23
ilmiy tadqiqotning maqsadi tiriklik qonunlarini, voqelik jarayonlari va
hodisalarining o’zgarishi, rivojlanishi, vujudga kelishi va yo’qolishini kuzatish,
kashf etish, tushuntirish va bashorat qilishdangina iborat emas. Uning dastlabki
asosi va mavjudlik sharti o’zlikni anglashdir. Insonning har bir yangi kashfiyoti
uning o’z-o’zini bilishga bo’lgan urinishining, intilishining natijasi bo’lib kelgan.
Hattoki insonning o’z-o’zini anglash yo’lida kashf qilgan vodorod bombasi ham
uning o’ziga barobar bo’lgan kashfiyot bo’la olmadi. O’zlikni anglash kashfiyoti
inson kashf qilishi mumkin bo’lgan kashfiyotlarning ichida eng buyugi, eng
oliysidir. Zero, fan uchun fan, kashfiyot uchun kashfiyot qilinmaydi. Bularning
bari jamiyat uchun, odamning ilmiy salohiyatini yanada oshirish uchun xizmat
qiladi.
Ilmiy-tadqiqot inson nazariy va amaliy faoliyati negizida yuzaga keladi, u
tabiat, jamiyat va inson ongining murakkab hodisalarni to’g’ri, ob’ektiv talqin
etishga, fanning evristik asoslarini ochishga imkon beradi.
1. 2. Maktabgacha pedagogik tadqiqot metodologiyasi
Fanning metodologik muammolariga barcha davrlarda ham alohida e’tibor
qaratilgan. Bugun ham mamlakatimizda bilimning bu sohasiga qiziqish kuchayib
bormoqda. Ijtimoiy hayot davomiyligi va fan rivojining yuqori mavhum pog’onasi
murakkab, yechimi birmuncha qiyin bo‘lgan savollarni yuzaga chiqarmoqda.
Tabiiyki, ularning ilmiy bilishning eskicha yondashuvlari yordamida hal
etilishi mushkul. Metodologiya ham amaliyot talabalardan ortda qolishi, ijtimoiy
qadriyatlarning o‘zgarish qonuniyatlariga bog‘liq holda rivojlanmasligi mumkin
emas.
Birinchi navbatda yangi metodlarni izlab topish jarayoni davom etmoqda,
mavjudlarini tubdan takomillashtirish, ilmiy bilish mantiqini loyihalash,
tadqiqotlar samarasini oshiradigan texnikaviy qurilmalarni yaratishi e’tibor
qaratilgan. Boshqa tomondan, metodologiyaning dunyoqarash jihatlari - chuqur
nazariy umumlashma, bashoratlash, fan strategiyasini va uning mavqeini oshirish
jamiyat islohotlariga mos ravishda amalga oshirilmoqda. Bu jarayonlarning
tezlashuvini ta’minlashda o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va
sarqitlardan to‘la xolos bo‘lish, milliy istiqlol g‘oyasini omma ongiga
singdirish, bunda ommaviy kommunikatsiyaning barcha vositalaridan
foydalanish sezilarli samara berishi sir emas.
Dostları ilə paylaş: