yozma nutqlarini rivojlantirishga katta yordam beradi,
matematik bilimlarni
o‘zlashtirishga qiziqishi kuchaya boradi.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o‘quvchilarning o‘quv va
ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini
kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan
bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan
yuritiladi. Quyida amaliyotida foydalaniladigan interfaol metodlardan bir
nechtasining mohiyati va ulardan foydalanish borasida so‘z yuritamiz.
“Fikriy hujum” metodi
Mazkur metod o‘quvchilarning mashg‘ulotlar
jarayonidagi faolliklarini
ta’minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag‘batlantirish hamda bir xil fikrlash
inertsiyasidan ozod etish, muayyan mazvu yuzasidan rang-barang g‘oyalarni to‘plash,
shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bosqichida paydo
bo‘lgan fikrlarni yengishga o‘rganish uchun xizmat qiladi.
“Fikriy hujum” metodi A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo‘lib,
uning
asosiy tamoyili va sharti mashg‘ulotning har bir ishtirokchisi tomonidan o‘rtaga
tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash, har qanday luqma va
hazil-mutoyibalarni rag‘batlantirishdan iboratdir. Bundan ko‘zlangan maqsad
o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonidagi erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim
jarayonida ushbu metoddan foydalanish o‘qituvchining
pedagogik mahorati va
tafakkur ko‘lamining kengligiga bog‘liq bo‘ladi.
“Fikriy hujum” metodidan foydalanish chog‘ida o‘quvchilarning soni 15
nafardan oshmasligi maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodga asoslangan mashg‘ulot
bir saotga qadar tashkil etilishi mumkin.
“Yalpiy fikriy hujum” metodi
Ushbu metod J.Donald Filips tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uni bir necha
o‘n (20-60) nafar o‘quvchilardan iborat sinflarda qo‘llash mumkin.
Metod o‘quvchilar tomonidan yangi g‘oyalarning o‘rtaga tashlanishi uchun
sharoit yaratib berishga xizmat qiladi. Har bir 5 yoki 6 nafar o‘quvchilarni o‘z ichiga
olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo‘lgan turli xil topshiriq
yoki ijodiy vazifalar belgilangan vaqt
ichida ijobiy hal etilgach, bu haqida guruh
a’zolaridan biri axdorot beradi.
Guruh tomonidan berilgan axborot (topshiriq yoki ijodiy vazifaning yechimi)
o‘qituvchi va boshqa guruhlar a’zolari tomonidan muhokama qilinadi va unga baho
beriladi. Mashg‘ulot yakunida o‘qituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning
yechimlari orasida eng yaxshi va o‘ziga xos deb topilgan javoblarni e’lon qiladi.
Mashg‘ulot jarayonida guruhlar a’zolarining faoliyatlari ularning ishtiroklari
darajasiga ko‘ra baholab boriladi.
Dostları ilə paylaş: