O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/65
tarix08.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#67906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
vdocuments.mx o-zbek-tilining-tarixiy-grammatikasi-ozbek-adabiy-tili-tarixi

Yumshoq unli - old qator unli. 
qattiq unli - orqa qator unli. 
Singarmonizm – unlilar uygunligi qonuni. 
Palatal singarmonizm – unlilarning tanglay (old qator-orqa qator) uygunligiga 
asoslangan singarmonizmning turi. 
unlilarning birlamchi cho’ziqligi – turkiy so’zlarning birinchi bo’ginida qayd qilinadigan 
unlilarning tabiiy cho’ziqligi. 
unlilarning ikkilamchi cho’ziqligi – so’zdagi biror undosh tovushning kuchsizlanishi va 
tushib qolishi xisobiga yuz beradigan cho’ziqlik. 
 
Tarixiy fonetika o’zbek tili unli va undosh tovushlarining turli davrlardagi taraqqiyoti,har 
bir taraqqiyot davri uchun xos bo’lgan fonetik sistema, ayrim unli va undosh tovushlarning 
shakllanishi va tadrijiy taraqqiyoti, asosiy fonetik qonuniyatlar, bugin tuzilishidagi tarixiy 
o’zgarishlar kabi qator masalalarni urganadi va urgatadi. 
Fonetik sistema tilning qurilish birliklari orasida o’zining uzgaruvchanligi bilan leksikadan 
keyin ikkinchi urinda turadi.Buning sababi shundaki, tilning ichki rivojlanish qonuniyatlari
tashqi muxit-qo’shni tillar, jamiyat va fan-texnikaning rivoji, yangi-yangi suzlarning kirib kelishi 
tilning fonetik qurilishiga tez tasir qiladi.
Tildagi o’zgarishlar birdaniga – bir- ikki yil orasida emas, balki asta- sekinlik bilan uzoq 
davr davomida sodir bo’ladi. Dastlab onda- sonda uchraydigan hodisalar, fonetik variantlar, 
yonma- yon qullanishlar asta-sekin qonuniyatga aylanadi. Shuning uchun har bir davrdagi til shu 
tilda suzlovchilar uchun uzgarmasday, barqarorday tuyuladi. Vaxolanki, tilda taraqqiyot va 
o’zgarish jarayoni xech qachon tuxtamaydi. O’zbek tili esa bir necha taraqqiyot davrini boshidan 
kechirdi va har bir davrning o’ziga xos qonuniyatlari, fonetik sistemasi bor. har bir taraqqiyot 
davri uchun xos bo’lgan fonetik sistemani tiklash, tasvirlash kabi masalalar ham o’zbek tilining 
tarixiy fonetikasida urganiladi. 
O’zbek tilining turli davrlarida yaratilgan yozma yodgorliklar, ilmiy va badiiy asarlar 
tarixiy-fonetik tadqiqot uchun eng asosiy manba vazifasini utaydi, chunki har bir yozma 
yodgorlikda shu yodgorlik yaratilgan davr tili uz aksini topadi. har bir yozma yozma yodgorlikni 
atroflicha o’rganish asosida shu yodgorlik yaratilgan davrdagi o’zbek tilining xususiyatlari, 
jumladan, fonetik qonuniyatlarini aniqlash mumkin. 



O’zbek klassik adabiyotida she`riy janrning keng rivojlanganligi, qofiyada o’zaro o’xshash 
so’zlarning ishlatilishi, shakldoshlikka asoslanib yoziladigan tuyuq janrining mavjudligi fonetik 
tadqiqotlarga ma`lum darajada imkon beradi. Turli taraqqiyot davrlarida yozilgan asarlar tilining 
fonetik xususiyatlarini qiyoslash asosida esa o’zbek tili fonetik sistemasining taraqqiyot yo’lini 
aniqlash mumkin. Lekin biz o’tmish davrlar talaffuzini bevosita kuzatish imkoniyatidan 
maxrummiz. O’z navbatida, yozuv ham talaffuzni to’la-to’kis aks ettirmagan, shu sababli tarixiy 
fonetikani o’rganish katta to’siqlarga uchraydi. Ta`kidlash lozimki, o’zbek tili tarixiy 
fonetikasini o’rganish jarayonida yozma yodgorliklar orasida filologik-tilshunoslik va 
adabiyotshunoslik asarlari beqiyos ahamiyatga ega. Chunki bunday asarlarda tadqiqotchi o’zi 
bilgan va tasvirlayotgan tilning fonetik xususiyatlari, u yoki bu so’zning talaffuz shaklini ma’lum 
darajada tasvirlab beradi. Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit-turk», Abu Xayyonning 
«Kitobo’l-idrok lil-lisonul-atrok», Alisher Navoiyning «Muxokamatul-lug’atayn», «Mezonul-
avzon», Zaxiriddin Boburning «Muxtasar», Tole` Xiraviyning «Badoeul-lug’at», Mirza 
Maxdiyxonning «Maboniul-lug’at» grammatikasi va «Sanglox» lug’ati, Fatxali Kojariyning 
«Lug’ati atrokiya» kabi asarlaridagi noyob fonetik ma`lumot va izoxlar o’zbek tili tarixiy 
fonetikasini o’rganish uchun eng muhim manbalar sanaladi. 
Yozma yodgorliklardan tashqari, o’zbek tili tarixiy fonetikasini o’rganish uchun hozirgi 
o’zbek shevalari, o’zbek tiliga qarindosh bo’lgan boshqa turkiy tillar, ayniqsa, qo’shni uygur, 
qozoq, qoraqalpoq, turkman tillarining hodisalari ham katta ahamiyatga ega. O’zbek tili fonetik 
sistemasidan chiqib ketgan qator hodisalar (old va orqa qator unlilarning fonologik farqi, cho’ziq 
va qisqa unlilar, uygunlik (singarmonizm) hodisasi, tovush almashinuvlari) o’zbek shevalarida 
hamda boshqa turkiy tillarda saqlangan va rivojlangan. O’zbek shevalari va boshqa turkiy 
tillarda saqlangan qonuniyatlar esa o’zbek tilining tarixida amalda bo’lgan deb taxmin qilish 
mumkin. 
O’zbek tili tarixiy fonetikasi va grammatikasini bilish ona tili va adabiyot mutaxassislari 
uchun katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega, chunki tarixiy fonetika hozirgi o’zbek tilidagi 
qator fonetik xususiyatlar (son-sana, to’la-to’lov kabi tovush almashinuvlari), bir 
qo’shimchaning turli fonetik variantlarda uchrashi (chiqqan, ekkan, kelgan va h.k), stilistik 
maqsadda qo’shimchalarning eskirgan fonetik ko’rinishlari ishlatilish sababi, fonetik 
o’zgarishlar zaminida so’zlarning yangi ma’no kasb etish imkoniyati (quyi va quduq, tizgin va 
tiygin, qishloq va qishlov ) va boshqa shu kabi hodisalarni tushuntirib beradi. 
Tarixiy fonetika hozirgi o’zbek shevalari xususiyatlarini tugri izoxlash va dialektal 
xatolarni bartaraf etishning qulay usullarini ishlab chiqishda ham aloxida ahamiyat kasb etadi. 
Eski turkiy tilni amaliy ravishda o’rganishni boshlab bergan va asari bizgacha etib kelgan 
olim Maxmud ibn Husayn Koshg’ariydir. U o’zining «Devonu lug’atit turk» asarida turkiy 
adabiy tilni tasvirlash bilan cheklanib qolmay, o’zi yashagan davrdagi ko’pgina shevalar va 
ulardagi talaffuz xususiyatlari haqida ham atroflicha ma`lumot beradi.
Shuningdek, turkiy tillarni urganishga bagishlab yozilgan Maxmud Zamaxshariyning 
«Muqaddimatul-adab», Abu Xayyonning «Kitobo’l-idrok lil- lisonul-atrok», Muxannaning 
«Tarjumon turkiy va mug’uliy va forsiy» kabi lug’at va grammatikalarda ham turkiy tillar 
fonetikasiga oid qimmatli ma`lumotlar bor. 
XV asrdagi eski o’zbek tili unli tovushlarining batfsil tavsifini, bu tildagi unlilar, ularning 
fonetik kurinishlari haqidagi muxim ma`lumotlarni Alisher Navoiyning «Muhokamatul- 
lug’atayn» asaridan topamiz. Alisher Navoiy ijodidan keyin eski o’zbek tiliga qiziqish 
kuchayadi. XVI asrda Xusayn Boyqaro buyrugi bilan Tole` Xiraviy tomonidan, asosan, forsiy 
tilda yozilgan «Badoeul-lug’at», Mirza Maxdiyxonning «Maboinul- lug’at» grammatikasi va 
«Sanglox» lug’ati, Fatxali Kojariyning «Lug’ati atrokiya», usmonli turk tilida XV asrda yozilgan 
«Abushqa» lug’ati, Shayx Sulaymonning «Lug’ati chigatoiy va turkiy usmoniy» asarlaridagi eski 
o’zbek tili suzlarining talaffuz xususiyatlari haqida berilgan izoxlardan ham o’zbek tili tarixiy 
fonetikasi buyicha muxim ma`lumotlarni olish mumkin. 
O’zbek tili tarixiy fonetikasini urganishda rus va o’zbek tilshunoslarining ham xizmati 
katta. V.V.Radlovning eski o’zbek tili yodgorliklari fonetikasi buyicha ishlari, K.K.Yudaxinning 
«Chigatoy tilining fonetik sostavi haqida materiallar», A. K. Borovkovning «Alisher Navoiy- 



eski o’zbek tilining asoschisi», Tole` Xiraviyning Navoiy asarlariga lug’ati, A.M.Shcherbakning 
«Navoiy tili», «Eski o’zbek tili grammatikasi» kabi asarlarini qayd etish lozim. 
O’zbek tilshunoslarining o’zbek tili tarixiy fonetikasi bilan qiziqishlari 60- yillardan keyin 
kuchaydi. Professorlar F.Abdullayev, G.Abduraxmonov, A.Rustamov, X.Doniyorov eski o’zbek 
tili unli va undoshlari sistemasi, ayrim fonetik hodisalar buyicha qator ilmiy ishlarni nashr 
ettirdilar va Alisher Navoiy asarlari ma`lumotlari asosida eski o’zbek tili unlilari sistemasi ustida 
tadqiqot ishlari olib bordilar. E. a’marov Tole` Xiraviy, Mirza Maxdiyxon va Kojariy lug’atlari 
asosida XV, XVII va XIX asrlarda o’zbek tili unlilariga oid muxim kuzatishlarni umumlashtirib 
e`lon qildi. G.Abduraxmonov va A. Rustamovlarning o’zbek tilida birinchi marta nashr etilgan 
oliy yurtlari talabalari uchun «Qadimgi turkiy til» darsligida turkiy tillar uchun mushtarak 
bo’lgan O’rxun-enisey yodgorliklarining fonetik xususiyatlari atroflicha bayon etildi.
O’zbek xalqi ming yildan ortiqroq davr mobaynida arab alifbosi asosidagi yozuvdan 
foydalanib keldi. O’zbek xalqining a920-yilgacha yaratgan tarixiy, ilmiy va badiiy yozma 
yodgorliklari, asosan, mana shu yozuvda etib kelgan. Yozuv va til, ayniqsa, fonetika bir- biri 
bilan aloqador bo’lganligi sababli eski o’bek yozuvidan xabarsiz bo’lgan shaxs o’zbek tilining 
tarixiy fonetikasini uzlashtirishi mumkin emas.
Turkiy xalqlar uz tarixi mobaynida qullagan bir necha yozuv- runiy, qadimgi uygur, sugd 
va boshqa yozuvlar ichida keng va uzoq qullanilgani arab alifbosi asosidagi yozuv bo’ldi. 
Malumki, arab alifbosi kam unlili va ko’p undoshli semit tillariga muljallangan. Bu tillarda 
cho’ziq va qisqaligi bilan farqlanuvchi uchta unli fonema bor - a, i, u. Yozuvda, asosan, cho’ziq 
unlilar ifodalanadi, qisqa unlilar harakatlar - ost, ust belgilari bilan beriladi va yozuvda 
ifodalanmaydi. Ta`kidlash joizki, turkiy (o’zbek) matnlarida qanday bo’gin bo’lishidan qat`i 
nazar unli harflarning yozilishi arab, fors tillariga nisbatan turgunroqdir. 
Ayrim undoshlar uchun ikki xil t va h, uch xil s, to’rt xil z belgi bor. Shuningdek, arab 
tiliga xos bo’lgan chuqur bugiz portlovchisi va sayoz bugiz portlovchisini ifodalovchi ayn va 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin