O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

Ilmiy tadqiqotning xossalari. Ilmiy tadqiqot real olamdagi hodisalar va 
umumiy qonuniyatlarni kashf etish bilan bog’liqdir. Ilmiy tadqiqotning xossalari 
quyidagilar: 
–ilmiy-tadqiqotni amalga oshirishda mavhum, mantiqiy tafakkurga tayanish; 
–timsollar, tushunchalar, mulohazalar, nazariyalar va mavhum g’oyalar 
ko’rinishidagi yangi bilimlar ilmiy ijodning mahsuli hisoblanadi; 
–ilmiy tadqiqot jarayoni ham empirik, ham nazariy xarakter kasb etishi 
mumkin. 
Empirik tadqiqot kuzatish va eksperiment jarayonida o’rganilayotgan ob’ekt 
bilan bevosita olib boriladigan amaliy ishni anglash va umumlashtirish natijasidir. 
Nazariy tadqiqot fanning tushunchalar apparatini takomillashtirish va 
rivojlantirish hamda ob’ektiv voqelikni bilvosita anglash, shuningdek, empirik 
tadqiqotlar materiallari asosida ishlab chiqiladigan nazariya bilan bog’liqdir. 
– Ilmiy tadqiqot ko’p hollarda jamoaviy xususiyatga ega bo’ladi. Chunki 
hatto alohida olingan olimlar tomonidan gipotezalar, nazariyalar, aniqlangan 
dalillar muhokama qilinadi, ularga taqrizlar beriladi, hamkasblar tomonidan 
tanqidiy baholanadi; 
6
Maydanov A.S.Intelekt reshyet neordinarnie problemii /RАN. In-t filosofii. — M.: IF RAN, 1998. — 321 s. 


16 
– ilmiy kashfiyotlar tarixiy bosqich bilan shartlangan bo’ladi. Bunday 
shartlanish jamiyat taraqqiyotining u yoki bu bosqichida yuzaga keladigan 
zaruriyatlar bilan bog’liqdir; 
– ko’p hollarda ilmiy g’oya va kashfiyotlar o’z davridan ilgarilab ketadi, 
natijada ular jamoatchilik tomonidan bir necha o’n yilliklardan so’ng tan olinadi va 
ko’plab yetakchi olimlar o’limidan so’nggina shon-shuhratga erishadilar. 
Ilmiy tadqiqot intuitiv bilimdan foydalanish zaruriyatini anglatadi. Ilmiy 
tadqiqotning natijasi printsipial jihatdan inson bilish jarayonining butun tarixi 
kontekstidagi ob’ektiv, yangi bilim hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot jarayonidagi 
takrorlanmaslik mezoni faqatgina ilmiy ijodga o’ziga taalluqli bo’lib, uning 
natijasiga ta’sir etmaydi.
Ilmiy tadqiqot – betakrorligi, mohiyatan yangi bilimlarga erishish 
vositalarining o’ziga xosligi hamda natijalarning takrorlanishi bilan 
xarakterlanadigan bilish hodisasi bo’lib, uning asosini intuitiv bilimni o’zgartirish 
jarayoni tashkil etadi. 
Ilmiy tadqiqotni tavsiflash uchun “har qanday haqiqat bema’nilik sifatida 
boshlanib, xurofotda yakunlanadi” degan hikmat ko’proq mos keladi. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin