67
ta`kidlaganidek, boglovchisiz qo’shma gaplarni tashkil etgan qismlar orasidagi semantik
munosabatlar quyidagi yo’llar bilan ifodalangan:
Turli intonatsiya; pauza;
Gap bo’laklari va gaplarning o’rinlashishi;
Ayrim gap bo’laklari (asosan, olmosh va fe`l bilan ifodalanuvchi) ning semantikasi;
Ayrim gap bo’laklarining takrori. Bunda olmoshlarning roli kattadir (takrorlangan bo’lak
gaplarni semantik jixatdan boglaydi);
qo’shma gap qismlari orasidagi semantik munosabatni konkretlashtirish uchun ayrim
leksik elementlar (
anda, ani, ul fursatda, ul jixatdin) qo’llanadi (Abduraxmonov G., a97n’, aq).
Bu fikrlar boglovchilar vositasida boglangan qo’shma gaplarga ham taalluqli ekanini yuqorida
ko’rib o’tgan edik. Bunday fikr-muloxazalarning tugilishi esa «Boglangan qo’shma gaplar»,
«Boglovchisiz qo’shma gaplar», «Biriktiruv boglovchili qo’shma gaplar» kabi tushunchalarni,
avval aytganimizdek, qayta ko’rib chiqish lozimligini yana bir bor tasdiqlaydi. Chunki bu
atamalar bu xil gaplarning tabiatini to’la ochib berolmaydi. Shuning uchun ularni soddagina
qilib, A.Nurmonov taklif qilganidek, «Tenglanishli qo’shma gap», «Tobelanishli qo’shma
gap» deb atash maqsadga muvofiq (Nurmonov A., Maxmudov N., Axmedov A., Solixo’jaeva
S., a99g’, g’a).
quyida boglovchisiz qo’shma gaplarning mano munosabatiga ko’ra turlarini tavsif
qilishga o’tamiz.
Dostları ilə paylaş: