40
Shuni
aytish lozimki, to’la tuslovchilar qadimgi turkiy yodgorliklarda
–di/-di//-ti/-ti
affiksli formadan keyin ham qo’llangan. Masalan,
basdimiz, buzdimiz (KT). Bu holat eski
o’zbek tilining dastlabki yodgorliklarida ham qo’llangan:
Eshittimiz taqi bildimiz tedila’r (qR).
Shaxs-son affikslari tarixan kishilik olmoshlarining rivojlanishidan paydo bo’lgan. Buni
M.Qoshg’ariyning ma`lumotidan ham bilsa bo’ladi. XI asrda o’guzlar, qipchoqlarning ayrimlari
o’tgan zamon manosini ifodalash uchun
–duq/-du’k/-tuq/-tu’k affiksini ishlatib,
ular oldidan
kishilik olmoshlarini qo’llash ularning qaysi shaxsda ekanligini bildirgan:
Men ya qurduq (men
yoy qurdum), biz ya qurduq, ol keldu’k (u keldi), olar evga’ kirdu’k (ular uyga kirdilar).
Keyinchalik kishilik olmoshlari fe`ldan keyin ham keltiriladigan bo’lgan:
men barduq
men (men bordim), sen barduq sen (sen bording) kabi. Bunda shaxs-son manosini ifodalash
uchun kishilik olmoshlarini ikki marta keltirishga zarurat bo’lmay qolgan. Shuning uchun fe`l
oldidan kelgan kishilik olmoshlari ko’pincha tushirib qoldiriladigan bo’lib, keyingisi saqlangan
va shaxs-son ko’rsatkichi sifatida tasavvur qilingan.
Buyruq-istak mayli formalari. Buyruq-istak mayli formalarida ham buyruq, ham istak
manolari mavjud, ya`ni, I shaxs formalarida istak, II shaxs formalarida buyruq,
III shaxs
formalarida esa ham istak, ham buyruq manolari mavjud.
Eski o’zbek tilida buyruq-istak mayli ko’p formali bo’lib, ular quyidagicha xosil bo’ladi:
I shaxs birlik formalari:
-(a)yin/-a’)yin. Bu forma barcha davrlarda keng qo’llangan:
Ku’chu’m yetmishcha’ ko’p
xidmat qilayin (MN). Kimga’ izxar a’yla’yin (Munis).
-(a)y/-(a’)y. XIV asrdan keyingi yodgorliklarda qo’llanadi:
Gu’l keldi yu’zu’n’
davridakim, xusn satay deb (Lutfiy). Men qashin’ mexrabina a’lta’y duadin iydliq (Atoiy).
-gayin/-ga’yin//-gayim/-ga’yim. XV asrdan oldingi yodgorliklarda uchraydi:
Kimga’
dega’yim nechu’k qilayim, bilma’n, men buyla yiraqda, ul yaqinraq jandin (Sayfi Saroiy).
Karam qilib, qulaq tutsan’, javab aygayim (Sayfi Saroiy).
-(a)yim/(a’)yim. XV asrdan oldingi davrlarda qo’llangan bo’lib, keyingi davrlarda esa
ayrim yodgorliklarda ba`zan uchrab qoladi:
Men qarindashlarim birla’ ken’a’sha’yim (qR).
Senin’ u’chu’n shaharda bir yaxshi imarat qilayim (Sayfi Saroiy).
Yuqoridagilardan tashqari, «qissasi Rabguziy», «Tafsir», «Xisrav va Shirin» asarlarida
–
gam/-ga’m affiksi ham I shaxs buyruq-istak mayli formasini xosil qilgan:
Fazl qilgam va an’a
artuq berga’m (Tafsir). Birini qurban qilgam (qR).
I shaxs ko’plik formalari. Buyruq-istak maylining I shaxs ko’pligi quyidagi affikslar bilan
xosil qilingan:
-galim/ga’lim,-ggalin’/-ga’lin’,-(y)alim/-(y)a’lim. Bu affikslar XV asrdan oldingi davr
yodnomalarida uchraydi:
Ey rabb, bizga’ farman bergil, ko’kka’ aggalim (Tafsir).Siz on qoy
keltu’ru’n’, bishu’ru’n’, etini yega’lin’ (qR). Xalimiz ezgu’ bolmaz, neta’k qilalim (qR).
Bu affiks ba`zan
lab unlisi bilan –alum/-a’lu’m formasida ham keladi:
Bu er ulug so’z
so’zla’yu’ turur, keta’lu’m tedila’r (qR).
-gali/-ga’li. XVI-XVII asr yodnomalarida uchraydi:
Xech yamanliq an’a yavutmagali//
seni telmurtub ani tutmagali (ShN). Biz seni tutub berma’ga’li tedila’r (Sh.tar.).
-(a)lin’/(a’)lin’. XVIII asrgacha bo’lgan yodnomalarda uchraydi:
Asbab qurun’lar,Eran
shaxrina baralin’ (Tafsir). Ne bolsa bolsun, ush bashdin kecha’lin’//Bu surat razidin parda
achalin’ (XSh).
-(a)li/(a’)li affiksli forma XV-XVII asrlar uchun harakterli bo’lib, bu davrda buyruq-istak
mayli I shaxs ko’plik manosini ifodalashning asosiy formasi sifatida yodgorliklarda keng
qo’llangan:
Emdi so’znin’ asliga shuru` qilali (Navoiy Mq).Andijanga cheka’li bizla’r
lashkar//tu’za’li ul sari axan’i safar (ShN).
-(a)liq/(a’)lik.XIV asrdan boshlab qo’llanadi:
Xasmliq qilsa, qilaliq fani (ShN). ¤zimizni
axvalimizni alayiq (Sh.turk).
-(a)yliq/(a’)ylik. XIX asrdan boshlab keng qo’llana boshlagan:
Bera’ylik ikkimiz ham an’a
la’shka’r/ bolub ja’n’ a’yla’su’n sardari a’ska’r (Furqat). Ey yaxshilar, kela’ylik, bir jayga
yigilishayliq, oynayliq, ku’la’ylik, aman bolayliq (Muqimiy).
41
II shaxs birlik formalari.Buyruq-istak maylining II shaxs birlik manosi eski o’zbek tilida
asosan
–gil/-gil//-qil/-kil affiksi bilan yasalgan forma orqali ifodalangan:
Eshitkil emdi ham bir
xush xikayat (MN). Barib ul xanni salamat tutqil (MN).
Buyruq-istak maylining II shaxs birlik formasi eski o’zbek tilida
–gin/-gin//-qin/-kin
affiksi bilan ham yasalgan.
Bu affiks –gil/-gil//-qil/-kil affiksining fonetik varianti bo’lib,
nisbatan keyingi davrlarda paydo bo’lgan:
Kelgin ke, firaqin’ otida qalmadi xalim (Lutfiy).Men
dedim kim, rast aytqin (BN). Baqqin, ekin pisha’r-mu aftab ko’rma’y (Muqimiy).
Ma`lumki, hozirgi o’zbek tili va boshqa turkiy tillarda buyruq-istak maylining II shaxs
birligi ko’pincha affikssiz qo’llanadi, ya`ni formal jixatdan fe`l negiziga to’gri keladi. Bu holat
eski o’zbek tilida ham keng kuzatiladi:
Taqi yuz min’ altun keltu’r (qR).qaraqchi ko’zla’rin’din
bir qiya baq (Atoiy). Adl qulagi-la eshit xalimi (Muqimiy).
She`riy asarlarda buyruq-istak mayli II shaxs birligi affikssiz qo’llanganda, ba`zan
–u/-u’
unlisi orttiriladi. Bu xol Alisher Navoiy va Xusayn Boyqaro she`rlarida uchraydi:
Ey saba,
avvara ko’n’lu’m ista’yu’ har yan baru// Vadi-yu tag-u biyabanlarni bir-bir axtaru. Axtarurda
tapsan’ ul ko’n’lu’mki, majnun shivadur// har nechu’k bolsa a’da’m saxrasi sari bashqaru.
Misollardagi
baru, axtaru,bashqaru fe`llari
borgin, axtargin, boshqargin manosini
ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: