O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

Referatlar turlari- axborotchilik (referat – konspektlar), indikativ (referat – 
rezyume), monografik, tahliliy.
Referatlash: qandaydir masalaning bir yoki bir necha manbalarnng 
tasniflanishi, umumlashtirilishi, tahlili va sintezi asosida bayon qilinishini nazarda 
tutadi.
Sintez - fikriy operatsiya, uning jarayonida aniqlangan elementlar va 
faktlardan yaxlit manzara qayta tiklanadi. 
Bildirgichli apparat: tuchuntirilishi lozim bo‘lgan tushunchalar, atamalar, 
faktlar va shu kabilarga izohlar. 
Qiyoslash - ob’ektlarning o’xshashligi va farqlarini, umumiyligi va 
alohidaligini aniqlash maqsadida ob’ektlarning qiyoslanishini nazarda tutadi. 
Maqola – bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo‘lib, u dolzarb ilmiy muammo 
bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon qilishdir. 
Tezislar:  o’qib chiqilgan (yoki og’zaki bayon qilingan) parchani takrorlaydi, 
lo’nda ifodalaydi va xulosalaydi; har doim dalillarga ega bo’ladi, mazmun 
mohiyatini aniqlaydi; materialni umumlashtirish imkonini beradi; maqola, 
ma’ruza, dissertatsiyani tanqidiy tahlil etishda qimmatlidir. 
Tezislar turlari: oddiy – ko’pincha ko’chirmalardan iborat bo‘ladi, asosiy – 
odatda muallif tomonidan mustaqil ifodalanadi, murakkab – o’zida ikki turdagi 
yozuvni chatishtiradi. 
Nazariy asos – mazkur tadqiqot tayanadigan konseptual qoidalar (g’oyalar, 
tamoyillar). 
Muammoning ifodalanishi — bu, o’z mohiyatiga ko’ra, ilmiy tadqiqot 
mazmunining kristallashtirilishidir. Shuning uchun muammoning to’g’ri qo’yilishi 
— butun ish muvaffaqiyatining garovidir. 


146 
Tadqiqot maqsadi - bu tadqiqotchi o’z ishini yakunlashda erishishni 
xohlagan pirovard natijadir. Faraz asosida ifodalanadi. 
Mutolaa – bu nutqiy faoliyatning murakkab turi bo‘lib, sof texnik jihati – 
mutolaa qilish va tez o’qish malakalarini orttirish va ijodiy jihati – matndan zarur 
axborotlarni olishdan iborat.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin