Mavzu:
o'quv kurslarini tashkil etishda aloqa texnologiyasidan
foydalanish asoslari
Reja:
1. Masofaviy ta’lim berish metodlari.
2. Masofali o`qitish va uning tashkil qilish asoslari.
3.Masofali o`qitishning tashkiliy-uslubiy modellari.
Tarmoqlar metodi
Fikrlarni tarmoqlanishi – bu pedogogik strategiya bo’lib, u o’quvchilarni
biron bir mavzuni
chuqur o’rgatishlariga yordam berib, o’quvchilarni mavzuga ta’luqli tushuncha yoki aniq fikrni
erkin va ochiq ravishda ketma ketlik bilan o’zviy bog’langan xolda tarmoqlanishlarga o’rgatadi.
Bu metod biron mavzuni chuko’r o’rgatishdan avval o’quvchilarni
fikirlash faoliyatini
jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek o’tilgan mavzuni
mustaxkamlash, yaxshi o’zlashtirish, umumlashtirish hamda o’quvchilarni shu mavzu bo’yicha
tasavvurlarni chizma shaklida ifodalashga undaydi. Bunday jarayon esa o’quvchilarga o’z bilimlari,
tushunishlari va tasavvurlari darajasini aniqlashga yordam beradi.
O’quvchilarning fikirlarini tarmoqlash qo’yidagicha tashkil etiladi:
Xayolga kelgan har qanday shu mavzuga taluqli bo’lgan fikr ketma ket yoziladi.