
Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish- o‘quvchilarni tarixdan saboq olish,
xulosa chiqarishga o‘rgatish, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirish.
Mikrotarix- tuman, qishloq va shaharlar tarixi.
Dostları ilə paylaş: |