122
33-§. AMIR TEMURNING TASHQI SIYOSATI
Tayanch tushunchalar: Sharq va G‘
arb mamlakatlari bilan
munosabatlar,
diplomatik aloqalar, elchilar tashrifi, Buyuk Ipak
yo‘lida savdo munosabatlari.
Tashqi siyosat.
Amir Temur davlati bilan Vizantiya, Tur-
kiya, Hindiston,
Ispaniya, Fransiya, Angliya, Oltin O‘rda,
Mo‘guliston, Xitoy kabi davlatlar iqtisodiy,
siyosiy va
madaniy aloqalar o‘rnatdilar. Amir Temur davlatining tashqi
siyosati o‘z oldiga mamlakat xavfsizligini ta’minlash; qo‘shni
mamlakatlarda o‘z ta’sirini mustahkamlash; Turkiya, Hindiston,
Xitoy,
Venetsiya, Ispaniya, Fransiya va Angliya bilan iqtisodiy,
elchilik, madaniy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish kabi
vazifalarni qo‘ygan.
XIV asr oxirlarida vujudga kelgan muayyan xalqaro
vaziyat tufayli Amir Temur davlati, Turkiya, Misr va Oltin
O‘rda eng qudratli davlatlar sifatida siyosiy maydonga chiqdi.
Bu davrda Amir Temurga Mo‘g‘uliston, Oltin O‘rda
va Misr
bilan ittifoqdagi Usmoniylar Turkiyasi qarama-qarshi turardilar.
Dostları ilə paylaş: