136
Bunday savollarga javob berishda faqat ish mohiyatiga daxl qilinishi lozim.
Magistrant o’zining ilmiy natijalarini baholashda kamtarinlik va Davlat attestatsiya
komissiyasi a’zolariga nisbatan ehtiromli munosabat namoyon qilishi zarur.
Javob berishdan oldin savolni diqqat bilan tinglach va zarur bo’lganida
savolni yozib olishi kerak. Har bir berilayotgan savolga
imkoni boricha izchillik
bilan javob qaytarish lozim, savollarning hammasini eshitib bo‘lib, faqat shundan
keyin birdaniga javob berish yaramaydi.Munozara tugaganidan so’ng magistrantga
yakunlovchi so’z berilishi ham mumkin.
Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolarining yopiq majlisida himoyaga
yakun yasaladi. Bunday qaror komissiya a’zolari ovozlarining oddiy ko’pchiligi
bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo’lib qolganida raisning ovozi hal qiluvchi
bo’lib hisoblanadi. So’ngra rais majlisda ishtirok etuvchilarga dissertatsiyasini
himoya qilgan tadqiqotchilarga magistrlik akademik darajasining berilishini
bildiradi va komissiya majlisini yopiq, deb e’lon qiladi.
XULOSA
1.
Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy ta’limda maktabgacha ta’lim
mutaxasisligi bo’yicha taxsil olayotgan magistrlarni ilmiy pedagogogik faoliyatga
tayyorlashga xizmat qiladi. OO‘YUning
innovatsion , fundamental, izlanish,
amaliy ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil qilish va olib borish konsepsiyasi va
qoidalarini belgilaydi.
OO‘YUdagi maktabgacha ta’lim mutaxasisligi bo’yicha ilmiy tadqiqot
faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
2.
Maktabgacha ta’lim mutaxasisligi bo’yicha
yangi bilimlarni yaratish,
yangi texnologiyalarni egallash, fan va texnikaning muhim yo‘nalishlarida ilmiy
ta’limlarni shakllanishi va rivojlanishi uchun asos sifatida fundamental va amaliy
tadqiqotlar rivojining istiqboli;
3.
Oliy ta’limda maktabgacha ta’lim mutaxasisligini shakllanishi va
rivojining nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qilish va ishlab chiqish; ta’lim
va tarbiya vazifalarini hal etishda ilm ta’sirini kuchaytirish, oliy ta’lim rivoji uchun
fan xususiyatini belgilovchi bazisni saqlab qolish va mustahkamlash;
4.
Maktabgacha ta’lim mutaxasisligi bo’yicha malakali mutaxassis va oliy
toifali ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash ishini ta’minlash;
5.
Professor-o‘qituvchilar
va
ilmiy
xodimlar
bilan
hamkorlikda
magistrlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish yo‘li bilan mutaxassislar tayyorlash
sifatini oshirish;
6.
Ilm bilan bog‘liq maktabgacha ta’lim mutaxasisligi bo’yicha
yuqori
natijalar uchun innovatsiya faoliyatini rivojlantirish;
137
7.
maktabgacha ta’lim mutaxasisligi bo’yicha ayrim tadqiqotchilar,
intellektual mulki va mualliflik huquqlarini himoya qilish uchun sharoitlar
yaratish;
8.
Fan va ta’limning jahon darajasiga chiqish uchun xorijiy
mamlakatlarning o‘quv yurtlarining maktabgacha ta’lim mutaxasisliklari bilan
xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish.
Dostları ilə paylaş: