71
ikkita belgi-xususiyat o'rtasidagi nisbiy o'xshashlik asosida: tez («
oz vaqt ichida, darrov-bosh
leksik ma'no»:
majlis tez tugadi)- tez («darrov achchig'lanadigan, jizzaki»-hosila ma'no:
tez
odam): cho'qqi («tik narsalarning eng yuqori nuqtasi- bosh leksik ma'no:
tog' cho'qqisi»)-
cho’qqi («erishilgan yoki erishilishi mumkin bo'lgan eng yuqori pag'ona, daraja, ko'rsatkich»-
hosila ma'no:
ilm-fan cho'qqisi, baxt cho'qqisi);
2. V a z i f a d a g i o' x sh a sh l i k a s o s i d a ma'noning ko'chirilishi (funksional
ko'chirish); tomir (
anat. «qon tomirlari»-bosh leksik ma'no)- tomir (
biol. «o'simlik tanasida
suyuqlik va undagi erigan moddalar oqadigan to'qima naychalar»-hosila ma'no). Tomir
leksemasining semantik tarkibidagi bu ikki ma'no shu leksema bilan atalayotgan «qon
tomirlari» va «o'simlik tanasidagi to'qima naychalar» bajarayotgan vazifasidagi o'xshashlikka
asoslangan: har ikki holatda ham ular (tomir va naychalar) tirik organizm uchun kerakli
moddalarning butun tana va to'qimalar bo'ylab tarqalishi uchun xizmat qiladi.
3. M e t o n i m i y a y o' l i b i l a n ma'noning ko'chirilishi (yunoncha:
metonimia-«qayta
nomlash
»). Bunday ko'chirilishlar predmetlar yoki hodisalarning o'zaro aloqadorligiga
asoslanadi. Buning quyidagichako'rinishlari bor:
o'simlikning nomi shu o'simlik mevasidan yoki boshqa biror qismidan tayyorlangan mahsuloga
ko'chiriladi: muskat (uzumning bir navi)-muskat (shu uzum navidan tayyorlangan vino); choy
(o'simlikning bir turi)- choy (shu o'simlikning barglaridan tayyorlangan ichimlik), qahva (
qahva daraxti)- qahva (shu daraxt mevasidan tayyorlangan ichimlik, kofe);
b) zamon va makonda bir-birining bo'lishini taqozo qilgan hamda birga qo'llanadigan ikki
(yoki bir necha) predmetlardan brining nomi ikkinchisiga ko'chiriladi:
bir piyola choy ichmoq
(
piyola o’z ma’nosida) –
bir piyola ichmoq (piyola- ko'chma ma'noda
);
4. S i n e k d o x a y o’ l i b i l a n ma’noning ko’chirilishi (yunoncha:
synekdoche – “birga
anglamoq”, “qo’shib anglamoq” ). Bunday ko’chirilish nomlanayotgan predmet yoki
hodisalarning miqdor belgilariga tayanadi:
a) butunning nomi qismga ko’chiriladi:
qo’l (butun) –
qo’l (qism: “barmoq” ma’nosida.
Besh
qo’l barobar emas.),
bosh (butun) –
bosh (qism: “miya”, “aql-xush” ma’nolarida,
Tog’ning
ko’rki tosh bilan, odamning ko’rki bosh bilan);
b) qismning nomi butunga ko’chiriladi:
olma (qism- “meva”) –
olma (butun-“meva daraxti”:
olma gulladi);
eshik (qism: “uyning eshigi”, “hovlining eshigi”) –
eshik (butun: “uy”, “hovli”:
Eshigimda juda ko’p odam ishlagan.),
tirnoq (qism) -
tirnoq (butun: “bola”, “farzand”:
Sizga
og’ir. Peshonangizga tirnoq bitmadi. Ko’nglingiz yarim.);
tuyoq (qism) –
tuyoq (butun: “uy
hayvoni”, “mol”.
Nikolay zamonida ostonam tuyoq ko’rmagan.)
Dostları ilə paylaş: