26
mustaqillikka intilish hozirgi zamon o‘qituvchisining shaxs sifatlari tarkibiga kirib
ulgurdi, endi an’anaviy o‘qitish tizim o‘z o‘rnini milliy istiqlol g‘oyasi bilan
sug‘orilgan va qat’iyan ilmiy asosda tashkil etilayotgan zamonaviy pedagogik
tizimga bo‘shatib beryapti. Pedagogik amaliyotning turli tomonlarini qamrab
olayotgan kuchli innovatsion impuls harakati davom etmoqda: ta’lim
mazmunini
yiriklashtirish,
natijalarini
oldindan
belgilash,
o‘qitishni
psixologiyalashtirish,
kompyuterlashtirish, interfaol o‘qitish va tarbiya metodlari,
ta’limni boshqarishga qaratilgan yondashuvlar vujudga keldi. Shu o‘rinda
metodologik
muammolarning
quyidagi
yo‘nalishlariga, uning alohida
tomonlariga qisqacha izoh berishga harakat qilamiz.
Maktabgacha pedagogik tadqiqot bu yo‘nalishi ba’zi e’tirozlarni paydo qilishi
mumkin. Chunki aksariyat ko‘pchilik pedagogika predmeti va uning chegarasi
allaqachon aniqlangan, deb o‘ylashadi: u - tarbiya haqidagi fandir. Bu ta’rif
pedagogikaga ko‘p asrlar oldin berilgan, ma’lum ma’noda an’anaviy ta’rif deyish
mumkin. Afsuski, bu izoh bugungi kun talabiga to‘liq javob bera olmaydi, qator
hollarda
chalkashlikka olib keladi, fanning ta’sir doirasini toraytiradi. Gap
shundaki, pedagogik adabiyotlarda "tarbiya" atamasining o‘zi turlicha izohlanadi:
1) keng ijtimoiy - insonga o‘rab turgan ijtimoiy muhit ta’siri; 2) keng
pedagogik - o‘quv tarbiya jarayonini butunlay qamrab oladigan maqsadli faoliyat;
3) tor
pedagogik - tarbiya deganda maxsus tarbiyaviy ishlar tushuniladi; 4)
birmuncha torroq - tarbiyaviy kuch yo‘naltirilgan maydoncha, masalan,
vatanparvarlikni tarbiyalash (axloqiy tarbiya), badiiy tasavvurlarini shakllantirish
(nafosat tarbiyasi) tushuniladi - (
YU.K. Babanskiy).
Maktabgacha pedagogika ta’lim haqidagi yagona fan sifatida ham e’tirof
etiladi, bu fan vakillari u yoki bu ta’limiy faoliyat bilan shug’ullanadilar
(
V.V.Krayevskiy). Shunday ekan, pedagogikani ta’lim va tarbiya haqidagi fan
sifatida talqin etish to‘g‘ri bo’ladi. Bu o‘z navbatida shaxsni maqsadga mos
holda shakllantirishning ikki qanotida anglatadi.
Shu sababdan birmuncha aniq
ta’rif quyidagicha bo‘lishi mumkin: pedagogika - bu shaxsni maqsadli
shakllantirish haqidagi fandir.
Ma’lumki, shaxsni shakllantirishda
irsiyat, muhit, pedagoglarning maqsadli
faoliyati, insonning xususiy faoliyati va o‘z-o‘zini tarbiyalash kabi omillar katta
imkoniyatlarga ega. Taklif qilinayotgan ta’rif fanning mavqeini pasaytirmaydi,
aksincha, uning qator afzalliklarini sanab o‘tishi mumkin: birinchidan, pedagogik
faoliyat o‘rni shaxsni rivojlantirish va tiklash omillari
(irsiyat, muhit va 6.) orasida
belgilab boradi; ikkinchidan, pedagogik jarayon sifatida ta’lim va tarbiya
ahamiyatini muvozanatlashtiradi;
uchinchidan, "tarbiya" atamasi qaysi ma’noda
(tor yoki' keng) ishlatilishini ko‘rsatish zaruratidan soqit qiladi.
27
Shaxsni
shakllantirish
muammosi
bilan
sotsiologiya,
falsafa,
psixologiya, etika va boshqa qator fanlar shug‘ullanishadi. Agar sotsiologiya
tarbiyani ijtimoiy rivojlanishning omili sifatida qarasa, psixologiya tarbiyaga
shaxsni ruhiy rivojlanishi vositasi tarzida murojaat qiladi. Etika tarbiya
masalalarini axloqiy taraqqiyoti nuqtai nazaridan talqin etadi. Bu fanlardan farqli
o‘laroq, pedagogika shaxsni shakllantirishning ikki tabiatini tadqiq qiladi,
ularning tuzilmasini aniqlashtiradi,
qonuniyatlarini ishlab chiqadi, ta’limiy-
tarbiyaviy faoliyatlar texnologiyasini loyihalaydi.
Maktabgacha pedagogika fani predmetini aniqlash, uning boshqa fanlar bilan
aloqasi va o‘zaro ta’eir doirasini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib boryushshi
lozim. Bu muammo hozircha umumiy tarzda yoritilgan bo‘lib, aslida
kadrlar
tayyorlash milliy modeli asosida ham mazmun jihatdan, ham mantiqiy
bog‘lanishlar jihatdan uning tavsifnomasi ishlab chiqilishi lozim.
Har bir fanning rivojlanish doirasini tadqiqotlarni tabaqallashtirish va boshqa
fanlar bilan o‘zaro aloqadorligining xilma-xilligiga bog‘liq holda muhokama
qilinishi lozim.
Mustaqillik yillarida maktabgacha pedagogika fanlari tizimi ham birmuncha
kengayib bormoqda. Bu esa pedagogika fanining o‘z ob’ekti, predmeti, ilmiy
tushunchalar tarkibi,
ularning mantiqi, nazariya va amaliyot mutanosibligi kabi
qator savollarni yangicha talqinda ifodalash zarurati mavjud. Boshqacha
aytganda, ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar pedagogikani o‘rganadigan
fan paradigmasini almashtirish g‘oyasini vujudga keltirayapti.
Maktabgacha pedagogik paradigma ilmiy faoliyat modeli sifatida bir
tomondan ta’limda fanlararo tadqiqotlarning nufuzi oshayotganligini, pedagogika
fanining integrativ funksiyasi kuchayayotganligini ko‘rsatsa, boshqa tomondan
ta’lim - tarbiya qonuniyatlarini o‘z predmeti sifatida
qabul etish yagona fan
sifatida pedagogikaning nazariy mavqeini oshirish va maqomini aniqlashtirish
vazifasini ilgari surdi.
Maktabgacha pedagogika fani rivojining hozirgi bosqichida alohida dolzarb
metodologik masalalarni yechish bilan chegaralanmasdan xususiy bilimlar tizimi
sifatida pedagogika metodologiyasini aniq belgilab olish zarur. Bu birinchidan,
pedagogik nazariyalar ishonchliligini ta’minlasa, boshqa tomondan metodologik
bilimlar pedagogik (yoki ixtiyoriy boshqa) tadqiqotlari samarli tashkil etish va
yetkazish mumkin emasligini anglatadi.
Ijodiy jarayon bugungi kunda pedagogika
fani metodologiyasiga, uning
predmetiga nisbatan turlicha yondashuvlar vujudga kelmoqdaki, ularning
mohiyatini qisqacha tushuntirishga harakat qilamiz.
Dostları ilə paylaş: