6
I B O B. O‘RTA ASRLARDA YERGA EGALIK QILISH
MUNOSABATLARINING SHAKLLANISHI
VA RIVOJLANISHI
1-§. IJTIMOIY-IQTISODIY O‘ZGARISHLAR
Tayanch tushunchalar:
dehqon, kashovarz, kadivar, chokar.
Ijtimoiy-iqtisodiy o‘
zgarishlar.
O‘z zamonasining buyuk
davlatlari bo‘lgan Qang‘ davlati va Kushon podsholigi davrida
Qadimgi Turon diyori yuksala boshlagan edi.
Bu davrda
mamlakat aholisining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy
hayotida muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi. Shaharlarning soni
ko‘paydi va hududi kengaydi. Shahar ilk o‘rta asrlardan bosh-
lab
hunarmandchilik, savdo-sotiq va ma daniy hayotning mar-
kaziga aylangan.
Vohalarda yirik sug‘orish tarmoqlari qazilib, sug‘orma
deh
qonchilik maydonlari kengaygan.
Suv tegirmoni, chig‘ir
va
charxpalak kabi suv inshootlari kashf etilgan. Oqar suv
sat hidan birmuncha balandlikda joylashgan maydonlarga suv
chi qarib obod etilgan.
ekin maydonlarini sug‘orish va ishlov berishning tako mil la-
shuvi tufayli aholi dehqonchilikdan mo‘l hosil olgan. Shaharlarda
aholining ko‘payib borishi, hunarmandchilik,
ichki va tashqi
savdoning rivoj topishi bilan qishloq xo‘
jalik mah
su
lotlariga
bo‘lgan ehtiyoj ortib borgan. Natijada mam la kat ning iqtisodiy
hayotida xomashyo yetkazuvchi qish loq larning nu fuzi ko‘tarildi.
Bir tomondan, yerga, ziroatkor may donlarga bo‘lgan
munosabat,
ularga egalik qilish shakli asta-sekin o‘zgara boshlagan. Ikkinchi
tomondan esa o‘troq zi ro at kor aholi bilan chor vador qabilalar
o‘rtasidagi aloqalar rivoj landi.
Mamlakatning dasht va tog‘oldi mintaqalarida yashovchi
ko‘ch manchi va yarim ko‘chmanchi aholining o‘troq
hayot tar-
ziga o‘tishi kuchaygan. Oqibatda dehqonchilik uchun yaroqli
sug‘oriladigan yerlarga bo‘lgan ehtiyoj tobora oshib borgan.
Buning natijasida qo‘riq va bo‘z yerlarga suv chiqarilib, katta-
katta ekin may
don
lari barpo etilgan. Bunday obodonchilik
ishlarini amalga oshi rishda mam lakat
ijtimoiy hayotida katta-
7
gina nufuzga ega bo‘lgan mulk
dor tabaqa vakillari, qishloq
oqsoqollari hamda qabila boshliqlari ishboshi sifatida faol
qatnashadilar. Yangi o‘zlashtirilgan yer maydonlarining ma’lum
bir ulushi ularning qo‘liga o‘tib, meros mulkiga aylangan. Shu
tariqa, kattagina yer egaligiga asoslangan mulk dorlar taba qasi
shakllangan.
Dostları ilə paylaş: