O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/65
tarix08.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#67906
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   65
vdocuments.mx o-zbek-tilining-tarixiy-grammatikasi-ozbek-adabiy-tili-tarixi

Dona sonlar. XV—XIX asrlarga oid yozma manbalarda dona sonlar ifodalovchi formalar 
kam rivojlangan, dona sonlar funktsiyasini turli son formalari bajargan. Alisher Navoiyning 
«Maxbubo’l qulub», «Sab`ai sayyor», Muhammad Solixning «Shayboniynoma» asarlarida bir, 
ikki sanoq soniga -ta affiksi qo’shilib dona son xosil bo’lgan: b i r t a ’ yarmag ikki bo’lu’b
(Navoiy Mq); b i r t a ’ o ’ tma’kni iki bo’lu’b (Navoiy Mq). 
XV—XIX asrlarga oid yozma manbalarda sanoq sonlar dona sonlar manosida qullangan:
Y e t i agzi anin’ otlar sachib (Navoiy XA). Yu’z m i n ’ bayti bar va b i r qasida aytibdur 
(Navoiy MN). 
Numerativ so’zlar. Numerativ suzlar XV—XIX asr yozma manbalari tilida ham deyarli 
sanoq sonlar bilan qullangan, bu davr yozma manbalari tilida numerativ suzlarni qullash qadimgi 
turkiy hamda XI—XIV asr yozma manbalari tiliga nisbatan kengaygan. Eski o’zbek tilida ham 
numerativ suzlar harakteriga kura turlicha manolarni anglatgan. Numerativ suzlar sanoq son bilan 
aniqlanayotgan suzlar orasida qullanib, aniqlanmish suzga nisbatan qo’shimcha aniqlik darajasini 
oshirgan. Shuningdek, numerativ suzlar ulush, miqdor, xajm, vosita birligi, masofa, tuda, ulchov birligi, 
gurux, dona kabi qator manolarni anglatgan. 
Tartib sonlar. XV—XIX asrlarga oid yozma manbalar tilida tartib sonlar asosan sanoq 
sonlarga affikslar qo’shilishi orqali xosil qilingan. Arab, fors-tojik tillaridan uzlashgan sonlar 
leksik-semantik usul bilan ham tartib son manosini anglatgan, ba`zan uzlashgan tartib sonlar 
formasi ham qullangan. 
-`nchi,-inchi,-unchi,-unchi,-nchi,-nchi affiksi variantlari asosida tartib sonlar xosil 
qilish 
keng 
qullangan.
-`nchi, -inchi,-unchi, -u’nchi affiksi undosh tovushlar bilan tugagan sanoq sonlarga, unli 
tovush bilan tugagan sanoq sonlarga -nchi, -nchi affiksi varianti qo’shilgan: ikkinchi, 
yetinchi,u’chu’nchi, to’rtu’nchi, altinchi, onunchi. 
Tartib sonning birinchi formasi sostavli tartib sonlar tarkibida uchraydi: yigirmi 
b i r i n c h i fasl (Navoiy Mq); birinchi maqalat (Navoiy XA). 
 -lanchi (la-\-nchi),-la’nchi(la’-\-nchi) affiksi sanoq sonlarning qattiq, yumshoqligiga 
kura qo’shilib, tartib sonlar xosil qilingan, bu affiks bilan tartib son xosil qilish Alisher 
Navoiyning «Maxbubo’l qulub» asarida uchraydi, XVII asrdan boshlab -lanchi, -la’nchi affiksi 
orqali tartib son xosil qilish kengaygan: altil a n c h i fasl (Mq), s e k i z l a ’ n c h i fasl (Mq), 
y e t i l a ’ n c h i arqada (Sh tar.), b e s h l a ’ n c h i oqli (Sh tar). 
Avval so’zi birinchi tartib soni manosida qullangan: a’l a v v a l qildi Gul vasfini agaz 
(Lutfiy ), A v v a l ayagiga tu’shu’b pa’st bol (Navoiy XA). 
qadimgi turkiy yozma manbalarida ham tartib sonlar -nch, -inch, -inch, -unch, -u’nch 
hamda -nti, -nti, -ndi, -ndi affiksi variantlari orqali ifodalangan; -nti, -ndi formasi ikki soniga 
qo’shilgan. Birinchi tartib soni urnida ilk, ilki so’zi ham qullangan. 
«Devonu lugotit turk» yozma obidasida tartib sonlar asosan -nch, -inch, -inch, -unch, 
-u’nch hamda -ndi affikslari bilan ifodalangan. 
Jamlovchi sonlarJamlovchi sonlar o’ziga xos xususiyatlarga ega, shuningdek, jamlovchi 
sonlarda umumturkiy tillarga xos belgilar ham mavjud. Jamlovchi sonlar sanoq sonlarga -av,-
av,-la,-la,-ala,-ala,-avla,-avla,-avlan,-avlan, ba`zan -lay, -lay; -agu, -agu’ affikslari 
qo’shilishi orqali ifodalangan. 
-agu,-agu’ affiksi orqali jamlovchi sonlar xosil qilish XIV asr yodgorliklarida 
faolroqdir: alar yetagu’, men yalguz (Rabg.), ...u’chagu’si tu’n sariga bardilar (o’N).
-av/-av affiksi orqali jamlovchi sonlar yasalishi XV—XIX asrlar yozma obidalarida 
harakterli bo’lgan: ikav (Navoiy SS); uchav (Navoiy FSh); cherikda bir i k a v (ShN); harut ila 
Marut i k a v (Furqat)
-lay (-lagu’ / -layu /- lay) affiksi «Sab`ai Sayyor», «Boburnoma» asarlarida ayrim 
urinlarda iki soniga qo’shilib, jamlovchi sonlar yasagan: bariban ul nuqudni i k a l a y
(Navoiy SS)i k a l a y qorgan yavigiga (BN)


24 
-ala,-ala affiksi Navoiy, Bobur asarlarida sanoq sonlarga qo’shilib jamlovchi sonlar 
yasagan: t o ’ r t a l a s i (  Navoiy MN),  bu uchalasi (BN)
-(a)vlan (agu’lan}avlan) affiksi ba`zi sanoq sonlarga qo’shilib jamlovchi sonlar 
yasagan: ikavlan qachtilar (Lutfiy GN)
Chama sonlar. XV— XIX asrlarda bitilgan yozma manbalarda chama sonlar analitik, 
sintaktik usullar bilan xosil qilingan. 
-cha, -cha affiksi sanoq sonlarga qo’shilib, chama sonlar xosil qilingan: yuz i k i yuzcha’ 
kishi (Navoiy XA)yana b e s h m i n ’ c h a kishi (ShN)
Sanoq sonlarning juft xolda qullanishi orqali ham chama sonlar xosil bo’lgan; kichik 
sonlar oldin, katta sonlar keyin qullangan: y u z - y u z e l i k o’zbakni kishisi bilan (BN)t o ’ r t -
b e s h m in’ kishi birla (ShN)
Sanoq sonlardan keyin
chagliq, chagli, chaqliq suzlari qullanib, chama son manosini
anglatgan: on y i g a c h c h a g l i q masafat (Navoiy FSh)yigirma c h a g l i q kishilari o’ldi (Sh 
tar.). 
Sanoq sonlar aycha, yilcha, yavuq, yaqin,artuq, artuqraq, ziyada, ko’prak,azraq kabi 
suzlar bilan kelib, chama son manosini ifodalagan: otuz y i l c h a yaqin bar (Navoiy MN), ik i
y u ’ z d i n k o ’ p r a k uch y u ’ z d i n a z r a q bolgay edi (BN)
Taqsim sonlar. Eski o’zbek tilida taqsim sonlar, asosan, -rar,-rar,-ar,- a r affiklari bilan 
xosil qilingan: Aylarda b i r a r - b i r a r ko’ru’nu’r (Atoiy), Fusulni to’rtar ay ta`yin 
qilibturlar(BN), Yu ’ z a r misqal kumush (BN)
Nodira, Gulxaniy asarlarida bir soni ketma-ket takror qullanib, keyingi bir soniga -dan,-
din affiksi qo’shilib, taqsim sonlar manosini anglatgan: Ikki gul bargini bir birdan gaxi 
guftara ach (Nodira). Bir chardevar kam bolsa, o’tu’z tishni bir birdin sindirur (Gulxaniy)
Bir va ikki sanoq sonlari grammatik kursatkichlarsiz ketma-ket takrorlangan xolda
taqsim sonlar manosini anglatgan: Neki ko’rgu’zdilar san’a bir-bir (Navoiy SS), ag a r chun 
i k k i - i k k i qol tutub (Muqimiy)
Kasr sonlarEski o’zbek tilida kasr sonlar sintaktik usul bilan ifodalangan, maxraj hamda 
surat sonlar asosida xosil bo’lgan, maxraj son sanoq sonlarga chiqish hamda urin-payt 
kelishiklari affikslari qo’shilishi orqali ifodalangan, surat sonlar sanoq sonlardan iborat 
bo’lgan, shuningdek, surat sonlar grammatik kursatkichlarni ham qabo’l qilgan: Necha o’gsam 
aytman m i n ’ d a b i r i n (Lutfiy GN). Yu’z d i n b i r i k i ma`rakaga yetib (Navoiy Mq)
Yurt malinin’ ondin birin i alur (Sh turk.). Beru’rman bolsa yu’z janimu m i n ’ d i n b i r xisab 
aylab (Munis)
Kasr son yasalishida ba`zan maxraj va surat son orasida ayrim boglovchilar qullangan, 
grammatik kursatkichlar maxraj son yoki surat songa qo’shilgan, ba`zan maxraj va surat sonlar 
distant holatlarda uchraydi: yuzdin g a r b i r i s i g a yetsa (Navoiy SS)
Yarim so’zi ham kasr son manosini anglatgan. Shuningdek, kelishik hamda egalik 
qo’shimchalarini ham qabo’l qilgan: Y a r i m kecha yetib tu’shtilar (Navoiy MN). Bir y a 
r i m qari qazsa, suv chiqar (BN)
XVI — XIX asrlarga oid ba`zi yozma manbalarda fors-tojik tilidan uzlashgan nim, du 
nim, chaxaryak, charyak suzlari kasr sonlar manosida qullangan: ta`rif qilgannin’ yarimi 
balke c h a r y e k i c h a ashliq (BN)oglanlarni n i m qiyat tedilar (Sh turk). 
 
Savol va topshiriqlar: 
1.
Sonning eski o’zbek tilidagi o’ziga xos xususiyatlari nimalarda ko’rinadi? 
2.
Sonning mano turlari, tuzilishiga ko’ra turlari qanday xosil qilinadi? 
3. Eski o’zbek tilidagi sonlarning qo’llanishiga manbalardan misollar toping. 
4. Sonning tuzilishi jixatdan turlari haqida gapiring. 
5. Numerativ so’zlar nima?.
 


25 
 
A d a b i y o t l a r 
1. S.Ashirboyev, I.Azimov. O’zbek tiliining tarixiy grammatikasi. T. 2002. 
2. O’rinboyev B., Aliyev A., Tursunov U. O’zbek adabiy tili tarixi. T. 1995 
3. Aliyev A., Sodiqov K, O’zbek adabiy tili tarixidan.T. 1996.
4. To’ychiboyevB. O’zbek tili tarixining davrlari. T. 1996. 
5. G’.Abdurahmonov, Sh.Shukurov, Q.Mahmudov. O’zbek tiliining tarixiy grammatikasi. T. 
2009. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin