15
-nin’\\-nin’. Mazkur qo’shimcha har qanday negizlarga qo’shila beradi:
qoychinin’ iti
(Tafsir). Elchinin’ shaxdliq zaxri shi:sha’si... (hamsa). Bu qo’shimcha XV asrgacha bo’lgan
yodnomalarda tarkibida lablanmagan unlilar bo’lmagan negizlarga qo’shilgan. Keyingi davrda
esa har qanday negizga qo’shilgan.
-nun’ \\-nu’n’. qaratqich kelishigining bu varianti oxirgi bo’ginda lablangan unlilar
qatnashgan negizlarga qo’shiladi:
Rasulnun’ so’zi (Tafsir). harunnun’ aqli (qR).
Ko’zu’n’nu’n’ allida nargis kelib qatig ko’zlu’g...(hamsa). Bu qo’shimchaning yuqoridagi
negizlarga qo’shilishi XV-XVI asrlargacha davom etgan. Shuningdek, bu qonuniyatdan
chekinish xollari ham uchraydi:
Ko’znin’ niyati (Atoiy), xalqnun’ ranji (Tafsir).
-in’ \\-in’ \\-u’n’. qadimgi turkiy tilda undosh bilan tugagan negizlarga qo’shiladigan bu
qo’shimchalar eski o’zbek tilida ham uchraydi.Lekin uning qo’llanishi ayrim so’z
shakllarigagina xosdir. Bu davr yodnomalaridan mazkur qo’shimcha faqat «Tafsir»da ancha
keng qo’llangandir:
ul elin’ evlari, anlarin’ evlari.
-u’n’ qo’shimchasi. Bu qo’shimcha
kim olmoshi bilangina qo’llangan.
Sen kimu’n’ ogli-
sen?
qaratqich kelishigi qo’shimchasining bunday variantlari singarmonizmli turkiy tillarda va
singarmonizmli o’zbek shevalarida ham uchraydi.
Bu kelishikning belgisiz qo’llanishi eski o’zbek adabiy tili uchun ham harakterli bo’lgan:
Mu’lk ikki bagi ikki alam \\ Sultanlig eru’r san’a musallam (hamsa).
Dostları ilə paylaş: