BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA O‘QITISH
METODIKASIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
Ismoilova Habibaxon G'aniyevna
Jalaquduq tuman 13-maktab
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish
metodikasi va ta’lim texnologiyalari, fanlar bilan bog’liqligi, o`qitish samaradorligini
oshirish bo’yicha fikrlar keltirilgan.
Kalit so’zlar: Pedagogika, psixologiya, boshlang‘ich matematika, fikriy hujum
USE OF INTERACTIVE METHODS IN METHODS OF TEACHING
MATHEMATICS IN PRIMARY SCHOOLS
Ismoilova Habibakhon Ganiyevna
Jalakuduk district, School №13
Abstract: This article provides ideas on mathematics teaching methods and
teaching technologies in primary school, their relevance to the sciences, and
improving teaching effectiveness.
Keywords: Pedagogy, psychology, elementary mathematics, brainstorming
Matematika o‘qitish metodikasi eng avvalo kichik yoshdagi o‘quvchilarni
umumiy tizimda o‘qitish va tarbiyalash vazifasini qo‘yadi.
Umumiy metodika boshlang‘ich sinf matematikasining mazmunini va
tizimliligini aks ettiradi, har bir bo‘limni o‘qitishning o‘ziga xos xususiy metodlarini
o‘rgatadi.
Xususiy metodika matematika o‘qitishning asoslangan metodlarini va o‘qitish
formalarini, shuningdek o‘quv faoliyatini tashkil qilish yo‘llarini ko‘rsatadi.
Ma’lumki o‘qitish tarbiyalash bilan o‘zaro mustahkam bog‘liqdir. Ushbu metodika
o‘qitishni tarbiyalash bilan qo‘shib olib borish yo‘llarini o‘rgatadi.
Boshlang‘ich matematika o‘qitish metodikasi bir necha fanlar bilan
chambarchas bog‘liqdir.
1) O‘qitish asosi bo‘lgan matematika bilan;
2) Pedagogika;
3) Psixologiya;
4) Boshqa o‘qitish metodikalari bilan (ona tili, mehnat ...).
Boshlang‘ich matematika o‘qitish kursi o‘quv predmetiga aylangan.
Boshlang‘ich matematika o‘qitish metodikasining o‘qitish vazifalari:
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Issue 5
www.openscience.uz
130
1) ta’lim-tarbiyaviy va amaliy vazifalarni amalga oshirishi,
2) nazariy bilimlar tizimini o‘rganish jarayonini yoritib berishi kerak;
3) o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish yo‘llarini o‘rgatishi kerak;
4) ta’limni insonparvarlashtirish;
5) matematika o‘qitish jarayonida insonni mehnatni sevishga, o‘zining qadr-
qimmati, bir-biriga hurmati kabi fazilatlarini tarbiyalashni ko‘rsatib beradi;
6) o‘qitish metodikasi I–IV sinflar matematikasining davomi bo‘lgan V–VI sinf
matematikasi mazmuni bilan bog‘lab o‘qitishni ko‘rsatadi.
Boshlang‘ich matematika kursining vazifasi maktab oldiga qo‘yilgan
“o‘quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berishda yangi texnologiyadan
foydalanish, ularga hozirgi zamon ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni berish, turmushga,
kasb-hunarga yo‘naltirish, kasblarni ongli tanlashga o‘rgatish” kabi vazifalarni hal
qilishda yordam berishdan iborat.
Shunday qilib, boshqa har qanday o‘quv predmeti kabi matematika boshlang‘ich
kursi matematika o‘qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan belgilanadi:
1. Matematika o‘qitishning umumta’limiy maqsadi.
2. Matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi.
3. Matematika o‘qitishning amaliy maqsadi.
Matematika o‘qitishning umumta’limiy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni
qo‘yadi:
a) o‘quvchilarga ma’lum bir dastur asosida matematik bilimlar berish. Bu
bilimlar matematika fani to‘g‘risida o‘quvchilarga yetarli darajada ma’lumot berishi,
ularni matematika fanining yuqori bo‘limlarini o‘rganishga tayyorlashi kerak.
Bundan tashqari, dastur asosida o‘quvchilar o‘qish jarayonida olgan
bilimlarning ishonchli ekanligini tekshira bilishga o‘rganishlari, nazorat qilishning
asosiy metodlarini egallashlari lozim.
b) o‘quvchilarning og‘zaki va yozma matematik bilimlarni tarkib toptirish lozim
bo‘ladi;
Matematikani o‘rganish o‘quvchilarning o‘z ona tillarida nutq madaniyatini
to‘g‘rishakllantirish, o‘z fikrini aniq, ravshan va lo‘nda qilib bayon eta bilish
malakalarini o‘zlashtirishlariga yordam berishi kerak.
d) o‘quvchilarni matematik qonuniyatlar asosida real haqiqatlarni bilishga
o‘rgatish.
Bunday bilimlar berish orqali esa o‘quvchilarning fazoviy tasavvur qilish
xususiyatlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi.
Boshlang‘ich matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi o‘z oldiga quyidagi
vazifalarni qo‘yadi:
a) o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.
b) o‘quvchilarda matematikani o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarni tarbiyalash.
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Issue 5
www.openscience.uz
131
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining vazifasi o‘quvchilarda mustaqil mantiqiy
fikrlash
qobiliyatlarini
shakllantirish
bilan
birga
ularda
matematikaning
qonuniyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir.
d) o‘quvchilarda matematik tafakkurni va matematik madaniyatni shakllantirish.
Matematika darslarida o‘rganiladigan ibora, amal belgilari, tushuncha va ular
orasidagi qonuniyatlar o‘quvchilarni atroflicha fikrlashga o‘rgatadi.
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning amaliy maqsadi o‘z oldiga
quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
a) o‘quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda
uchraydigan elementar masalalarni yechishga tatbiq qila olishga o‘rgatish,
o‘quvchilarda arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni
mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalarni hal qilishga o‘rgatish,
b) matematika o‘qitishda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan foydalanish
malakalarini shakllantirish. Bunda asosiy e’tibor o‘quvchilarning jadvallar va
hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptirishga qaratilgan.
d) o‘quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga o‘rgatish.
O‘quvchilar imkoni boricha mustaqil ravishda qonuniyat munosabatlarini
ochishlari, kuchlari etadigan darajada umumlashtirishlar qilishlari, shuningdek,
og‘zaki va yozma xulosalar qilishga o‘rganishlari kerak.
O‘qitish samaradorligining zaruriy va muhim sharti o‘quvchilarning
o‘rganilayotgan materialni o‘zlashtirishlari ustidan nazoratdir. Didaktikada uni
amalga oshirishning turli shakllari ishlab chiqilgan. Bu o‘quvchilardan og‘zaki
so‘rash; nazorat ishlari va mustaqil ishlar; uy vazifalarini tekshirish, testlar, texnik
vositalar yordamida sinash kabi usullardir. Didaktikada dars turiga, o‘quvchilarning
yosh xususiyatlariga va h.k. bog‘liq ravishda nazoratning u yoki bu shaklidan
foydalanishning maqsadga muvofiqligi masalalari, shuningdek, nazoratni amalga
oshirish metodikasi yetarlicha chuqur ishlab chiqilgan.
Boshlang‘ich maktabda matematika o‘qitish metodikasida mustaqil va nazorat
ishlari, o‘quvchilardan individual yozma so‘rov o‘tkazishning samarali vositalari
yaratilgan. Ba’zi didaktik materiallar dasturning chegaralangan doiradagi
masalalarining o‘zlashtirilishini reyting tizimida nazorat qilish uchun, boshqalari
boshlang‘ich maktab matematika kursining barcha asosiy mavzularini nazorat qilish
uchun mo‘ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa, kam komplektli maktab
uchun mo‘ljallangan) o‘qitish xarakteridagi materiallar, boshqalarida esa nazoratni
amalga oshirish uchun materiallar ko‘proqdir.
Boshlang‘ich maktab matematikasida barcha didaktik materiallar uchun umumiy
topshiriqlarning murakkabligi bo‘yicha tabaqalashtirilishidir. Bu materiallar
tuzuvchilarning g‘oyasiga ko‘ra ma’lum mavzu bo‘yicha topshiriqning biror usulini
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Issue 5
www.openscience.uz
132
bajarishi o‘quvchining bu mavzuni faqat o‘zlashtirganligi haqidagina emas, balki uni
to‘la aniqlangan darajada o‘zlashtirganligi haqida ham guvohlik beradi.
Amaliyotda o‘qituvchilar ko‘pincha biror topshiriqning usullarini biri
boshqalaridan soddaroq yoki murakkabroq deb aytadilar. Bundan tashqari, didaktik
materiallar qanchalik san’atkorona tuzilgan bo‘lmasin, ularning mazmuni va
tuzilishida qanchalik sermahsul va chuqur g‘oyalar amalga oshirilmasin, ular baribir
barcha metodik vazifalarni tezda hal etishga qodir emas, chunki hech qanday
o‘rgatuvchi mashina o‘qituvchining intuisiyasini, ya’ni hissiyotini almashtira
olmaydi.
Shunday qilib, didaktik materiallarni o‘quvchilarning o‘quv materialini
o‘zlashtirish darajasini nazorat usullaridan biri sifatida qarash lozim. Shu bilan birga
muayyan usul mazkur sinf, mazkur o‘qituvchi uchun eng yaxshi usul bo‘lmasligi ham
mumkin. Shu sababli didaktik materiallar o‘qituvchini o‘quvchilarning bilimlarni
o‘zlashtirish darajasini aniqlash imkonini beradigan individual tekshirish uchun
nazorat turlarini tuzishdan xalos eta olmaydi. Bu umummetodikaning asosiy
vazifalaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: |