O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

Ilmiy mavzular turlari: amaliy, aralash, nazariy. 
• Amaliy mavzular xo’jalik amaliyotini o’rganish, umumlashtirich va tahlil 
qilish asosida ishlab chiqiladi. 
• Aralash mavzular tadqiqotning nazariy va amaliy jihatlarini o’zida 
mujassamlashtiradi. 
• Nazariy mavzular asosan adabiy manbalardan foydalanib ishlab chiqiladi. 
Faraz (gipoteza) (qadimgi grek tilidan - asos, taxmin)oldindan 
o’rganilgan faktlar, hodisalar, jarayonlarning muayyan majmuiga asoslangan, 


142 
ularni izohlash uchun ilgari suriladigan va tasdiqlanishi yoki inkor etilishi lozim 
bo’ladigan nazariy taxmin.
Tadqiqot farazi - bu bevosita kuzatilayotgan hodisa, o’rganilayotgan 
hodisaning tuzilishi yoki uning tarkibiy qismlari o’rtasidagi aloqalar tusi haqidagi 
ilmiy asoslangan taxmindir. Farazlar mavjud faktlar asosida ishlab chiqiladi. 
Xulosa sifatidagi faraz ob’ektiv voqelikda o’z ildizlariga ega bo’ladi, fikrning 
bevosita kuzatilayotgan hodisalardan ularning sababli izohlanishigacha bo’lgan 
harakati hisoblanadi. 
Deduksiya - fikrlashning umumiy qonuniyatlardan xususiy faktlarga tomon 
rivojlanishini nazarda tutadigan fikriy operatsiya. 
Dissertatsiya (lotinchadan tarjimasi - tadqiqot, mushohada) - muayyan 
ilmiy (akademik) malakani (darajani) olish maqsadida maxsus tayyorlangan, 
ommaviy muhokamaga va himoyaga qo’yiladigan asar. 
Magistrlik dissertatsiyasi - magistrni tayyorlash bo’yicha asosiy kasbiy 
ta’lim dasturiga o‘qitichning yakunlovchi bosqichida talaba-magistrant tomonidan 
ilmiy rahbar rahbarligida mustaqil bajariladigan ilmiy yo’nalishdagi tugatish 
malaka ishi. 
Sarlavha: ilmiy adabiyotda mavzuni bildiradi. 
Tadqiqot vazifasi - bu ilgari surilgan farazga muvofiq maqsadga erishish 
uchun yo’llar va vositalarning tanlanishidir.
Ideallashtirish – tadqiqotchining nuqtai nazarida hodisa yoki jarayonning 
ideal obrazini, ya’ni nazariy modelning yaratilishi; farazlarni ishlab chiqishda 
qo’llaniladi. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin