O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/65
tarix08.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#67906
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   65
vdocuments.mx o-zbek-tilining-tarixiy-grammatikasi-ozbek-adabiy-tili-tarixi

 

yerga’ (XSh)
b)-gu/-gu’ affiksli sifatdosh anglatgan ish-harakatning sub`ekti aniqlanmishdagi egalik 
affiksi orqali ifodalanadi: S o ’ z l a ’ g u ’ k u ’ c h u ’ m yoq (qR)Senin’ y e g u ’ ashin’ seni Xizr 
yalavach tabaru bashlagay (TF)
g’. -gu/-gu’ affiksli sifatdosh ot urnida qullanganda otga xos grammatik belgilarga ega 
bo’ladi va shunga muvofiq har xil sintaktik funktsiyalarni bajaradi: qayda bargusini bilma’ga’yla’r 
(TF). Na qilgusi bilma’s boldi (NF). 
-guchi/-gu’chi (-quchi/-ku’chi) affiksli forma -gu/-gu’ affiksli sifatdoshga shaxs otini 
yasovchi -chi/-chi affiksi qo’shilishi bilan xosil bo’ladi. Shuning uchun ham bu formada fe`llik 
xususiyati kuchsizlanib, ot turkumiga yaqin turadi: K u c h qilguchi zalim erdi (TF). qquyashnin’ 
esiz ko’zni
 Q
aytarguchi qudrati bar (qR). Oshul tag qazguchi Farxadni ko’rsu’n (XSh); 
-dachi/-da’chi (-tachi/-ta’chi) affiksi bilan yasalgan sifatdosh ham qadimgi yodgorliklar 
tilida faol qo’llangan bo’lib, o’zbek tilida XV asrga qadar qo’llanib kelgan: Men senin’ 
to’ru’ttachin’, yarattachin’-men (Taf.). Biz yerni ko’kni to’ru’ttachi tan’riga tabinur-miz (Taf.). 
-gli/-gli affiksli sifatdosh ham eski o’zbek tilining ilk davrlarida keng qo’llangan bo’lib, 
mano va funktsiyalari buyicha -dachi/-dechi affiksli sifatdoshlarga uxshaydi: Kima’rsa’ man’a 
raxm qilmagli yoq (qR)Tushinda’ ko’rdi kim, k e l i g l i keldi (NF)
-adurgan/-a’du’rga’n affiksli sifatdosh. Bunday sifatdoshlar XV asrdan keyin 
qo’llangan: Meni shayda qiladurgan bu k£n’u’ldu’r, bu k£n’u’l, xar-u rasva qiladurgan bu 
k£n’u’ldu’r, bu k£n’u’l (Lutfiy). Kabo’ldin ku’ch kela’du’rga’n jixatidin sultanga qoshula 
almaydurlar (Boburnoma).
Ravishdosh formalari. Eski o’zbek tilida quyidagi affikslar bilan ravishdosh xosil 
qilingan:
-b(-ib/-ib,-ub/-u’b) affiksli ravishdosh. qullanishi, mano va funktsiyalari quyidagicha: 


38 
a. Shaxsli fe`ldan anglashilgan ish-harakatning bajarilish holatini kursatib, ravish xolini 
ifodalaydi. Bunda ravishdosh ifodalagan ish-harakat bilan shaxsli fe`l ifodalagan ish-harakat 
urtasidagi vaqt munosabati quyidagicha ikki xil bo’ladi: 
a) ravishdosh ifodalagan ish-harakat shaxsli fe`l ifodala-gan ish-harakatdan oldin 
bajariladi. Bunday xollarda ravish-dosh asosan harakat manosini ifodalovchi fe`llardan iborat 
bo’ladi: Buyurdilar kim, xujrasin buzub, tufragin xanaqaxdin tashqaru tashlasunlar (Navoiy 
MN). Buxaradin qavun keltu’ru’b, bir majlisda kestu’rdu’m (BN)
b) ravishdosh ifodalagan ish-harakat shaxsli fe`l ifodala-gan ish-harakat bilan bir vaqtda 
bajariladi. Bunda har ikkala ish-harakat ham odatda takrorlanuvchi, davomli bo’ladi: Chiqtilar 
qorganiga chapqillashib (ShN). qayda ko’rsa’m na`l naqshini o’pa’r-men yuz su’ru’b (Furqat). 
g’. Shaxsli fe`ldan anglashilgan ish-harakatning bajarilish vaqtini kursatib, payt xolini 
ifodalaydi yoki payt ergash gap-ning kesimi vazifasida keladi: Yaxuda bir so’zni eshitib uru 
qobdi (qR)Axsham n a m a z i qilib evinga’ kirdi (NF). 
q. Shaxsli fe`ldan anglashilgan ish-harakatning yuzaga keli-shidagi sababni kursatib, sabab 
xolini ifodalaydi yoki sabab ergash gapning kesimi vazifasida keladi: Andin qopqyb bashim aqardi 
(qR)Agar aysam bashimdin kechmishin men//ta n i r k a b barmagin tishla’ga’y-sen (XSh)
n’. -b affiksli ravishdosh ifodalagan ish-harakat keyingi fe`ldan anglashilgan ish-harakatning 
aksini kursatadi, ya`ni ravishdosh ifodalagan ish-harakat bilan keyingi fe`ldan ang-lashilgan ish-
harakat bajarilishi nuqtai nazardan biri ikkinchisiga zid bo’ladi. Shuning uchun bunday xollarda 
keyingi fe`l ko’pincha bo’lishsiz formada qullanadi: Siz kelib, ani keltu’rma’sa’n’iz,sizga’ daqi 
bugday berma’z-men (qR)Bu bugday k o ’ r g a ’ z i b , arpa satar ul (XSh)
o’. Ravishdoshning -b affiksli formasi boglovchilik vazifa-sini ham bajaradi, ya`ni gapda 
uyushib kelgan fe`llarning ol-dingisi (yoki oldingilari) shu ravishdosh formasida kelib, uyushiq 
bo’laklar urtasidagi boglanishni kursatadi: Bu yalganchilar meni t u t u b , agzimga qan surtub, sen’a’ 
kelturdila’r (qR)Ani taxt uza’ k e c h i r i b , bashina taj qoyub, mamlakatni an’a taslim qilin’iz (SS)
-a/-a’(-yaffiksi bilan yasalgan ravishdosh quyidagi xususiyatlarga ega: 
a. Yakka xolda qo’llanadi. Bunda shaxsli fe`l ifodalagan ish-harakatning bajarilish holatini 
bildiradi: Bir kun Ismail avqa barmish erdi, Ibraximni ko’ra’ keldi (qR). Yu’zu’n’din emdi an’a ashna 
tila’y keldim (Lutfiy). 
g’. qo’shma fe`lning komponenti bo’lib keladi: Yol bashinda tura qaldi Mirza (ShN). 
Ittifaq qila almay, parishan barib...(BN). 
q. Ko’pincha takror qo’llanadi. Bunda ham shaxsli fe`l ifodalagan ish-harakatning 
bajarilish holati ko’rsatiladi: Firaq otina yana-yana keldim (Lutfiy). Tamshiy-tamshiy ani qilay 
n£sh (Navoiy ML) 
-u/-u’(unlidan keyin –yu/-yu’) affiksi bilan yasalgan ravishdosh qadimgi yodgorliklarda 
keng qo’llangan bo’lib, eski o’zbek tilida XV asrga qadar ancha aktiv iste`molda bo’lgan, 
manosi, funktsiyasi bo’yicha –a/-a’(-y) affiksli ravishdoshga yaqin turadi. 
Misollar: Ko’z yashi yiglayu, tusha’yin der ayaqina (Sakkokiy). An’a qarshu turu bilma’di 
(qR). qarindashlari ani avga alu bardilar (qR). Kishila’r Musa yalavachqa ka’lu’ bashladilar 
(TF).
Ravishdosh yasovchi –ban/-ba’n (undoshdan keyin: -iban/-iba’n//-uban/-uba’n) affiksi –b 
(-ib/-ib//-ub/-u’b) affiksiga –an/-a’n qo’shilishi bilan xosil bo’lgan.Eski o’zbek tilida she`riy 
asarlarda ishlatilgan bo’lib, funktsiyasi ham chegaralangan. Bu ravishdosh shakli shaxsli fe`l 
ifodalagan ish-harakatning bajarilish holatini, sababini ko’rsatadi.Misollar: Chiqti ul min’cha 
kishi atlaniban// ish qilurga barisi qatlaniban (ShN). quchuban yigladim atam ayagin (Furqat). 
a’l anda qoldisa aziz qadashim//ham birga’ keliba’n bolub yoldashim (XSh). 
-gali/-ga’li//-qali/-ka’li affiksi bilan yasalgan ravishdosh ham turkiy tillarda qadimdan 
keng qo’llanib kelgan bo’lib, eski o’zbek tilida ham aktiv iste`molda bo’lgan. hozirgi o’zbek 
tilida bu affiks –gani(-qani/-kani) ko’rinishida ishlatiladi. 
Bu ravishdosh shaxsli fe`l ifodalagan ish-harakatning bajarilishidagi maqsadni bildiradi. 
Misollar: a’l xanaqaxga oynagali kirdila’r (Nav. MN). Malik anlarni o’ldu’rga’li qasd qildi 
(Taf.). Yusufni ko’rga’li zindanga kelu’r erdila’r (qR). 


39 
-gach/-ga’ch/-qach/-ka’ch bilan yasalgan ravishdosh qadimgi yodnomalarda uchramaydi. 
Eski o’zbek tilida, asosan, XVasrlardan boshlab kuzatiladi. 
Bu ravishdosh payt manosini bildiradi, ya`ni bu ravishdosh ifodalagan ish-harakat tugashi 
bilan shaxsli fe`l ifodalagan ish-harakat boshlanadi. Misollar: Yana sham olgach, oldilar bari 
mast (Nav. SS). Achilgach kelib erta’si xujrasi//qilur jan-u janjal har erta’si (Muq.). 
-guncha/-gu’ncha’//-quncha/-ku’ncha’ affiksi bilan yasalgan ravishdosh eski o’zbek tilida 
ancha keng iste`molda bo’lib, qadimgi yodgorliklarda kam qo’llangan. 
Bu ravishdosh ham payt manosini bildiradi, ya`ni ravishdosh ifodalagan ish-harakat 
boshlangunga qadar shaxsli fe`l ifodalagan ish-harakat yuzaga chiqqan bo’ladi yoki davom 
etgan bo’ladi. Misollar: Xan yetku’ncha’ ani quladilar (ShN). Lutfiy miskindin o’lgu’ncha’ dua 
bolsun sen’a’ (Lutf.). 
 
 
 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin