Individual loyiha



Yüklə 219,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix05.11.2022
ölçüsü219,94 Kb.
#67579
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Individual loyiha

Validasiya model. Masofali o`qitishning juda keng tarqalgan modeli bo`lib, bunda ta`lim
muassasalari masofali o`qitish bo`yicha xizmatlarni barcha hamkorlari teng darajada bajarishlari
haqida kelishuv imzolab oladilar. Ularning biri diplom validasiyasi, kurs va dasturlarni
akreditasiyasini qiladi, rasman tan olinadigan diplom va sertifikatlarni berishga ma`sul bo`ladi,
ilmiy darajalar beradi va xokazo. Bosh oliygox (davlat akreditasiyasiga ega bo`lgan taniqli oliygox)
va uning xududlardagi ko`p sonli filiallari orasidagi munosabatlar ham shu model asosida tashkil
etiladi.
Uzoqlashtirilgan auditoriyalar model. Bu modelda zamonaviy axborot texnologiyasi
vositalari faol foydalaniladi. qandaydir oliygoxda o`tkazilayotgan o`quv kurslar, ma`ruzalar yoki
seminarlar talabalar yig`iladigan uzoqlashtirilgan o`quv auditoriyalarga sinxron teleko`rsatuv,
videoanjuman, radioeshittirish ko`rinishida telekommunikasiya kanallaridan uzatiladi. Bunda bir
o`qituvchi bir vaqtni o`zida talabalarning katta auditoriyasi bilan ishlaydi. Ushbu model bo`yicha 


AQSh ning Viskonsin universiteti (Wisconsin University, USA) da, shuningdek, Xitoyning
markaziy radio va televedenie universiteti (China Central Radio and TV University) da masofali
o`qitish tashkil etilgan. 
Loyihalar model. Davlat ta`lim yoki ilmiy-tadqiqot dasturi doirasida keng qamrovlik
loyihani amalga oshirish uchun mo`ljallangan masofali o`qitish modelidan iborat. Ushbu modelda
asosiy ahamiyat o`quv materiallarini ishlab chiquvchi asosiy mutaxasissis xodimlar, masofali
kurslarni olib boruvchi o`qituvchilar va olimlar yig`iladigan ilmiy - uslubiy markazga qaratiladi.
Markazda ishlab chiqiladigan masofali kurslar u yoki bu davlat (xudud) ning katta auditoriyasiga
uzatiladi. Bunday o`qitish vaqtinchali hisoblanib, loyihada mo`ljallangan ishlar bajarilgandan yoki
tugagandan so`ng tugatiladi. Bu modelga misol sifatida Afrika va Lotin Amerkasining
rivojlanayotgan davlatlarida turli xalqaro tashkilotlar o`tkazgan qishloq xo`jaligi, agrotexnikaning
yangi uslublari, ekologiya bo`yicha va sh.k. masofali o`qitish kurslari olish mumkin.
Chet el davlatlari ekspertlarining ma`lumotlariga ko`ra yaqin yillarda insoniyatni yashashi
uchun zarur bo`lgan ta`limning minimal darajasi oliy ta`lim bo`ladi. Shunday ekan, ko`p sondagi
talabalarni kunduzgi shaklida o`qitish uchun eng rivojlangan davlatlarning ham byudjet mablag`i
chidamasa kerak. Shuning uchun ham oxirgi o`n yillikda kunduzgi bo`limlarda o`qiyotgan
talabalarga qaraganda noan`anaviy texnologiya asosida o`qiyotgan talabalarning soni tezroq
o`smoqda. 
O`qitishning noan`anaviy shakliga o`tish tendensiyasi ana shunday texnologiyalarda kadr
tayyorlanadigan va ularni qayta tayyorlaydigan ta`lim muassasalarining sonini ko`payishida ham
ko`rish mumkin. 1900-1960 yillarda (60 yil mobaynida) ularning soni 79 ta edi,1960-1970 yillarda
(10 yil mobaynida) 70 ta, 1970-1980 yillarda (10 yil mobaynida) 187 ta va 1980 - 1995 yillarda (15
yil 
mobaynida) 700 ta, 1995-2000 yillarda esa, mingdan oshib ketdi (1 - rasm). 
Jahonda uzoq vaqtlardan buyon masofali o`qitish tizimini (MO`T) rivojlanish sabablaridan
biri ixtiyoriy yerda yashayotgan har bir o`quvchiga ixtiyoriy kollej yoki universitetda ta`lim olish
imkoniyatini yaratishdan iborat. Bu "talabalarni bir davlatdan boshqa davlatga jismonan siljishi"
konsepsiyasidan "ta`lim ashyolarini almashinish orqali bilimlarni taqsimlash maqsadida ko`plab
g`oya, bilim va ta`lim" konsepsiyasiga o`tishni ko`zda tutadi. 
Masofadan turib o`quvchilarni o`qitish o`qituvchi bilan o`quvchi ma`lum bir masofada
joylashgan holda ta`lim berish tizimidir. Bunda o`qituvchini dars jarayonida kompyuterlar, sun`iy
yo`ldosh aloqasi, kabelli televidenie kabi vositalar asosida tashkil qilishini talab qiladi. 
Zamonaviy kompyuter uzatish kanallarining rivojlanishi telekommunikasiya sohasida o`ziga
xos tarixiy o`zgarishlar kiritmoqda. Mamlakatimizdagi barcha o`quv muassasalari masofadan turib


o`qitish uslubi asosida birlashtirilsa, o`qitish jarayonini yanada yuqori pog`onaga ko`tarish
mumkinligi ayon. 
Xalqaro Kengashning tahlillari shuni ko`rsatmoqdaki, hozirgi kunda, jahonda 10
milliondan ortiq o`quvchilar shu uslub asosida ta`lim olmoqdalar. 

Yüklə 219,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin