15
holda ushbu masala ko’tariladi. Hozirgi vaqtda olimlarning ijtimoiy mas’uliyati
g’oyasi umume’tirof etilmoqda. Chunki ilmiy kashfiyotlar ishlab chiqarishda
samarali qo’llaniladi va buning natijasida butun dunyo hamda odamlarning
turmush tarzi ham o’zgaradi. Fandagi ijodiy erkinlik tafakkurning tabiat va jamiyat
hodisalarining teran mohiyatini ochib berishga muttasil intilishda namoyon bo’ladi.
Kon’yunktura, sub’ektivizm ilmiy-ijodiy faoliyat ruhiga batamom yotdir.
Ilmiy
ijodda teranlik, ob’ektivlik, shuningdek, olingan yoki olinayotgan ilmiy bilimga
tanqidiy yondashuv xosdir.
Ilmiy tadqiqot asosida inson yangi ilmiy yo’nalishlar va yangi fanlarni
vujudga keltiribgina qolmasdan, balki yangi ilmiy bilim noan’anaviy sohalarining
tarkibi va tuzilishiga katta ta’sir ham ko’rsatmoqda. Bu esa ilmiy ijodning tadqiqot
doirasi kengayib borayotganligidan dalolat beradi.
Bunday faoliyatning yuqori
bosqichi haqida alohida to’xtalib, A.S.Maydanov: “Ilmiy ijod orqaligina fandagi
noana’naviy g’oyalarni tushunish va tushuntirish mumkin. Ayni damda
noana’naviy yondashuv ilmiylik manbaini, ilmiy izlanishlarning yangi bosqichini
ochishga yordam beradi”
6
degan xulosaga keladi.
Faoliyat sohalari kabi ijodning turlari ham xilma-xildir. O’z navbatida, yana
bir qancha turlarini ajratib ko’rsatish mumkin bo’lgan
ijodning ilmiy, texnikaviy,
badiiy, musiqiy, adabiy, pedagogik turlari ajratib ko’rsatiladi. Ba’zi ijod
ko’rinishlari o’zaro chambarchas bog’liq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: