O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi


 Pedagogik ijodkorlik va uning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

2.3. Pedagogik ijodkorlik va uning o‘ziga xos xususiyatlari 
Shaxs ijodkorlik sifatlarini rivojlantirishga asosiy metodologik va konseptual 
yondashuvlar, kreativ shaxs individual sifatlarini shakllantirishning psixologik 
xususiyatlari, uzluksiz ta’lim tizimida pedagoglar kasbiy ijodkorligini tashkil etish 
texnologiyalari bilan bog‘liq masalalar yoritilgan.
Bilish faoliyati ko‘p qirrali, murakkab jarayon bo‘lib, uning ta’limni amalga 
oshirishdagi samaradorligi pedagog qobiliyati, izlanuvchanligi, tafakkuri, 
kuzatuvchanligi va ijodiy yondashuviga bog‘liq. Shuning uchun ham bilish 
jarayonida ijod muhim o‘rinni egallaydi. 
Ijod – insonning fan, texnika, ishlab chiqarish, madaniyat va boshqa sohalarda 
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangilik yaratishi bilan bog‘liq murakkab 
psixologik jarayondir. Unda inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi 
faol ishtirok etadi, ijodda bilim, tajriba, iste’dod namoyon bo‘ladi. Abu Nasr 
Forobiyning ta’rifiga ko‘ra «ijod – bilish jarayonida shunday ulug‘ fazilatki, inson 
uni egallash uchun boshqa hamma fazilatlarini ishga solishi kerak». Ijod qilish 
jarayonida shaxs izlanadi, kuzatadi, tadqiqotlar olib boradi, natijalarni tahlil qilib, 
mantiqiy xulosalar chiqaradi.
Ijodkorlik- fan va amaliyotda ma’lum bo‘lmagan yangi g‘oyalarni 
pedagogning tahlil qilishi, turli yangi texnik ijodiy yechimlarni o‘rganishi, ishlab 
chiqishi, sinab ko‘rishi va taqqoslashi kabi tadqiqotchilik tavsifidagi vazifalarni 
amalga oshirishni ifodalaydi. Bu jarayon pedagogning bilim saviyasini oshiruvchi 
va mustahkamlovchi, faol va mustaqil fikrlash xislatlari, ma’naviy-ma’rifiy 
saviyasi sezilarli o‘sishiga va kelajakda haqiqiy ijodkor shaxs bo‘lib yetishishiga 
xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Ijodkorlik pedagoglar egallayotgan bilimlarning 
mustahkamligi va mukammalligini ta’minlash, ularda faol va mustaqil fikrlovchi 
shaxs xislatlarini shakllantirish, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilishi 
bilan ahamiyatlidir. Bu holat bo‘lajak mutaxassislarning fan asoslarini 
o‘zlashtirishida, bu jarayonga bevosita rahbarlikni amalga oshirishda, kasbiy 
ijodkorlikka asoslangan yondashuvlarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.


38 
Ijodkorlik shaxsda mustaqil fikrlash sifatlari namoyon bo‘lishining eng asosiy 
va faol shakli hisoblanib, uni quyidagi belgilariga ko‘ra tasniflash mumkin: ijod 
turi (texnik, texnologik, tashkilotchilik, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, pedagogik, 
didaktik, kasbiy, aralash); ijod darajasi (mono ijod, multi ijod, mega ijod); ijod 
qamrovi (ixtisoslik, mutaxassislik, bilim sohasi, tarmoqlararo, milliy, mintaqaviy, 
mintaqalararo, xalqaro); ijodning davomiyligi (qisqa muddatli, o‘rta muddatli, 
uzoq muddatli); ijodning shakli (innovatsion, ilmiy-tadqiqotchilik, ta’limiy, 
investitsion, aralash); umumiy jihatlariga ko‘ra (yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq 
etish; prinsipial jihatdan yangi yechimlarni ilgari surish; yangilikni amaliy 
qo‘llash); yaratilgan ijod mahsulining ma’nosi va murakkabligiga ko‘ra 
(ratsionalizatorlik taklifi; ixtiro; kashfiyot).
Pedagoglar ijodkorlik faoliyatini tashkil qilish mustaqil fikrlashni 
rivojlantirish, 
bilim 
egallashdagi 
intiluvchanlik, 
ilmiy 
dunyoqarashni 
shakllantirish, o‘zlashtirilgan bilimlarni ta’lim va amaliy faoliyatda mustaqil 
qo‘llay olishga o‘rgatishda namoyon bo‘ladi.
Amalga oshirilgan tadqiqot ishi doirasida pedagog shaxsiga xos bo‘lgan 
ijodkorlik bilim, ko‘nikma va malakalari tushunchalari tadqiqot nuqtai nazaridan 
aniqlashtirildi. Jumladan: ijodkorlik bilimlari – yangi yechim ishlab chiqish uchun 
talab etiladigan tushuncha va tasavvurlarning bilish faoliyati mahsuli sifatida inson 
ongidagi tizimlangan in’ikosini; ijodkorlik ko‘nikmalari – shaxsning maqsadga 
yo‘naltirilgan ijodiy faoliyatda aqliy jarayon bosqichlarini tez va to‘laqonli amalga 
oshirish darajasini belgilaydi. Ijodkorlik malakalari esa shaxsning ijodiy faoliyat 
reproduktiv bosqichlarini qisman avtomatlashgan tarzda, aqliy jarayon 
bosqichlarining faqat dastlabkisini anglagan holda amalga oshira olish darajasini 
anglatadi.
Ijodkorlik bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish uchun mashg‘ulotlar 
jarayonida pedagoglarda ijodiy o‘quv topshiriqlari, muammoli vaziyatlar hamda 
fazoviy tasavvurni rivojlantirishga qaratilgan mashqlardan tizimli foydalanish talab 
etiladi. Pedagoglar ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish omillari har bir mavzu, har 
bir darsda o‘quv faoliyatining asosi bo‘lishi lozim. Ijodkorlik faoliyati o‘qituvchi 
va pedagog faoliyatining barcha qirralarini qamrab oladi, uni samarali tashkil qilish 
hamda ta’lim jarayonining sifatini ta’minlashga xizmat qiladi.
Pedagoglarning 
ijodkorlik 
faoliyatini 
rivojlantirishda 
ilmiy-texnik 
ma’lumotlar bilan ishlash muhim o‘rin tutadi. Turli axborotnomalar, lug‘at va 
glossariylar, ilmiy faoliyat bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ixtirochilik va 
patentshunoslik materiallari pedagoglar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Kreativ pedagogik texnologiyalar pedagoglarning qo‘yilgan vazifalarni hal 
qilishida produktiv faoliyatni amalga oshirishini nazarda tutib, muammoli 
fikrlashni rivojlantirish, ma’lumotlarni yig‘ish hamda natijani tekshirib ko‘rish 


39 
bosqichlarini belgilab olishda pedagoglar ijodkorlik faoliyati samaradorligini 
oshirishning muhim omili sanaladi. Kreativ pedagogik texnologiya tushunchasini 
shaxs kasbiy ahamiyatli sifatlarini tarkib toptirishning mazmuni va jarayonlari 
o‘zaro yaxlitlikda loyihalangan hamda dasturlashtirilgan vazifalarning maqsadli 
amalga oshirilishini ta’minlovchi pedagoglar kasbiy ijodkorligini rivojlantirishning 
metodik tizimi sifatida ta’rifladik.
Kreativ pedagogik texnologiyalarni loyihalashda quyidagi tamoyil taklif 
etilgan: pedagogik tizim hamda uning barcha tarkibiy qismlari: maqsadi, mazmuni, 
tashkiliy shakllari metodlari hamda ta’lim vositalari, pedagogik kadrlar hamda 
ichki ta’lim muhitining shaxs kreativligini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi; 
kreativ pedagogik texnologiyaning yaxlit ta’lim jarayonida ham, lokal pedagogik 
bosqichda ham tizimli tavsifga ega ekanligi; pedagoglar tomonidan ijodiy o‘quv 
topshiriqlarini bajarishda yechimni ishlab chiqish trayektoriyasi va mazmunining 
mustaqil belgilanishi; kasbiy ijodkorlikka yo‘naltirish orqali pedagoglarning 
moslashuvchanlik, harakatchanlik, innovatsion yechimga intiluvchanlik sifatlarini 
tarkib toptirishga qaratilganligini e’tiborga olish.
Kreativ pedagogik texnologiyalarni joriy etish quyidagi yondashuvlar asosida 
amalga oshiriladi:
1. Amaliy bilishga asoslangan izlanuvchanlik yondashuvi. Bunday yondashuv 
doirasida pedagoglar kasbiy ijodkorligini tashkil etish va rivojlantirishning kreativ 
pedagogik texnologiyalari yangi amaliy-tatbiqiy ma’lumotlarni yig‘ish bilan 
tavsiflanadi.
2. Nazariy bilishga asoslangan izlanuvchanlik yondashuvi. Ushbu 
yondashuvda asosiy e’tibor pedagoglar kasbiy ijodkorligiga doir yangi nazariy 
bilimlarni hamda bilim sohalarini qidirishga qaratiladi.
Kreativlik sifatlari: 
➢ muammolarni ilg‘ash va shakllantirish;
➢ yangi g‘oyalarni yaratish;
➢ g‘oyalarni uyg‘unlashtirish;
➢ nostandart yechimlar yaratish;
➢ ob’ektlarni takomillashtira olish 
Kasbiy ijodkorlik : 
➢ mutaxassislik ko‘nikma va malakalari,
➢ ilmiy- texnik bilimlar hamda iqtisodiyot sohalari innovatsion faoliyati,
➢ ta’lim – fan – ishlab chiqarish integratsiyasi asosida intellektual mulk,
➢ ya’ni ijodkorlik
➢ mahsulini yaratishga
➢ qaratilgan faoliyat.


40 
Kasbiy ahamiyatli sifatlar: 
➢ individual-tipologik;
➢ sensor va perseptiv;
➢ attension;
➢ psixomotor;
➢ mnemik;
➢ imajinitiv;
➢ tafakkur;
➢ irodaviy.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin