22
Ma’ruza № 6.
Son
Reja:
1.Son haqida umumiy tushuncha.
2.Sonning mano turlari va ularning xosil qilinishi.
3.Eski o’zbek tilida sonlarga xos bo’lgan fonetik xususiyatlar.
4.Sonning tuzilishi jixatdan turlari.
5.Numerativ so’zlar.
Tayanch tushunchalar:
Sonning mano turlari – sanoq, tartib, dona, chama, jamlovchi, taqsim sonlar.
Sonning tuzilishiga ko’ra turlari – sodda, murakkab, kasr sonlar.
Numerativ so’zlar – hisobni anglatuvchi so’zlar .
Sanoq sonlar. Eski o’zbek tilida sanoq sonlar kishi, narsa hamda hodisalarning sanogini
bildirgan,
sanoq sonlarning birlik, unlik, yuzlik, minglik va boshqa formalari qullangan.
Sanoq sonlar sodda va murakkab formalar orqali ifodalangan, arab, fors-tojik, xind tillaridan
uzlashgan sanoq sonlar ham uchraydi.
Eski o’zbek tilida qadimgi turkiy tildagiga nisbatan sonlar jiddiy o’zgarishga uchragan
emas, lekin o’ziga xos tizim xosil qilgan. Ayniqsa, murakkab sonlar hozirgi normalarga
yaqinlashgan.
Bu davr tilida t£rt yigirmi (an’), alti elig (n’u’), otuz artuqi uch (qq) kabi
murakkab sonlar qo’llanishdan chiqqan.
Sodda sanoq sonlar eski o’zbek tilida tanglay garmoniyasi talabiga kura qattiq va
yumshoq variantlarda qo’llangan.Sodda sanoq sonlar quyidagicha kurinishga ega:
bir soni,
asosan, yumshoq talaffuz qilingan:
bir biriga’ qatila berdila’r (Amiriy). Bi r i b i r i g a ’
baqmay (BN).
XVIII —XIX asr yozma manbalarida bir sonini qattiq talaffuz
qilish holatlari ham
uchraydi:
Bir-biriga namaxram et (a’vaysiy).
Ikki soni oldidagi unli -
e yoki
-i tovushlari orqali:
eki, -ikki tarzida talaffuz kilingan. Shu
bilan birga,
iki soni tarkibidagi
-k undoshi ba`zan tashdid orqali ifodalangan:
eki, ekki, iki,
ikki kabi. Bunday xilma-xillik she`riyatda aruzning talabi bilan yuz bergan.
XIX asrga oid ayrim yozma manbalarda
alti soni
alta, yetti soni
y e t t e formasida
uchraydi.
«Boburnoma»da,
Gulxaniy, Munis asarlarida
bir toqquz,toqquz- toqquz iborasi
qullangan, har narsaning tuqqiztalik songa ega manosini anglatgan:
B i r t o q u z e t v a
b i r toquz parcha keltura’di (BN). Men’a’ gamdin t o q u z-t o q u z tuxfa (Munis).
Yigirma’ soni uch xil fonetik variantda iste`mol etilgan:
yigirma’ (BN);
yigirmi (Navoiy,
MN);
igirmi (Sh tar.).
Elik soni tarkibidagi
-l undoshi dastlab ikkilanmagan, keyinchalik geminatsiyaga
uchrab tashdid orqali ifodalangan:
Elik (
Navoiy, MN), ellik (BN).
XV—XIX asrlarga
oid yozma manbalarga arab, fors-tojik hamda xind tillaridan
ba`zi
sanoq sonlar uzlashgan, uzlashgan sanoq sonlar uz formalarida qullangan. Fors-
tojikcha:
s a d x a z a r (Lutfiy);
y a k –y a k ( O g a x i y ) ;
du bara (Muqimiy).
Xindcha
la’k soni XVI—XIX asrlarga oid yozma manbalarda
qullangan:
Yuz min’ni l a’ k
derla’r (BN);
min’ l a ’ k somni (Muqimiy).
«Boburnoma»da xindcha
k o’ r u r — (un million), arb (bir milliard),
ko’rb (yuz
milliard),
nayl (un trillion),
padam (milli-trillion),
san’ (eng yuqori sanoq son) sanoq sonlari
qo’llangan.