bashidin alib, bir jur`a uchun mayfurush ayagiga salib (Mq qo’). a’shbu misolda ham payt
mazmuni bilan bir qatorda, sabab-natija mazmuni ham ifodalangan. Birinchi denotat (Namus
dastarin bashidin alib) sabab voqeani, ikkinchi denotat (Bir jur`a uchun mayfurush ayagiga
salib) natija voqeani ifodalagan. Mantiqan olib qaralganda, or-nomus, xayoni unutgan inson
har qanday pastkashliklarga, tubanliklarga borib etishi mumkin. Demak, bunday illatlarning
sababchisi nomussizlik. Denotatlarning joylashish pozitsiyasi ham turgun, ularning o’rnini
almashtirib bo’lmaydi.
qiyoslash munosabatini ifodalovchi boglovchisiz qo’shma gaplar. Bunday qo’shma gaplar
tarkibidagi denotativ voqealar bir-biriga qiyoslanadi. Bu qiyoslanish orqali ikki denotat
o’rtasidagi o’xshash, farqli tomonlarni ko’rsatish yoki qo’shimcha mano ifodalashdir. Misol:
Tilab berga’nni ham saxadin yiraq bil, ibram bila’ berga’ndin berma’ga’nni yaxshiraq bil
(Mq aag’). Misoldagi ikki leksema (tilab berishlik va ibrom bila berishlik) semantikasi o’zaro
qiyoslanmoqda, ya`ni so’ragandan so’ng berishlik ham «ibrom» (qistab turib olish bilan
berishlik) ham saxiylikdan yiroq bo’lgan narsalar. Ikkala tushuncha o’zaro qiyoslangan xolda
inson mana shunday xislatlardan yiroq bo’lishi lozimligi uqtiriladi. Birovdan biror narsa so’rab
olinganda yoki qistash orqali olinganda, turli norozilik, kelishmovchilik kelib chiqadi. Avvalo,
so’raguncha birovga bir narsa bermaslik, xasislik mardlar ishi emas. Demak, ushbu misol
asosida «Dono xech qachon nodon saxovatiga muxtoj bo’lmasin» degan tagta`lim mavjud.
Yana bir misol: Birta’ o’tma’kni ikki bo’lu’b yarmini bir achga berga’nni saxiy de, o’zi yema’y
barini muxtajga berga’nni axiy de (Mq a6g’). Mazkur misolda ham ikki denotativ voqea
o’zaro qiyoslanmoqda. gaplarning semantik boglanishida yarmini - barini, och – muxtojga,
saxiy – axiy leksemalari muxim rol` o’ynagan. Bir mayizni ikki bo’lib, yarmini och qolgan
kishiga bergan inson saxiy, saxovatli xisoblansa, o’zi emasdan hammasini muxtoj odamga
bergan yanada saxiyroq, saxovatli inson ekan. Asosiy semantik munosabat yarmini berishlik –
barini berishlik oppozitsiyasi orqali reallashgan. Demak, misolda yarmini berishlik leksik
birikmasi bilan barini berishlik leksik birikmasi o’zaro qiyoslanmoqda.
Endi quyidagi misolni ko’raylik: Fasiqdin xaya tilama, zalimdin vafa tilama (Mq h0).
a’shbu gaplar fasiq – zolim, xaya – vafa leksemalari munosabati orqali boglangan. Shu o’rinda
bir narsani aytib o’tish joiz. Ma`lumki, fosiq (yolgon so’zlar aytuvchi, fisq-fasod gaplar
qo’zgovchi), zolim (o’zgalarga zulm o’tkazuvchi) shaxslar salbiy harakterli toifaga kiritiladi.
Bu leksemalar xayo, vafo leksemalari bilan semantik jixatdan boglana olmaydi. Chunki fosiq
odamdan sharm-xayo, uyat, ibo, zolim insondan mexr-vafo kutib bo’lmaydi. a’larda bu kabi
xususiyatlar bo’lmaydi. Shuning uchun ham mazkur gaplarning predikati inkor shaklda
ifodalangan.
quyidagi misolda ham xuddi shunday holatni kuzatish mumkin: Tame`din karam tilama,
gadadin dira’m tilama (Mq 70). a’shbu misolda ham «Tome` – ta`ma qiluvchi - gado»
leksemalari o’zaro qiyoslanmoqda. Tome` – tamagirlar birovga ozgina yordami, foydasi tegsa,
biror narsa talab qiladilar, har bir xatti-harakatini pul, mol-dunyo bilan o’lchaydilar. Bunday
shaxslar savob, odamiylik nuqtai nazaridan yaxshilik, saxovat qilish kerak, degan xayolni
qilmaydilar, shuning uchun ulardan saxovat kutib bo’lmaydi. Gado esa tilanchilik bilan,
birovlarning sadaqasi evaziga xayot kechiradi. Sadaqa so’rovchidan biror narsa so’rab
bo’lmaydi. Ta`magir shaxslar qanchalik boy-badavlat bo’lmasin, insonlarga yordam
ko’rsatmas ekan, ular gadodan ham battaroqdir. Lekin tome` va gado leksemalari unchalik bir-
69
biriga yaqin tushunchalar emas. Chunki tome` leksemasi salbiy toifadagi kishilarga nisbatan
qo’llanadi, gado leksemasida esa salbiylik semasi yo’q. Demak, avvalgi misolda bir-biriga
yaqin tushunchalar (fosiq – zolim) munosabatga kirishgan bo’lsa, mazkur misolda semantik
jixatdan turlicha leksemalar (tome` - gado) munosabati ifodalangan.
quyidagi misol shu jixatdan harakterlidir: Maxallida aytur so’zni asrama, aytmas so’z
tegrasiga yo’lama (Mq hq). Mazkur misolda bir-biriga zid leksik birikmalar (aytur so’z –
aytmas so’z) o’zaro qiyoslanmoqda. Demak, vaqti kelganda aytadigan so’zni aytish kerak,
aytish kerak bo’lmagan so’zni umuman aytmaslik lozim.
Izoxlash munosabatini ifodalovchi boglovchisiz qo’shma gaplar.Bunday qo’shma gaplar
haqida fikr yuritar ekan, G.Abduraxmonov shunday yozadi: Boglovchisiz qo’shma gaplarning
ayrim turlarida qo’shma gaplarning tarkibidagi bir qismdan anglashilgan voqea, hodisa
ikkinchi gapdan anglashilgan voqea, hodisaga bogliq bo’ladi, bir qism ikkinchisini yoki uning
tarkibidagi ayrim bo’laklarni izoxlab, to’ldirib keladi. Bunday boglovchisiz qo’shma gapning
tarkibidagi qismlar bir-biriga mazmunan bogliq bo’lib, oralaridagi mazmun munosabati yaqin
bo’ladi. Boglovchisiz qo’shma gaplarni tashkil etgan qismlar orasidagi murakkab mazmun
munosabati ayniqsa izoxlash munosabatida yaqqol ko’rinadi (Abduraxmonov G., a996, an’q).
Bu fikrlar juda o’rinli, albatta. Lekin murakkab mazmun munosabati faqat bunday tip gaplarda
emas, umuman, har qanday qo’shma gaplarda ifodalanishi yuqorida misollar asosida aytib
o’tildi.
Izoxlash munosabatini ifodalovchi boglovchisiz qo’shma gaplarda quyidagi mazmun
munosabatlari ifodalangan:
a. Shart-natija munosabati: har kimgaki bir xizmat qildin’ – on shiddatga muxayya turmaq
kerak (Mq n’9). a’shbu misolda birinchi denotativ shart voqeani ifodalagan, ikkinchi denotatga
semantik jixatdan tobe xisoblanadi. Bu gap asa shakliy vositali shart ergash gapli qo’shma
gapga sinonim bo’la oladi. har kimgaki bir xizmat qildin’ – on shiddatga muxayya turmaq
kerak – har kimgaki bir xizmat qilsan’, on shiddatga muxayya turmaq kerak. Xuddi shu holat
ham sodda gaplarni boglovchi shakliy vositalar ikkilamchi ekanligini ko’rsatadi. Bunday
gaplar haqida aytilgan quyidagi fikrlar ham mazkur muloxazamizni tasdiqlaydi: «Birinchi,
ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi va beshinchi qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar birikish
munosabatini; oltinchi, ettinchi va sakkizinchi qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar zidlov
munosabatini ifodalovchi voqea-hodisani bildirgan. Shuning uchun oldingi to’rtta qo’shma gap
tarkibidagi sodda gaplar orasiga biriktiruv boglovchisini, keyingi uchta qo’shma gap orasiga
zidlov boglovchisini qo’yib ishlatish mumkin» (Asqarova M., Abdullaev Y., Omilxonova M.,
1997, 121. Ergashgan qo’shma gaplar xususida ham shunday fikrlar aytiladi: «Keltirilgan
misollarning birinchi, uchinchi va beshinchisida sabab mazmuni ifodalangani uchun chunki,
shuning uchun bogovchilarini qo’llab, sabab ergash gapli qo’shma gap xosil qilish mumkin.
Ikkinchi va ettinchi gapda esa o’xshatish mazmuni ifodalanganidan go’yo yordamchisini
qo’llab, o’xshatish ergash gapli qo’shma gapni xosil qilish mumkin» (Asqarova M., Abdullaev
Y., Omilxonova M., 1997, 172).
Demak, boglovchi vositalarini ishlatib ham, olib tashlab ham boglovchisiz qo’shma
gaplarni qo’llash mumkin ekan, ularning gapdagi tutgan o’rni unchalik muxim emas.
2. Sabab-natija munosabati: Tilin’ bila ko’n’u’lni bir tut, ko’n’li va tili bir kishi aytqan
so’zga but (Mq a6q). a’shbu misolda birinchi denotat sabab voqeani ikkinchi denotat natija
voqeani ifodalamoqda. Gaplarning o’zaro mazmuniy boglanishini til, ko’n’u’l, bir leksik
elementlari ta`minlamoqda. Mazkur sodda gaplar orasiga ham chunki shakliy vositasini
qo’yish mumkin.
3. O’xshatish munosabati: Nafsni taqva riyazati bila zeridast qildilar — shaytanni
zalilliq bila yerga past qildilar (Mq ha). Misolda «Nafsni taqvo riyozati bila zeridast
qilishlik» «Shaytonni zalilliq bila erga past qilish»ga o’xshatilmoqda. Denotatlar tarkibidagi
leksik elementlar oppozitsiyasi (nafsni — shaytonni, taqvo riyozat bila — zalilliq bila,
zeridast qildilar — erga past qildilar) zich mazmuniy boglanishni ta`minlagan.
|