Qonun. Ilmiy-tadqiqotda qonunning o’rni muhim hisoblanadi. Ilmiy
adabiyotlarda qonun tushunchasining mazmun-mohiyatini ochib berishda,
avvalambor, uning mohiyat tushunchasi bilan bog’liqligiga, qonuniyat va
tendentsiya (rivojlanish) tushunchalariga, gnoseologik tomondan esa – gipoteza
(faraz), nazariya, model tamoyiliga e’tibor qaratiladi. Biroq qonunning voqea-
hodisalar orasidagi qarama-qarshilik holatlarini (tasodifiy, ahamiyatsiz, tartibsiz va
h.k.) bir-biriga bog’lovchi mustahkam takrorlanuvchan, zarur, ahamiyatli, aloqa
sifatida solishtirish umumiy masalaning yechimini topib bera olmaydi. Chunki
qonunni faqat alohida olingan qarama-qarshi xususiyatlar bilan emas, balki bu
xususiyatlarning majmuasi, deb solishtirgan holatdagina biz qonun dialektikasini
ko’rsatib o’tilgan xususiyatlar kompleksi sifatida tushunishimiz mumkin. Har
qanday qonun aniq sabablar asosida shakllanadi. Shu ma’noda, qonun nisbiy
doimiylikni ifodalaydi. Qonun mohiyatning barqaror alomatlarining takrorlanishi
hamda barcha jabhalardagi munosabatlarning mustahkamligini ifodalaydi. Turg’un
bo’lmagan tashqi belgilarning o’zgarishi qonunning tabiatini o’zgartirmaydi. Qator
narsalarning barqaror belgilari takrorlanib turar ekan, bu narsalarga umumiy
qonunlar xosdir. Bir toifadagi narsalar uchun umumiylikning mavjudligi tufayli
ularning harakati va faoliyati ma’lum bir doimiylik, takroriylik bilan tavsiflanadi,
ya’ni ularning o’zgarishiga ma’lum bir yo’nalish xosdir.
Qonunning mavjudligini tashkil etuvchi barcha omillar unga nisbatan
zaruriyat bilan tavsiflanadilar va bunday qonunga noaniqlik xos emas. Qonun
narsalar orasidagi turg’un munosabatlar o’rnatilishini bildiradi. Qonun – tabiat va
19
jamiyatdagi voqea, hodisa hamda jarayonlar o’rtasidagi munosabat hamdir.
Qonun – ob’ektiv olamdagi narsa va hodisalar o’rtasidagi aloqadorlikning shakli,
biror bir narsaning zaruriy ravishda paydo bo’lishini ifodalovchi tushuncha.
Qonunni qonuniyatlardan ajrata bilish kerak. Albatta, qonun va qonuniyat bir xil
turdagi, bir darajali tushunchalardir. Ularning har ikkovi voqelikning ichki
aloqalarini, rivojlanishini aks ettiradi. Lekin ular o’rtasida farq ham bor. Qonun
qonuniyatning muayyan bir tomonini ifodalaydi. Qonuniyat hodisalarning muayyai
sohasidagi yoki olamdagi qonunlarning majmuidir.
Paradigma. Ilmiy-tadqiqot faoliyatida paradigma ham o’ziga xos tarzda
namoyon bo’ladi. Paradigma, ilmiy muammolarni yechishga doir, ilmiy jamoa
tomonidan tan olingan, aniqlangan qonuniyatlarni fikrlab olishga yordam
beradigan va shuningdek, ushbu fan sohasining yanada rivojlanishini
prognozlashga yordam beradigan idealdir. Paradigma fan taraqqiyoti davomida
hosil qilingan muayyan standartlarni o’z ichiga oladi, shu standartlardan past
darajada bajarilgan narsalar muhokamaga qo’yilmaydi. Bu standartlarni qo’llab-
quvvatlash ilmiy ish mutaxassisining muhim komponentlaridan biridir. Albatta,
yangi paradigmalarning shakllanishi fan taraqqiyotida o’z ortidan bor bo’lgan
standartlar, ilmiy bilishning ideal va me’yorlarining o’zgarib borishini yuzaga
keltiradi. Shu bilan birga, ilmiy bilimni uning taraqqiyotidagi paradigmalar
atamalarida bayon qilish konseptsiyasi kumulyativ omildan kelib chiqadi. Ilmiy
bilimlar taraqqiyotida kumulyativ jarayonlarning mohiyati shundaki, biror alohida
fanda yoki butun fanda erishilgan standartlar, ideallar, me’yorlar va qadriyatlar
fanni umuman, namoyon qiladi va fanning bilimlar sistemasi ekanligi haqida
tasavvur hosil qiladi.
Tizimlilik. Ilmiy-tadqiqotni samarali yo’lga qo’yishda tizimlilik muhim
ahamiyatga ega. Chunki, tizimlilik ilmiy tadqiqotning o’z-o’ziga ta’sir qilish
tamoyili uning yanada asosli dalillarga suyanishida muhim o’rinni egallaydi. Ayni
paytda, ilmiy tadqiqotning manbai bo’lgan yangi nazariy bilimlar va texnologiyalar
o’zaro muvofiqlashgan holda ilmiy-metodologik tizimni shakllantiradi. Shu
ma’noda, har qanday ijodiy muhitda yangi bilimga ega bo’lish darajasi cheklangan
bo’lsa, uning faolligi past darajaga tushib qoladi. Bunday ilmiy sayozlashish ilmiy
faoliyatdagi dogmalashuvga yoki bo’rttirilgan ilmiy fundamentalizmga olib keladi,
ya’ni eski ilmiy andazalarga, me’yorlarga moslashib undan chiqib ketolmaslik
haqiqatni bilishdagi konkret dalil va voqelikni aniqlashga to’sqinlik qiladi. Demak,
ilmiy tadqiqotda ushbu yo’l bilan nafaqat aniq bir ilmiy maqsad to’g’ri tanlab
olinadi, balki unga yetishish uchun bir-biriga adekvat bilimlar ham inkor qilinadi.
Oqibatda esa yangi bilimlarga emas, balki eskilik sarqitlariga suyanib qolish
holatlari ko’p uchraydigan bo’lib qoladi. Ayni paytda ijodiy izlanishlarini to’g’ri
va samarali yo’lga qo’yishda insonning yuqori darajada bilimga ega bo’lishi yoki
20
aksincha tadqiqot jarayonidagi biron-bir qarorga tez kelishi, bir vaziyatdan
ikkinchisiga tez ko’nika olishi bilan belgilanadi. Masalan, ilm-fan, siyosat,
iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy hayotda ilmiy-tadqiqot faoliyatning ahamiyati tobora
oshib borishi insonning erkin ijod qilish imkoniyati bilan bog’liq. Bu holat esa
insonning ijodiy fikrlashining o’sishiga, ruhiy zo’riqishlardan ozod bo’lishiga olib
keladi. Bunday erkinlik ilmiy-tadqiqot faoliyatining namoyon bo’lish shakli
sifatida insonga yangi ishonch, qo’shimcha kuch beradi. Masalan, K.Popper o’z
davrida ilmiy ijodda ilmiylikni g’ayriilmiylikdan spekulyativ ravishda ajratishni
taklif qilish orqali falsifikatsiya tamoyilini ishlab chiqqan edi
10
.
Dostları ilə paylaş: |