34
“Falsafaning bosh masalasi - ob'ektiv borliq va inson o‘rtasidagi o‘zaro aloqani
oydinlashtirish hisoblanadi. Olam bilan odam mavjudligini tadqiq qilish insonning
cheksiz faoliyatini va xarakterini o‘rganishdir. Individning shaxs darajasida
namoyon bo‘lishida tarbiyaning yetakchi mavqeini qadimdan faylasuf (Arastu,
Platon, Suqrot, Demokrit va boshqalar)lar tan olishgan va inson tarbiyasi
muammosi falsafaning asosiy masalalari qatoriga kiritilgan.
Shu tariqa falsafiy
ta'limotlar tarkibida pedagogik fikr va g‘oyalar vujudga kela boshlagan va yillar
davomida rivojlanib borgan, natijada pedagogika mustaqil fan sifatida ajralib
chiqqan. Demak, hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, pedagogika fanining
metodologiyasini jamiyat taraqqiyoti qonunlarini
ifoda etuvchi zamonaviy
filosofiya, uning bilish nazariyasi tashkil etadi”,
N.Sayidahmedov.
13
Demak, metodologiya birinchi navbatda keng ma'noda –
fan metodologiyasi sifatida qo‘llanilib, barcha ilmiy fanlar uchun ilmiy bilishning
falsafiy tayanchi hisoblanadi. Metodologiya fan sifatida ob'ektiv borliqni bilish
haqida ta'limot (nazariya)dir. Tor ma'noda esa aniq ilmiy fanlar, shu jumladan
pedagogika uchun ilmiy bilish nazariyasini anglatadi.
Pedagogik tadqiqotlarning metodologik tavsifi. Pedagogik tadqiqotlarning
zamonaviy yo‘nalishlari dolzarb va amaliy jihatdan muhim masalalarning yangicha
yechimlarini izlab topish jarayonining tezlashuvi,
ayni vaqtda istiqbolli
muammolarning nufuzi oshib borayotganligi bilan tavsiflanmoqda. Ular quyidagi
holatni nazardan chetda qoldirishadi: pedagogik jarayon o‘zining bor
munosabatlari bilan olib qaralganda pedagogika fani ob'ekti hisoblanadi. Ikkinchi
yo‘nalish vakillari pedagogik jarayonning alohida unsurlari (metod, shakl va b.)
o‘rganishga urungan holda bir narsani unutishadiki, o‘quv-tarbiyaviy ishlar
tizimida yulib olingan hech bir vosita to‘liq hisoblanmaydi.
Tadqiqot taqdiri pedagogik tadqiqot metodlariga bog‘liqligi sir emas.
Pedagogik tadqiqotlar metodi agar pedagogik hodisalarning ob'ektiv mohiyatini
to‘g‘ri ifodalasa, pedagogika predmetining o‘ziga xosligiga javob bersa, shubhasiz,
ilmiy deb e'tirof etiladi. Shu jihatdan olib qaralganda, pedagogik tadqiqot metodlari
uchun metodologik baho zarur bo‘ladi.
Pedagogik tadqiqotlarning samaradorligi tadqiqotchining metodologik
madaniyatiga to‘g‘ri proporsionaldir. Shu boisdan bu tushuncha integral sifat
ko‘rsatkich hisoblanib, tadqiqotchidan o‘zida xususiy ilmiy faoliyatni tahlil qilish
ko‘nikmasini, ma'lum konsepsiya (nazariya)ni ilmiy asoslash va ijodiy qo‘llash
qobiliyatini egallashni talab etadi.
Bugun har bir pedagogik tadqiqot qoidaga ko‘ra, joriy etilgunga qadar ilmiy
asoslanishi shart:
dastlabki holat; tadqiqot mantiqi; kutilayotgan natijalar, ularga
13
Н.Саидаҳмедов. Педагогика фани методологияси хусусида. // Халқ таълими, 2000 йил 1-сони, 34-37-
бетлар.
35
erishish metodlarini belgilash; iste'molchilar bilan hamkorlik o‘rnatish; uni joriy
etish shartlarni ishlab chiqish; iqtisodiy manfaatdorlik va h.k
Pedagogik tadqiqot ilmiy faoliyatning
murakkab turi hisoblanib, u ishonchli
qo‘llarda – metodologiyani chuqur o‘rgangan, ilmiy tadqiqot metodlari bilan
qurollangan shaxs tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin.
Olimning qiyofasi, ruhiyati va tiynati haqida maxsus adabiyotlarda batafsil
yoritilgan, ayniqsa, uning quyidagi sifatlari alohida qayd etiladi;
haqiqatga,
noma'lumni bilishga jiddiy intilish; kuzatilayotgan hodisa va jarayonlarni tasniflash
qobiliyati va kuzatuvchanlik; ilmiy tafakkurning analitik – sintetik jamlanmasi va
b. Ilmiy – tadqiqot ishlarida ob'yektivlik, aniqlik, tanqidiylik, izchillik, tizimlilik
bo‘lishi shart.
Dostları ilə paylaş: