41
Pedagogik kreativlik: pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli
ravishda ta’lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta’minlashga xizmat qiluvchi
yangi g‘oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal
qilishga bo‘lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati.
Pedagogning kreativlik potensiali uning umumiy xususiyati sifatida aks etadi.
U ijodiy faoliyatning dastlabki sharti va natijasi sanaladi.
Mazkur sifat shaxsning
o‘z-o‘zini namoyon qilish layoqatiga egalikni va tayyorlikni ifodalaydi. Qolaversa,
kreativ potensial negizida har bir mutaxassisning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va
ijtimoiy quvvati yaxlit holda namoyon bo‘ladi.
Kreativ potensial bilish jarayoniga yo‘naltirilgan
ijodkorlik bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lib, an’anaviy tafakkur yuritishdan farqli ravishda
tafakkurning tezkorligi va egiluvchanligida, yangi g‘oyalarni yaratish,
qobiliyati,
shuningdek, shaxs xarakteriga xos jihatlar – bir qolipda fikrlamaslikda, o‘ziga
xoslikda, tashabbuskorlikda, noaniqlikka toqat qilishda, zakovatli bo‘lishda aks
etadi.
Pedagog kreativlik potensialiga ega bo‘lishi
uchun kasbiy faoliyatida
quyidagilarga e’tiborini qaratishi zarur:
Har bir pedagogning o‘zini o‘zi rivojlantirishi va o‘zini o‘zi namoyon eta
olishi bevosita uning kreativlik qobiliyatiga egaligi bilan bog‘liq.
Pedagogning kreativlik potensialini rivojlantirishda quyidagi metodlardan
foydalanish samarali sanaladi:
Metodlar
“Zakovat” musobaqasi va b.
Ijodiy loyihalar
Individual ishlanmalar
Muammoli vaziyatlar
Ijodiy topshiriqlar
Dostları ilə paylaş: