Va 2 sinflarda milliy dastur asosida o’qitishning avfzalliklari urozova Manzura Baxmal tumani 5-maktab annotatsiya


tushunchalar shu sinflarda singdiriladi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix07.11.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#67895
1   2   3   4   5
1- va 2-sinflarda milliy dastur asosida o’qitishning avfzalliklari Maqola

tushunchalar shu sinflarda singdiriladi. 
ADABIYOTLAR METODOLOGIYASI: 
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti davlat ta’lim standartining
maqsad va vazifalarini, asosiy prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat ta’lim
standartlarini joriy etish hamda davlat ta’lim standartlari talablariga rioya etilishini
nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Davlat ta’lim standartini ishlab chiqish quyidagi hujjatlarga 
asoslanadi:
O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi
;
«Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston 
Respublikasi 
Qonuni
;
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuni
;
MAVZUNING AHAMIYATI: 
Prezidentimiz oʻz maʼruzasida darsliklar yaratishga jiddiy eʼtibor qaratish 
zarurligini taʼkidladi. Undan kelib chiqqan holda oʻzimizga kelajakda amalga 
oshirishimiz lozim boʻlgan bir qator vazifalarni belgilab oldik. Darhaqiqat, fanlarni 
oʻqitish metodikasi, nazariy va amaliy bilimlar muvofiqligi, dasturlar uzviyligi, darsliklar 
mazmuni va sifatida talay kamchilik va muammolarimiz bor. Darslik va oʻquv-metodik 
qoʻllanmalarni nashrga tayyorlashda ularni mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga 
qay darajada javob bera olishiga yana-da jiddiy eʼtibor qaratishimiz, amaliyotchi 
oʻqituvchilar, fan metodistlari hamda salohiyatli olimlar tomonidan chuqur ekspertizadan 
oʻtkazishimiz lozim. Darsliklar ekspertiza xulosalari asosida uning mualliflari, nashriyot 
xodimlari hamda fan metodistlari hamkorligida qayta ishlansa, mazmuni va 
illyustratsiyalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilsa yana-da mazmunli va sifatli boʻladi. 
Darsliklarni yana-da takomillashtirish uchun jahon tajribasini kengroq oʻrganish, 


578 
loyihalarimizga Respublikamizdagi eng tajribali mutaxassislarni, xorijiy ekspertlarni 
keng jalb qilish maqsadga muvofiq. 
Darsliklarni tayyorlashda oʻquvchilarning yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlari 
alohida inobatga olinadi. Darslik mazmunida mavjud boʻlgan takrorlanishlar bartaraf 
etiladi, xalqaro tajribaga tayangan holda darslikning dizayni va foto-illyustratsiyalariga 
oʻzgartirish kiritiladi. Yana bir eʼtiborli holat shuki, fanlar kesimida fanlararo bogʻliqlik 
hamda sinflararo uzviylik taʼminlanishiga yana-da jiddiy eʼtibor qaratiladi. Darslik va 
oʻquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratishda ular mazmuniga xalqaro 
baholash dasturi —TIMSS, PIRLS talablari oʻquvchilar yoshiga mos tarzda yana-da 
chuqurroq singdiriladi. Shuningdek, mavzularni qoʻshimcha maʼlumotlar bilan boyitish 
maqsadida barcha darsliklarga QR kodlar oʻrnatiladi. 
Umumiy o‘rta ta’limning tarixida ilk bor joriy etilishi kutilayotgan Umumiy o‘rta 
ta’limning Milliy o‘quv dasturi amaldagi davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturlarini 
tanqidiy tahlil qilish, keng jamoatchilikning darsliklarning mazmuniga nisbatan bildirgan 
fikr-mulohazalari, ta’limning keyingi bosqichi hamda zamonaviy mehnat bozorining real 
talablari asosida, xorijiy davlatlarning ta’lim sohasida erishgan natijalarini inobatga olgan 
holda ishlab chiqilmoqda. 
Mazkur dastur 6 ta komponentdan iborat bo‘ladi: 1) umumiy o‘rta ta’limning 
malaka talablari; 2) umumta’lim fanlarining konsepsiyalari; 3) umumiy o‘rta ta’limning 
o‘quv rejasi; 4) umumta’lim fanlarining o‘quv dasturlari; 5) umumta’lim fanlarini o‘qitish 
metodologiyasi; 6) baholash tizimi. 
Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish, ekspertiza qilish va tajriba-sinovdan 
o‘tkazish hamda bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish samaradorligini ta’minlash 
maqsadida yuqori salohiyatli milliy va xalqaro ekspertlar, jumladan, UNICEF, USAID 
va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan xorijiy konsultantlar bilan tizimli 
ishlash tashkil etildi. Amaldagi davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va o‘quv 
adabiyotlarini rivojlangan xorijiy davlatlarning o‘quv-me’yoriy resurslari bilan qiyoslash 
orqali o‘rganib chiqilmoqda, ilg‘or tajribalardan kelib chiqqan holda Milliy o‘quv 
dasturini ishlab chiqishda Singapur, Koreya Respublikasi, AQSH, Gongkong va 



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin