25
taraqqiyotiga mos holda tubdan yangilandi. Bu yangi modelning
muvaffaqqiyati ko‘p jihatdan pedagogik tadqiqotlar natijasiga, umuman,
pedagogika fanining rivojlanish darajasiga bevosita bog‘liqdir.
Dastlab pedagogik tadqiqotlarning nazariy va amaliy ahamiyati, ularning
mantiqi, metodologik tavsifi bilan bog‘liq quyidagi masalalar aniqlashtirilmog‘i
lozim:
- pedagogikaning nazariy tadqiqotlari samarasini oshirish;
- pedagogik tajribani o‘rganish va natijalaridan foydalanish;
- pedagogik tajriba-sinov, uning mohiyati, metodikasini
oydinlashtirish;
- fan yutuqlarini ta’lim va tarbiya jarayoniga tatbiq etish muammolari;
- tarbiyaga yaxlitlikda yondashish, bunda mafkuraviy tarbiyaning
ahamiyati;
- pedagogika fanini milliy va umuminsoniy tajribalar asosida
rivojlantirishning metodologik jihatlari va x.k.
Anu shu savollar doirasidan ma’lum bo‘ladiki, mavjud bilimlar bilan
yashash, zamonaviy talab va ehtiyojlarga befarq qarash, mumkin emas. Bunday
sharoitda tabiiyki, "tayanch" nuqta amaliyot bo‘lishi lozim, ya’ni zamonaviy
ta’limi holati - haqiqiy haqiqat mezoni hisoblanadi. Amaliyot ta’siri ostida
nazariya ilmiy kashfiyotlarning asosiy omiliga aylanadi. Faqat keng va har
tomonlama tashkil etilgan amaliyotgina faoliyatning kamchiligini va
etilmaganligini hamda ayni vaqtda pedagogik voqelikni bilishga xizmat qiladi.
Mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilinishi va rivojlantirishning tarixiy
ahamiyati - bu ta’limning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aks etgan -
"inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz xuquq-lari
oliy qadriyat hisoblanadi" (23-modda) - prinsipiga amal qilgan holda insoniylikka
yo‘naltirilganligidir. Insoniy ustuvorlik ta’lim sohasidagi davlat siyosatining
asosiy prinsipi sifatida O‘zbekiston Respublikasi "Ta’lim to‘g‘risida" gi qonunida
ham o‘z ifodasini to‘liq topgan;
"Ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik
Dostları ilə paylaş: