18
Ma’ruza № 5. Sifat turkumi
Reja:
1.Sifat so’z turkumining tarixiy taraqqiyoti.
2.Sifat yasalishi.
3.Sifat darajalari va uning intensiv formalari.
Tayanch tushunchalar:
Sifat darajalari – sifatlarda belgi miqdorining ifodalanishini bildiruvchi grammatik
shakllar jami.
Oddiy daraja – belgining kamligi va ortiqligini xosil qilish uchun negiz vazifasini
bajaruvchi shakl, belgi neytral aks etadi.
Belgining kamligi – sifat leksemasiga xos bo’lgan asosiy belgini emas, balki boshqa
sifatdagi belgining qisman aks etishini bildiradi.
Belgining ortiqligi(kuchliligi) – belgining odatdagi me`yoridan ortiq ekanligini yoki
kuchaytirib berilishini ifodalovchi shakl.
XV—XIX asrlarga mansub manbalar tilida qayd etilgan sifatlar ham umuman turkiy
tillardagi, xususan, o’zbek tilidagi sifatlarga xos barcha xususiyatlarga ega bo’lib,
bo’lardan asosiylari quyidagilar:
Narsa-predmet va hodisalarning belgisini bildirish sifatning semantik asosidir. Belgi
bildirish xususiyati va tabiati jixatidan tub (asliy) va nisbiy sifatlar bir-biridan qisman
farqlanuvchi uzgachaliklarga egadir:
tub sifat ifodalaydigan belgi tushunchasi shu sifatning tugridan-tugri manosidan
anglashiladigan rang, tus, tur, tam, maza, xajm, vazn, me`yor,satx, miqyos kabi doimiy
sifatiy belgilar bilan bogliq bo’ladi, bu doimiy sifatiy belgilar konkret va abstrakt
harakterda bo’lishi mumkin: aq alma, aq ko’n’u’l, achchiq danak, achchiq dard kabi;
nisbiy sifatda esa bslgi tushunchasi shu yasama sifatga asos bo’lgan suzdan
anglashiladigan narsa-prsdmet yoki hodisa manosi bilan bogliq bo’lib, uning belgi
xususiyati boshqa turdagi narsa-predmet yoki hodisaga turli darajada nisbat berilishi orqali
ifodalanadi.
Turkiy tillarda, jumladan, o’zbek tilida sifat tarixan morfologik kursatkichi
uncha taraqqiy etmagan suz turkumi sanaladi. Tadqiqotchilarning fikriga kura
sifat dastavval mustaqil suz turkumi sifatida mavjud bo’lmagan, u sungroq ot turkumidan
o’sib chiqqan va shakllanib rivojlangan.
E.V.Sevortyanning ta`kidlashicha, sifatning otdan differentsiatsiyalanish jarayoni
ancha ilgarigi davrlarda boshlangan, V-VIII asrlarga kelib bu jarayon ancha keng tus olgan.
Sifatning jamlanishi va kristallashishi asta-sekinlik bilan turli davrlarda paydo bo’lgan turli
formalar xisobiga yuz bergan. Bu formalarning ayrimlari qadimdayoq kammaxsul bo’lgan,
ayrimlari esa uz sermaxsulligini hozirgi kunlargacha saqlab qolgan va xatto yanada
kengaytirgan. Ayrim formalar ot va sifat uchun mushggarak bo’lgan, ayrimlari faqat
sifatgagina tegishli bo’lgan, lekin keyingi davrlarda taraqqiy qilmagan [Sevortyan a96q, o’h].
Turkiy tillar taraqqiyot bosqichining qadim davrlaridan boshlangan sifatning otdan
ajralib chiqishi uzluksiz hodisa bo’lib, bu jarayon xanuz davom etmoqda. Bundan hamma
sifat ham otdan ajralib chiqqan, degan fikr kelib chiqmasligi kerak. Chunki sifat mustaqil
kategoriya sifatida ajralib chiqqandan keyin bu turkum tarkibiga yangidan qo’shilgan belgi
ifodalovchi bir qator tub va yasama suzlar, yasovchi affikslar mavjudki, ularning kelib
chiqishi va tabiati hozircha aniqlangan emas.
19
Sifat turkumiga oid suzlarning katta qismini yasama sifatlar tashkil qiladi. Yasama
sifatlar ikki xil yul bilan: morfologik (affiksatsiya) va sintaktik (kompozitsiya) xosil
qilinadi.
Morfologik usul bilan sifat yasalishi. Morfologik usul bilan sifat yasalishi uzoq tarixga
ega bo’lgan asosiy usuldir.S i f a t yasalishiga asos bo’lgan uzak morfema ism yoki fe`l
turkumiga oid bo’lishiga qarab yasovchi morfemalar ham ismlardan yoki fe`llardan sifat
yasovchi tarzida ikkiga bo’linadi.
Sifat yasovchi affikslar tarixan ko’p bo’lmagan, ular hozir ham unchalik ko’p emas.
Tekshirilayotgan davr tilida ular qullanish darajasiga kura bir xil emas, ba`zilari unumli,
ba`zilari esa unumsizdir.
Dostları ilə paylaş: |