4
Ma’ruza №1. Kirish. O’zbek tilining tarixiy grammatikasi kursining predmeti, uning
maqsad va vazifalari
R e j a:
1.O’zbek tilining tarixiy grammatikasi til tarixi fanlaridan biri sifatida.
2.O’zbek tili tarixiy grammatikasining manbalari.
3.O’zbek tili tarixiy grammatikasining o’rganilish tarixi.
Tayanch tushunchalar:
O’zbek tili tarixi-o’zbek tilining turkiy tillardan ajralib, mustaqil taraqqiy etishini
yoritadigan fan.
O’zbek tilining tarixiy grammatikasi- o’zbek tilining fonetik, morfologik, sintaktik va
leksik-semantik tizimini o’rganuvchi o’zbek tili tarixining uzviy qismidir.
O’zbek tili tarixiy grammatikasining manbalari- tarixiy grammatikada taxlili qilish,
xulosa chiqarish uchun asos bo’ladigan til faktlarini tashuvchi o’zbek tilida yaratilgan yozma
yodgorliklar.
O’zbek adabiy tili tarixi- o’zbek adabiy tilining tarixiy taraqqiyotini, normalari tarixini
o’rganadigan o’zbek tili tarixining uzviy qismidir.
Eski o’zbek adabiy tili- XIV asrlarda shakllana boshlagan va XV asrda rivojlangan hamda
to XX asrning boshlarigacha qo’llangan adabiy til nomlaridan biridir.
O’zbek tilining tarixiy grammatikasi o’zbek tili tarixi fanining bir tarmogidir. Ma’lumki,
til tarixi o’zbek tili fonetik sistemasining, grammatik qurilishi va leksikasining tarixidir.
O’zbek tili tarixi o’zaro bogliq bo’lgan ikki mustaqil predmetni o’z ichiga oladi. Bu predmetlar
- o’zbek tilining tarixiy grammatikasi va adabiy til tarixidir. Bu ikki predmet ichki bir-biriga
bogliq bo’lishiga qaramasdan, ularning o’rganish usullari, tekshirish ob`ektlari bir-biridan
farq qiladi. Tarixiy grammatika tilning fonetik sistemasi taraqqiyotini, grammatik
strukturasining rivojlanishini o’rganadi. Lekin til hodisalarining ijtimoiy hodisalar bilan
bo’lgan munosabatini, uslublar taraqqiyotini va ularning turli ko’rinishlarini, tilning normasi
kabi masalalar uning tekshirish ob`ektidan chetda qoladi. Bo’larni esa adabiy til tarixi
tekshiradi.
Til tarixini o’rganish hozirgi zamon o’zbek tilini tarixiy tushunish, ya`ni bu til uzoq
asrlar mobaynida davom etgan murakkab tarixiy jarayonlar samarasi ekanini anglash imkonini
tug’diradi. O’zbek tili uzoq davr va asrlarning tarixiy mahsulidir. O’zbek tili tarixda ma`lum
bo’lgan boshqa tillar kabi uzoq taraqqiyot bosqichini boshidan kechirdi. a’ jamiyat va xalq
tarixi bilan uzviy bogliq xolda urug’ tilidan qabila, qabila tilidan xalq va xalq tilidan milliy
tilga qarab taraqqiy etib keldi. a’zoq davom etgan bu jarayonda o’tmish asrlardagi til hodisalari
keyingi asrlardagi til hodisalaridan farqlanib qoldi. Har bir o’tmish davr, tarixiy hodisalar tilda
o’z izlarini saqlab qoldi. Natijada hozirgi zamon o’zbek tili uning o’tmishidan uzoqlashib
ketdi. Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning talablariga javob berolmagan til hodisalari asta-sekin
umumtil aloqasidan chiqib ketdi. a’larning o’rnini zamona talabi bilan paydo bo’lib kelgan
yangi hodisalar ishgol etdi. Shuning natijasida yuqorida aytilganidek, hozirgi o’zbek tili
o’zining o’tmishidan uzoqlashib qoldi. Bu hodisalarni yozuv yodgorliklarida aks etilgan
hodisalar bilan chogishtirilganda ko’rish mumkin.
Tarixdan ma`lumki, tilning struktura elementlari uzoq o’tmish davr ichida bir xilda
o’zgarib kelmadi. Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot dastavval tilning leksikasiga o’z tasirini o’tkazadi
va shunga ko’ra tilning boshqa tarkibiy qismlariga qaraganda uning lug’at tarkibi juda
o’zgaruvchan qismdir. Xaqiqatan ham, ijtimoiy taraqqiyotning yo’nalishi va xususiyatlariga
5
qarab o’zbek tilining lug’at tarkibi tez-tez o’zgarib, yangilanib turdi. a’ning tarkibida zamona
va taraqqiyot talablariga javob berolmaydigan so’z va iboralar chiqib ketdi. a’larning o’rnini
yangi lug’at va iboralar egalladi. qator so’zlar esa aktiv lug’atdan passiv lug’atga aylanib ketdi.
XII asr boshlarida Xorazm davlatining mavqei ko’tarilib, butun Movarounnaxrni o’z
ichiga oladi. Bu yer fan va madaniyat o’chogiga aylanadi. Mo’gullar xukmronligi davrida ham
bu an`ana davom etadi. Bu davrda Xorazm Oltin o’rda xonligiga kirar edi. Oltin o’rdada XIII-
XIV asrlar mobaynida adabiy markaz vujudga keldi. Bu erda yozilgan asarlar til jixatdan
ko’proq qipchoq-o’guz qabila tillari xususiyatini o’zida ifodalaydi. O’guz urug’lari son
jixatidan ko’pchilikni tashkil etib, ular Sirdaryoning quyi oqimi va Xorazmda joylashgan edi.
Xorazmiyning «Muxabbatnoma»si, Qutbning «Xisrav va Shirin» asari, diniy harakterdagi
«Roxatul- qulub», «Najxul farodis», Alining «#issai Yusuf», asarlari Oltin o’rda adabiy tilini
tashkil etadi. Oltin o’rda adabiy tiliga oid asarlarning ayrimlari Misrda va Suriyada
mamlyuklar davrida yaratildi.
Oltin o’rda adabiy tili qoraxoniylar davridagi adabiy til bilan boglangan edi. Oltin o’rda
adabiy tili shu tilning bevosita davomi edi. Bu tillarning farqi Oltin o’rda ko’proq o’guz,
qisman qipchoq urug’ tillari xususiyatlarining bo’lishi bilan o’lchanadi. Bu erda yozilgan
asarlar til jixatdan ko’proq qipchoq-o’guz urug’ tillari xususiyatini o’zida ifodalaydi.
Xorazmiyning «Muxabbatnoma»si, qutbning «Xusrav va Shirin» dostoni, diniy harakterdagi
«Roxatul qulub», «Najxul farodis», Alining «qissai Yuauf» asari, To’xtamish va Temur qutluq
yorliqlari Oltin o’rda adabiy tilini tashkil etadi.
XIV asrga kelib eski o’zbek adabiy tili shakllana boshladi. Buning vujudga kelishiga
sabab faqatgina ichki faktorlar: o’zbek xalqi shakllanish jarayonining kuchayishi, Fargona va
Movarounnaxr turkiy axolisi birligining yaratilishigina emas, balki Koshgarda va Orol
dengizigacha bo’lgan yerni ishg’ol qilgan Oltin o’rda adabiy tillarining shakllanishi ham tasir
qildi. Bu esa, o’z navbatida, eski o’zbek adabiy tilining dialektal xususiyatlarini ko’paytirar
edi. Fargona va Movarounnaxrda adabiy asarlar tilidan Xorazmda yozilgan adabiy asarlar tili
ma`lum dialektal farqlar bilan ajralib turadi. Eski o’zbek tilining shakllana boshlash davrida
qabila va urug’ tillarining xususiyatlari adabiy asarlarda yaqqol ko’rinadi. Movarounnaxr,
Fargona va Xorazmda qarluq, uygur-o’guz va qipchoq dialekt gruppalarining xususiyatlari
saqlanishi bilan, ayni zamonda, ular aralashib ketgan edilar ham. «Muxabbatnoma» va
«Taashshuqnoma»da o’guz dialekti xususiyati o’z aksini topadi. Demak, mavjud dialekt
xususiyatlarini o’z ichiga qamrab olgan umumiy adabiy tilni shakllantirish tendentsiyasi
kuchaya boradi va shu tariqa o’zbek adabiy tili vujudga keldi.
XV-XVI asrlarda Movarounnaxrda Durbek, Sakkokiy, Lutfiy va Navoiy kabi buyuk
shoirlar etishib chiqdiki, ular yaratgan yodgorliklarda dialektal farqlar yo’qola borib, yagona
o’zbek adabiy tili shakllandi.
Shunisi harakterliki, Navoiygacha bo’lgan shoirlarning asarlarida eski turkiy til
an`analari davom ettirilishi bilan birga, ularda jonli til xususiyatlari ko’proq o’rin egallaydi.
XV asrning birinchi yarmida diniy mazmundagi bir qancha prozaik asarlar ham yaratildi.
Bular «Sirajul qulub»(an’32-yil Yazd shaxrida Mansur baxshi tomonidan tuzilgan), «Tazkirai
avliyo»(an’q6 yilda Mansur baxshi tomonidan tuzilgan), «Me`rojnoma», «Baxtiyornoma» v.b.
Bu asarlar sodda va jonli tilga yaqindir. a’lar eski o’zbek tilining rivojlanishida katta rol`
o’ynadi. Eski o’zbek adabiy tili avval qoraxoniylar davrida, keyinroq Oltin o’rda va
Movarounnaxrda qo’llangan adabiy tilning davomi, uning yangi taraqqiyot bosqichi edi. Eski
o’zbek adabiy tili maxalliy turkiy va qisman eron urug’lari tiliga qipchoq va o’guz tillarining
tasiri va aralashishi natijasida shakllandi. Eski o’zbek adabiy tili butun o’rta Osiyoga,
Qozogiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Tatariston, Boshqirdiston, qashqar, Xirot va boshqa
yerlargacha yoyiladi. Eski o’zbek adabiy tili normalari asosida yozuvchi shoir va yozuvchilar
6
XIX asrlargacha ijod qilib keldilar. Bu adabiy til an`analari ayniqsa she`riyatda uzoq
asrlargacha davom etdi.
Alisher Navoiy asarlarida eski o’zbek adabiy tili o’z rivljining yuqori nuqtasiga
ko’tarildi. Alisher Navoiy juda katta adabiy va ilmiy meros qoldirdi. a’ning «Chor devon» va
«Xamsa» nomli poetik asarlari, «Mahbubul qulub», «Xamsatul mutaxayyirin», «Majolisun
nafois», «Mezonul avzon», «Vaqfiya», «Muxokamatul lug’atayn», «Holoti Paxlavon
Muhammad» kabi o’nlab prozaik asarlari bizga ma’lum.
Alisher Navoiydan keyin yaratilgan prozaik asarlar va ba`zi dostonlarda eski o’zbek
tilining traditsion normalaridan uzoqlashish, xalq tiliga yaqinlashtirish tendentsiyasini
ko’ramiz. Zaxiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asari, Muhammd Solixning
«Shayboniynoma», Majlisiyning «qissai Sayfulmulk» dostoni, Abdulvaxobxo’ja o’gli
Poshshoxojaning «Gulzor» va «Miftoxul adl» asarlari, Nishotiyning «Xusnu dil» dostoni,
Gulxaniyning «Zarbo’lmasal» asari, Fazliyning «Majmuatush shuaro» asari shunday
xususiyatga egadir.
Turkiy tillar va ularning tilini o’rganishga qiziqish XI asrlardanoq boshlangan. Maxmud
Qoshg’ariy o’zining «Devonu lug’atit turk» asarida o’rta Osiyodagi turli turkiy urug’-qabilalar
tilini chuqur taxlil qiladi. Keyingi davrlarda turkiy tillarning lug’atlari tuziladi, ba`zi
lug’atlarda shu tillarning grammatik, fonetik, leksik taxlili ham beriladi. Zamaxshariyning
«Muqaddimatul adab», Abu Xayyonning «Kitabo’l idrak lil lisanul atrak», Jamoliddin Abu
Muhammadning «Kitab bo’lgatul mushtaroqi lug’atit turk val qifchaq», Tole` Xiraviyning
«Badoeul lug’at», Mirza Maxdiyxonning «Sanglox» va boshqa asarlarda ana shunday taxlillar
mavjud. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning «Muxokamatul lug’atayn» asarida turkiy tillar
grammatikasiga oid qimmatli fikrlar bor.
Rossiyada turkiy xalqlar va ularning tillari bilan shugullanish Rossiya Fanlar
Akademiyasi tashkil etilgan davrlardanoq boshlangan. XIX asr boshlarida Moskva, qozon,
Peterburg universitetlarida sharq tillari kafedralari tashkil etildi. qadimgi yodnomalarni nashr
qilish va turkiy tillar tarixini o’rganishda rus olimlaridan V.V.Radlov, P.M.Melioranskiy,
S.E.Malov, A.K.Borovkov, A.M.Shcherbak, N.F.Katanovlarning xizmati kattadir.
O’zbek tili tarixiy grammatikasini tadqiq etish, bu fan bo’yicha darslik, o’quv
qo’llanmalari yaratishda G.Abduraxmonov, A.Rustamov, Sh.Shukurov, F.Abdullayev,
E.a’marov, S. Ashirboyev, X.Dadaboyev, B.To’ychiboyev va boshqa ko’plab olimlarning
xizmati beqiyosdir. a’lar tomonidan eski o’zbek tili yodnomalari tilining fonetik, morfologik
va sintaktik xususiyatlari bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borildi.Til tarixi bo’yicha ilmiy
tadqiqotlar to hozirgi kungacha davom etmoqda.
Dostları ilə paylaş: |