“Fikrlarning shiddatli hujumi” metodi Ye.A.Aleksandrov tomonidan asoslangan
hamda G.Ya.Bush tomonidan qayta ishlangan.
Metodning mohiyati quyidagidan iborat:
- jamoa orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan har bir o‘quvchining
shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish;
- o‘quvchilarda ma’lum jamoa tomonidan bildirilgan fikrga qarshi g‘oyani
ilgari surish layoqatini yuzaga keltirishdan iborat.
“Fikrlarning shiddatli hujumi” metodidan foydalanishga asoslangan
mashg‘ulot quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
1-bosqich: Ruhiy jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan o‘quvchilarni o‘zida
biriktirilgan hamda son jihatdan teng bo‘lgan kichik guruhlarni shakllantirish;
2-bosqich: Guruhlarga hal etish uchun topshirilgan vazifa yoki topshiriqlar
mohiyatidan kelib chiqadigan maqsadlarni aniqlash;
3-bosqich: Guruhlar tomonidan muayyan g‘oyalarning ishlab chiqilishi
(topshiriqlar hal etilishi);
4-bosqich: Topshiriqlarning
yechimlarini muhokama etish, ularni to‘g‘ri hal
etilganligiga ko‘ra turkumlarga ajratish;
5-bosqich: Topshiriqlarning yechimlarini qayta turkumlashtirish, ya’ni ularning
to‘g‘riligi, yechimni topish uchun sarflangan vaqt, yechimlarning aniq va ravshan
bayoni etilishi kabi mezonlar
asosida baholash;
6-bosqich: Dastlabki bosqichlarda topshiriqlarning yechimlari yuzasidan
bildirilgan muayyan tanqidiy mulohazalarni muhokama etish hamda ular borasida
yagona xulosaga kelish.
Metodni qo‘llash jarayonida quyidagi holatlar yuzaga keladi:
- o‘quvchilar tomonidan muayyan nazariy bilimlarning puxta o‘zlashtirilishiga
erishish;
- vaqtni iqtisod qilish;
- har bir o‘quvchini faollikka undash;
- ularda erkin fikrlash layoqatini shakllantirish.
“6x6x6” metodi
“6x6x6” metodi yordamida bir vaqtning o‘zida 36 nafar o‘quvchini muayyan
faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq
yoki masalani hal etish, shuningdek,
guruhlarning har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish
mumkin. Bu metod asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotda har birida 6 nafardan
ishtirokchi bo‘lgan 6 ta guruh o‘qituvchi tomonidan o‘rtaga tashlangan muammoni
muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach o‘qituvchi 6 ta guruhni qayta
tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan
vakil bo‘ladi. Yangidan shakllangan guruh a’zolari o‘z
jamoadoshlariga guruhi
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Issue 5
www.openscience.uz
135
tomonidan muammo yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va
mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar.
“6x6x6” metodining afzallik jihatlari quyidagilardir:
- guruhlarning har bir a’zosining faol bo‘lishiga undaydi;
- ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta’minlaydi;
- guruhning boshqa a’zolarining fikrlarini tinglay olish ko‘nikmalarini hosil
qiladi;
- ilgari surilayotgan bir necha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o‘z fikrini
himoya qilishga o‘rgatadi.
Eng muhimi, mashg‘ulot ishtirokchilarining har bir qisqa vaqt (20 daqiqa)
mobaynida ham munozara qatnashchisi,
ham tinglovchi, ham ma’ruzachi sifatida
faoliyat olib boradi.
Ushbu metodni 5, 6, 7 va 8 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lgan bir necha
guruhlarda qo‘llash mumkin. Biroq yirik guruhlar o‘rtasida “6x6x6” metodi
qo‘llanilganda vaqtni ko‘paytirishga to‘g‘ri keladi. Chunki bunday mashg‘ulotlarda
munozara uchun ham, axborot berish uchun birmuncha ko‘p vaqt talab etiladi. So‘z
yuritilayotgan metod qo‘llanilayotganda mashg‘ulotlarda
quruhlar tomonidan bir yoki
bir necha mavzuni qilish imkoniyati mavjud.
“6x6x6” metodidan ta’lim jarayonida foydalanish o‘qituvchidan faollik,
pedagogik mahorat, shuningdek, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish
layoqatiga ega bo‘lishni talab etadi. Guruhlarning to‘g‘ri shakllantirmasligi topshiriq
yoki vazifalarning to‘g‘ri hal etilmasligiga sabab bo‘lishi mumkin.
Bu metod yordamida mashg‘ulotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi:
1. O‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul
qo‘yib chiqadi.
2. O‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo‘linadi. O‘quvchilarni
guruhlaga bo‘lishda har o‘rindiqni nomlab, nomlangan varaqchalarni olganlar o‘z
o‘rinlariga joylashadilar.
3. O‘quvchilar joylashib olganlaridan so‘ng o‘qituvchi mashg‘ulot
mavzusini
e’lon qiladi va guruhlarga muayyan topshiriqlarni beradi. Ma’lum vaqt belgilanib,
munozara jarayoni tashkil etiladi.
4. O‘qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o‘rinlarda guruh
a’zolariga
maslahatlar beradi, yo‘l-yo‘ruqlar ko‘rsatadi hamda guruhlar tomonidan
berilgan topshiriqlarning to‘g‘ri hal etilganligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng
guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so‘raydi.
Dostları ilə paylaş: